12.11.2020 yildagi 718-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.11.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini (keyingi oʻrinlarda — Davlatobod tumani) tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 8-sentabrdagi 442-IV-son va Senatining 2020-yil 11-sentabrdagi SQ-136–IV-son “Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorlari qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumani hokimligi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatobod tumani hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatobod tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari va boshqaruv xodimlarining soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq Davlatobod tumanida tashkil etilayotgan davlat organlari va tashkilotlarining boshqaruv xodimlari vazirlik va idoralarning umumiy shtat birliklari doirasida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatobod tumanini tashkil etish bilan bogʻliq zarur kompleks tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va ularning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda Davlatobod tumani mahalliy budjetining va tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Davlatobod tumani hokimligi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlari boʻlinmalarini zarur bino-inshoot hamda moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Namangan viloyati hokimligi Davlatobod tumanini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek, yuzaga keladigan ijtimoiy masalalar oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Namangan viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Davlatobod tumani tashkil etilishi munosabati bilan yangi tashkil etilayotgan davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarini yetarli tajribaga ega boʻlgan malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi statistika koʻrsatkichlarini shakllantirish va yuritishda Davlatobod tumanining maʼmuriy hududlarini inobatga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bir oy muddatda Davlatobod tumani tashkil etilishi natijasida uning maʼmuriy-hududiy chegaralari oʻzgarishi munosabati bilan yer hisobotlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Davlatobod tumaniga oʻtkazilgan maʼmuriy hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining yuridik (pochta) manzilini ulardan ariza yoki maʼlumot talab etmagan holda, ikki oy muddatda toʻgʻridan toʻgʻri elektron tizim orqali bepul oʻzgartirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ikki oy muddatda Davlatobod tumanida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarining tuzilmalarini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat banklari bilan birgalikda Davlatobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida mazkur tumanda tijorat banklarining filiallarini tashkil etish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi bilan birgalikda Davlatobod tumanida qoʻshimcha shtat birliklarini ajratgan holda, adliya boʻlimi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarini tashkil etish boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatobod tumanida davlat xizmatlari markazi tashkil etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Namangan viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Davlatobod tumanida davlat xizmatlari markazi binosining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yoki mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qurilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda 2020-yil 25-dekabrga qadar Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida yangi tashkil etilayotgan Davlatobod tumanining maʼmuriy-hududiy chegarasini hisobga olgan holda, Namangan shahrining 2040-yilgacha boʻlgan bosh rejasi ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgunga qadar mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq tashkil etilayotgan Davlatobod tumani hokimligi hamda 2-ilovaga muvofiq davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining tuman boʻlinmalarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Namangan viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Namangan viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sh.Sh. Abdurazzokov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 12-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
718-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-noyabrdagi 718-son qaroriga

1-ILOVA

Davlatobod tumani hokimligi boshqaruv apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni — 18 nafar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-noyabrdagi 718-son qaroriga

2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatobod tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining soni*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tashkilot nomi

Shtat birliklari soni

1.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti

4

2.

Xalq taʼlimi boʻlimi

4

3.

Tibbiyot birlashmasi

14

4.

Davlat soliq inspeksiyasi

10

5.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

3

6.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi

3

7.

Moliya boʻlimi

6

8.

Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi

3

9.

Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi

6

10.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi

3

11.

Qurilish boʻlimi

2

12.

Madaniyat boʻlimi

2

13.

Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi

2

14.

Kadastr agentligi boʻlimi

1

15.

Statistika boʻlimi

2

16.

Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi

3

17.

Gʻaznachilik boʻlinmasi

3

18.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi

4

19.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi

2

20.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi

2

21.

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

6

Jami:

85

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan boshqaruv xodimlari cheklangan soni doirasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuman tuzilmalarini ularning umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida tashkil etiladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi belgilangan tartibda Davlatobod tumanidagi boʻlinmalarini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 09/20/718/1508-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)