12.06.2020 yildagi 355-IV/КҚ-77-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 12.06.2020 yildagi 355-IV/КҚ-77-IV-son
Kuchga kirish sanasi
12.06.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining vaOʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshma Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish organi tuzish haqidagi qarorlari loyihalari muhokamasining yakunlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 53-bandini ijro etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihalari tayyorlandi. Ushbu loyihalarda korrupsiyaga qarshi kurashish organini tuzish nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur organning tashkil etilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda korrupsiya holatining tizimli tahlil qilinishini taʼminlashga, korrupsiya xavfi ostida qolayotgan sohalarni aniqlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish hamda amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga oid jinoyatlarni oʻrganish tizimini kompleks tahlil va monitoring qilish orqali korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyatining shaffofligi va ochiqligini taʼminlashga, ushbu maqsadda ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilishga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9 va 16-moddalariga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etish, jamiyat va davlat hayoti hamda faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatini shakllantirish hamda roʻyobga chiqarish samaradorligini oshirish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro reytinglarda Oʻzbekiston Respublikasi tutgan oʻrinlarni yaxshilash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish organi — Oʻzbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tuzish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlarini qabul qilish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Qoʻshma qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga maʼlumot uchun yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 12-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
355-IV/KQ-77-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T. NARBAYEVA