14.03.2019 yildagi 2412-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 14.03.2019 yildagi 2412-III-son
Kuchga kirish sanasi
14.03.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va jamiyat rivojiga, taraqqiyotiga, xalqning adolat va qonuniylikka boʻlgan ishonchiga jiddiy putur yetkazishi mumkin boʻlgan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi keskin kurashish xalqaro va milliy miqyosdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asrimizning eng ayanchli illati deb eʼtirof etilgan koorupsiyaga qarshi kurashish uchun xalqaro hamjamiyat oʻz kuchlarini birlashtirgani ham bejiz emas. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Korrupsiyaga qarshi Konvensiyani qabul qildi va Oʻzbekiston Respublikasi unga 2008-yil 7-iyulda qoʻshildi. Shundan soʻng “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Qonun normalari asosida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturi ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasida bu boradagi ilgʻor xorijiy tajriba va Konstitutsiyamiz talablari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha alohida qoʻmitalar tashkil qilishni taklif etgan edi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar natijasida fuqarolarda jinoyatchilikka qarshi kurashishga va huquqbuzarliklarning oldini olishga daxldorlik hissi shakllandi. Ayniqsa, bu borada fuqarolik jamiyati institutlarining tegishli davlat organlari bilan hamkorligi kuchaymoqda. Davlat xizmatlarini koʻrsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish korrupsiya holatlarining oldini olishda muhim mexanizm rolini bajarmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, korrupsiya jinoyatlarining oldini olish va ularga qarshi kurashish borasidagi faoliyatda yechimini kutayotgan muammolar hamda foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar qanchalik harakat qilmasin, bu salbiy illatga murosasiz boʻlish, unga qarshi kurashish ustidan taʼsirchan davlat va jamoat nazoratini oʻrnatmasdan, ayniqsa bu ishlarni muvofiqlashtirib, tizimli asosda izchil davom ettirmasdan samarali kurashishni tashkil etib boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tajriba korrupsiyaga qarshi kurashishda tegishli huquqiy asoslarni yanada takomillashtirib borish, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini amalda taʼminlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish amaliyotini yanada takomillashtirish, davlat organlarining mansabdor shaxslari faoliyati ustidan keng jamoatchilik nazoratini oʻrnatishda parlament va uning nazorat instituti kutilgan samara berishini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgʻor xorijiy tajriba asosida va parlamentning barcha boʻgʻindagi davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirishga vakillik organi sifatida munosib hissa qoʻshishini taʼminlash, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 4-bandi ijrosini taʼminlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyatini tizimlashtirish va faollashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va jamiyat qurilishi, korrupsiyaga qarshi kurashish, sud-huquq masalalari boʻyicha qonun loyihalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda amaldagi qonun hujjatlarida korrupsiyaga olib keluvchi normalarning mavjudligini aniqlash nuqtai nazaridan chuqur tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va jamiyat qurilishi, korrupsiyaga qarshi kurashish, sud-huquq masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayoni ustidan parlament nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq sohasidagi huquqni qoʻllash faoliyatini tizimli ravishda oʻrganib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻmita yigʻilishlarida davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq sohasidagi faoliyati yuzasidan eshituvlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va jamiyat qurilishi, korrupsiyaga qarshi kurashish, sud-huquq masalalari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qonunchilik palatasining boshqa deputatlarini xabardor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 14-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2412-III-son