12.09.2019 yildagi 2730-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 12.09.2019 yildagi 2730-III-son
Kuchga kirish sanasi
12.09.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot tarqatish sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, xalq taʼlimi vaziri hamda madaniyat vaziri birinchi oʻrinbosarining axborot tarqatish sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi shuni taʼkidlaydiki, mamlakatimizda aholining axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqini taʼminlash, jamiyatimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida mamlakatning axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishlarning samaradorligini oshirish va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi oʻz vaqtida va munosib javob qaytarishni tashkil etish belgilab qoʻyildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sohani zamon talablariga muvofiq tarzda rivojlantirish maqsadida koʻrilgan zarur choralarga qaramay soʻnggi vaqtlarda axborot makonidagi tashkiliy ishlarning, ayniqsa, tarqatilayotgan axborot mahsulotlari sifatining tobora pasayishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Internet saytlarida, ijtimoiy tarmoqlarda yolgʻonga asoslangan, shov-shuv koʻtaruvchi, oʻzgalar shaʼni va qadr-qimmatini toptaydigan, fuqarolarning shaxsiy hayotiga daxl qiladigan, ayrim hollarda ochiq boʻhtondan iborat axborotlar tarqatilishi odatiy holga aylanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalarida eng koʻp auditoriyaga ega telekanallar koʻproq tijoriy manfaatlarini taʼminlash maqsadi bois sifati va saviyasi past, eng achinarlisi — milliy oʻzligimizga, mafkuramizga tamomila yot gʻoyalarni ilgari suruvchi teleseriallar, dasturlarni namoyish etishga ommaviy oʻtishi axborot makonining milliylik qiyofasini sezilarli darajada yomonlashtiryapti. Axborot materiallari va media mahsulotlarini yaratish hamda uni tarqatishni huquqiy tartibga solishdagi mavjud boʻshliqlar fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishda bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi paytlarda fuqarolarning axborotga oid huquqlari va erkinliklarini qoʻpol ravishda buzish, ularning shaxsiy hayotlariga aralashish, milliy madaniyat va qadriyatlarni mensimaslik, davlat hokimiyati institutlariga ochiqdan ochiq hurmatsizlik hamda axloq meʼyorlariga zid materiallarni targʻib qilishga qaratilgan harakatlar ommaviy tus olmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eng yomoni, balogʻat yoshiga yetmagan bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgani, axloq qoidalariga zid nolegal axborotlarning tarqatilishi tizimli tarzda kuchayib bormoqda. Yoshlar ulgʻayishining fiziologik va psixologik xususiyatlarini hisobga oladigan boʻlsak, ular internet tarmogʻi orqali tarqatilayotgan bunday salbiy axborotlarning qurboniga aylanib qolmoqdalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotlarni izlash, olish va tarqatish huquqiga oid munosabatlarni tartibga soluvchi “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi, “Jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi, “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari mavjudligiga qaramay ularda belgilangan qoidalarga soʻzsiz amal qilishga erishish, yangi ommaviy kommunikatsiyalar paydo boʻlganligi munosabati bilan yuqoridagi qonunlarni chetlab oʻtish uchun yaralgan boʻshliqlarni bartaraf etishni nazarda tutuvchi normalarni ishlab chiqish zarurati paydo boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, xalq taʼlimi vaziri hamda madaniyat vaziri birinchi oʻrinbosarining tegishli axborotini eshitib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini qoʻllash orqali axborot tarqatish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining internet jahon axborot tarmogʻining salbiy taʼsiri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlar, Xalq taʼlimi vazirligining “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini taʼminlash hamda Madaniyat vazirligining aholi keng qatlamlari qalbi va ongiga mustaqillik, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik anʼanalariga sadoqat, milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini yanada chuqur singdirishga yoʻnaltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkillashtirish borasida amalga oshirayotgan ishlari yetarli darajada emas, deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining, axborot sohasi subyektlarining huquqiy madaniyatini oshirishda quyidagilarni nazarda tutuvchi dastur (“yoʻl xaritasi”)ni ishlab chiqish va tasdiqlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
virtual muhitda insonning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi amaldagi qonun hujjatlari va axborot sohasidagi xalqaro shartnomalarda belgilangan qoidalar haqida keng koʻlamli tushuntirish ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirishda uning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va huquqni qoʻllash amaliyoti holatini yaxshilash, shu jumladan internet tarmogʻida maxsus maydonlar tashkil etish orqali axborot sohasidagi qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish orqali davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining axborot xizmati rahbarlari va xodimlarining bilimlarini oshirish. Bunda, ushbu soha xodimlarini jamoatchilik bilan bevosita uchrashish, muloqot olib borish koʻnikmalariga oʻrgatib, bevosita muloqotlar tayyorlashda zamonaviy innovatsion modellar, muloqot madaniyati va odobi koʻnikmalariga oʻqitish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda yuqorida tilga olib oʻtilgan salbiy holatlarga barham berish, kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻyilishining oldini olish maqsadida sohaga oid tegishli qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritish maqsadga muvofiq deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalari va qoʻmitalariga faoliyat yoʻnalishlarida tegishli davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda kun tartibidagi masala yuzasidan aniq maqsadlarga yoʻnaltirilgan, ushbu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etishga, qonun hujjatlaridagi boʻshliqlarni toʻldirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va samarali parlament nazoratini oʻrnatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navbatdagi “Hukumat soati”ga “Axborot sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi masalani kiritish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot sohasini tartibga solishni xalqaro qonunchilik tajribasi asosida oʻrganib, axborot kommunikatsiyalari sohasidagi milliy qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot xavfsizligi, shaxs, davlat va jamiyatga yetkazilishi mumkin boʻlgan zarardan kelib chiqib, oshkor etilishi qonun bilan taʼqiqlangan axborotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik choralarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot sohasi subyektlari faoliyatini yanada liberallashtirish va demokratlashtirish, jamoat fikrini shakllantirishda ishtirok etuvchi ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Kadirov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 12-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2730-III-son