05.03.2019 yildagi 2406-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 05.03.2019 yildagi 2406-III-son
Kuchga kirish sanasi
05.03.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlishning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi “Mening fikrim” veb-portali orqali kelib tushgan elektron jamoaviy murojaatni koʻrib chiqish natijalari haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga “Mening fikrim” veb-portali orqali “Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlishning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi elektron jamoaviy murojaat (bundan buyon matnda elektron jamoaviy murojaat deb yuritiladi) kelib tushgan. Elektron jamoaviy murojaatda “Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqish, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, qarovsiz hayvonlar va uy hayvonlarini nazorat qilish boʻyicha hududiy chora-tadbirlar dasturini qabul qilish, qarovsiz hayvonlarni vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish hamda ularning maqomini belgilash, davlat, homiylik va metsenat koʻmagini koʻrsatish tartibini belgilash taklif etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur elektron jamoaviy murojaat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi tomonidan tegishli vazirliklar, idoralar va ekspertlarni, shuningdek keng jamoatchilikni jalb etgan holda oʻrganib chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etish lozimki, aholi punktlarida hayvonlarni saqlash masalalarini tartibga solish, shuningdek qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish xizmatlarining faoliyatini takomillashtirish yuzasidan qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyulda qabul qilingan “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bogʻliq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 202-sonli Qarori bilan “Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzurida qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlari tashkil etiladigan shahar va tumanlar roʻyxati”, “Balansiga shahar va tuman davlat veterinariya boʻlimlari asosiy vositalarining bir qismi beriladigan shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari roʻyxati”, “2011 — 2013-yillarda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish dasturi” hamda “Aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash qoidalari” tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 29-martda qabul qilingan Qoʻshma qarori bilan “Qarovsiz qolgan hayvonlarni otib tashlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma tasdiqlangan boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 22-mayda 2368-son bilan roʻyxatga olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, xalqaro tajribani oʻrganish shuni koʻrsatadiki, jahon hamjamiyati hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun javobgarlikni qonun bilan mustahkamlab qoʻyishga intilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turli mamlakatlarda koʻp asrlar davomida qabul qilingan qoidalar va maʼnaviy-axloqiy urf-odatlar mavjud boʻlib, ularga koʻra hayvonlarga insonning homiyligiga muhtoj boʻlgan himoyasiz mavjudot sifatida qaralgan. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda hayvonlarni himoya qilishga qaratilgan yetarlicha insonparvarlik ruhidagi qonunlar qabul qilingan boʻlib, ular puxta oʻylangan mexanizmlar asosida amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olgan holda ushbu taklif eʼtiborga loyiq va kelgusida “Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yilda qabul qilingan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 111-moddasi hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun javobgarlik chorasini nazarda tutadi. Mazkur qilmishning maʼnaviy va axloqiy jihatdan ogʻirligini eʼtiborga olganda, ushbu moddaning sanksiyasi bunday qilmish uchun yetarli darajadagi jazo boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlar qonun hujjatlarining va jamoatchilik fikrining har tomonlama tahlilini hisobga olgan holda, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish salbiy holatlarining oldini olish va ularni bartaraf etish, shaxslarning bu sohadagi javobgarligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish maqsadga muvofiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni vaqtda qarovsiz hayvonlar va uy hayvonlarini nazorat qilish boʻyicha umumdavlat yoki hududiy darajada maqsadli dastur mavjud emasligini inobatga olgan holda hududiy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylardagi ishlar haqiqiy holatining tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, bugungi kunda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlari, veterinariya boʻlimlari, ichki ishlar organlari hamda tegishli ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy xizmatlarining faoliyati aniq muvofiqlashtirilmagan, qarovsiz hayvonlarni aniqlash va ushlash, shuningdek aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi “May” qoʻrgʻonida joylashgan respublikada yagona “Qarovsiz hayvonlarni qutqarish jamiyati” jamoatchilik birlashmasi tasarrufidagi itlarni saqlab turish boshpanasida 400 ga yaqin hayvon saqlanadi. Hozirgi kunda bu boshpana qoniqarsiz ahvolda boʻlib, hayvonlar uchun oziq-ovqat yetishmaydi va ular faqatgina fuqarolarning homiyligi hisobiga saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarovsiz hayvonlarni zoʻravonlikdan himoya qilish, ularning sonini nazorat qilish, qarovsiz hayvonlar uchun boshpanalar tashkil etish boʻyicha tegishli qaror hamda uzoq muddatli istiqboldagi umumdavlat maqsadli dasturini qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur muammo yuzasidan jamoatchilikning fikrini, shuningdek xalqaro tajribani hisobga olgan holda, kelgusida “Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda hayvonlar orasida oʻta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklarining oldini olish, ularni aniqlash hamda bartaraf etish boʻyicha tashkiliy va maxsus veterinariya tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjeti, viloyat, shahar va tuman budjetlari parametrlarini shakllantirishda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun zarur budjet mablagʻlari ajratilishini, obodonlashtirishga ajratilgan mablagʻlar doirasida qarovsiz hayvonlarni vaqtincha saqlash joylarini barpo etishni nazarda tutish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi hamda Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga shaxslarning hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun maʼmuriy javobgarligini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ushbu Qarorni ijrochilarga yetkazish hamda uning mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlari oʻrtasida tushuntirish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror “Mening fikrim” veb-portaliga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari X. KETMONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 5-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2406-III-son