15.12.2020 yildagi 786-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzurida Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi) faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori ijrosini taʼminlash, rassomlar uchun tajriba ustaxonasi faoliyatini tashkil etish, tasviriy sanʼat sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish hamda sohada oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida tayyorgarlik bosqichini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qaroriga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzurida oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimida tayyorgarlik bosqichi sifatida Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi) (keyingi oʻrinlarda — Rassomlik mahorat ustaxonasi) tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Rassomlik mahorat ustaxonasi faoliyati 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rassomlik mahorat ustaxonasi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmasligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh ijodkorlar Rassomlik mahorat ustaxonasiga stajor-tadqiqotchilar uchun belgilangan tartib asosida qabul qilinishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rassomlik mahorat ustaxonasiga ikki yilda bir marotaba 10 nafar stajor-tadqiqotchilar qabul qilinadi hamda oʻqish muddati soha xususiyatidan kelib chiqqan holda ikki yil davom etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rassomlik mahorat ustaxonasini saqlash xarajatlari 2022-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rassomlik mahorat ustaxonasi faoliyatini samarali tashkil etish (moddiy-texnika bazasini shakllantirish, asbob-uskuna va boshqa anjomlar bilan jihozlash) uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlarini jalb qilish boʻyicha choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Rassomlik mahorat ustaxonasi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Rassomlik mahorat ustaxonasini maxsus mebellar, asbob-uskunalar, stajorlar tomonidan ijodiy ishlarni tayyorlash uchun xomashyo va boshqa anjomlar bilan jihozlash normativlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-fevralga qadar Rassomlik mahorat ustaxonasiga Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi binosidan xonalar ajratish va zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.V. Nuridinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 15-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
786-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/786/1630-son)