Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.11.1996 yildagi 416-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIShLOQ XO‘JALIGI EKINLARI PAYHON QILINIShIGA QARShI KURAShNI KUChAYTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylardagi ahvolni o‘rganib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekinlarni payhon qilishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida” 1994-yil 21-noyabrdagi Farmonini va ushbu masala bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-noyabrdagi 423-son qarorini bajarish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar va idoralarning tashkilotchilik ishlari aytib o‘tilgan hujjatlar talablariga javob bermasligini ko‘rsatmoqda. Ko‘pgina xo‘jalik rahbarlarining beparvoligi va mas’uliyatsizligi, ijro intizomining pastligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan amaliy choralar ko‘rilmaganligi natijasida chorva mollari payhon qilishi tufayli g‘alla, paxta, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari nobudgarchiligi kamaymayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mulkchilikning barcha shakllaridagi xo‘jaliklarning rahbarlari e’tibori qishloq xo‘jaligi ekinlari, mevali daraxtlar, uzumzorlar va ihota daraxtzorlari zonalari payhon qilinishiga qarshi kurash qoniqarsiz tashkil etilganligiga, chorva mollari payhon qilishi natijasida ekinlarga, daraxtlarga zarar yetkazayotgan shaxslarga nisbatan yetarlicha talabchanlik ko‘rsatilmayotganligiga qaratilsin. Shu maqsadlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinzorlarida mol boqish, mollarning, avtotransport yoki qishloq xo‘jaligi texnikasining ekinzorlar orqali o‘tishi hamda ekinlarning payhon bo‘lishiga olib keluvchi boshqa qonun buzishlarga qarshi kurash kuchaytirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jaliklarning rahbarlariga ichki ishlar organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari bilan birgalikda ekinlarning payhon bo‘lishi hollarini aniqlash va bunday qonun buzishlarning oldini olish yuzasidan muntazam reydlar o‘tkazish topshirilsin. Ekinlar ko‘p payhon bo‘lgan joylarda kuzatish punktlari o‘rnatilsin va dala qorovullari belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekinlarni payhon qilish hollari aniqlangan taqdirda payhon qilgan chorva mollari, avtotransport, qishloq xo‘jaligi texnikasi yoki boshqa payhon qilish vositasining egasini aniqlashga doir operativ chora-tadbirlar ko‘rilsin, materiallar aybdorlarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish uchun tegishli organlarga berilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilab qo‘yilsinki, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalarga, tashkilotlarga, shuningdek fuqarolarga qarashli payhon qilish vositalari tutib qolinadi va uning egalari hamda mulkdorlar tomonidan payhon qilish tufayli yetkazilgan zarar to‘liq qoplangan taqdirda qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qishloq xo‘jaligi ekinlarini qo‘riqlash uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linmalariga minish uchun otlar ajratsinlar. Otlarni saqlash xarajatlari xo‘jaliklar hisobiga amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi (Mustafoyev), Ichki ishlar vazirligi (Almatov), mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jaliklarning hamda ular tarkibiy bo‘linmalarining ekinlarning saqlanishini ta’minlamagan va ularning payhon bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlariga nisbatan egallab turgan vazifasidan bo‘shatish, qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish masalasini majburiy tartibda qo‘ysinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi (Mustafoyev) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekinlarni payhon qilishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi Farmonining bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsin, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi (Mingboyev) ekinlarni payhon qilishning har bir holati bo‘yicha jazolashning muqarrarligini va yetkazilgan zararning to‘liq undirib olinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (Mirsafoyev) ekinlarni payhon qilganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi masala yuzasidan qonunchilikni targ‘ib qilish ishlarini kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zteleradio” kompaniyasi (Hakimov) hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (Hazratqulov) mollarning ekinlarni payhon qilishi oqibatida xalq xo‘jaligiga yetkaziladigan zarar to‘g‘risida matbuot, radio va televideniye orqali tushuntirish ishlarini muntazam olib borsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi hamda Davlat o‘rmon qo‘mitasi bilan birgalikda shu yilning dekabr oyida ekinlar va daraxt ko‘chatlarini payhon qilishga qarshi kurashish ishlarining ahvolini har tomonlama ko‘rib chiqsin, ushbu ishlarni yanada yaxshilash va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilasin va amalga oshirsin hamda har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot berib tursin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Q.G‘. Obidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 25-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
416-son