03.06.2020 yildagi 312-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 03.06.2020 yildagi 312-IV-son
Kuchga kirish sanasi
03.06.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mening fikrim” veb-portaliga joylashtirilgan “Mobil qurilmalarning IMEI kodlarini roʻyxatdan oʻtkazishni soddalashtirish haqida”gi elektron jamoaviy murojaatni koʻrib chiqish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi ishchi guruhi tomonidan “Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazishni soddalashtirish haqida”gi elektron jamoaviy murojaat yuzasidan tayyorlangan maʼruzani eshitib,u boʻyicha oʻtkazilgan muhokamalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi ishchi guruhi tomonidan “Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazishni soddalashtirish haqida”gi elektron jamoaviy murojaat yuzasidan tayyorlangan maʼruza maʼlumot uchun qabul qilinsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha joriy etilgan tizim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishlatiladigan milliy axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligi darajasini oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) fuqarolar tomonidan turli xil elektron xizmatlarni olishi uchun xavfsiz platformani shakllantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) fuqarolar tomonidan yoʻqotilgan yoki oʻgʻirlatib qoʻyilgan mobil qurilmalardan foydalanishning oldini olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) radiotexnik uskunalarning import oqimini legallashtirish va ularni standartlashtirishga keng imkon yaratishi eʼtiborga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish amaliyotini Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 847-sonli hamda 2019-yil 17-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi 778-sonli qarorlarida belgilangan Qoidalarga asosan davom ettirish maqsadga muvofiq va asosli ekanligi qayd etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi ishchi guruhi tomonidan “Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazishni soddalashtirish haqida”gi elektron jamoaviy murojaat yuzasidan tayyorlangan maʼruzasida taqdim etilgan taklif va kamchiliklarni inobatga olgan holda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazishtizimini yanada takomillashtirish boʻyicha ishlarni davom ettirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 3-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
312-IV-son