18.10.2019 yildagi 2805-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 18.10.2019 yildagi 2805-III-son
Kuchga kirish sanasi
18.10.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-549-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-556-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-572-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-573-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi QL-577-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. Begalovning “Oʻzbekistonda statistik maʼlumotlarning haqqoniyligi, ishonchliligi va ochiqligini taʼminlash masalalari toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasining joriy yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh. Shermatovning “Umumtaʼlim maktablarda oʻquvchilarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda huquqiy bilimlarga doir oʻquv mashgʻulotlarining koʻlamini yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripovga “Shoshilinch tibbiy yordam va reanimatsiya boʻlimlari uchun belgilangan koykalar sonini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida” parlament soʻrovini yuborish haqida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori D. Sattarovga “Milliy standartlarni xalqaro talablarga moslashtirish, mahsulot sifati va xavfsizligini taʼminlash, sinov laboratoriyalarini rivojlantirish va oʻlchash vositalarni qiyoslashda aholiga qulayliklar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida”gi parlament soʻrovini yuborish haqida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. N.M. Radjapovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 18-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2805-III-son