03.11.2020 yildagi 684-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UzVC” milliy venchur fondi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5583-son Farmoniga muvofiq hamda respublikada innovatsion loyihalar va startap-ekotizimni har tomonlama qullab-quvvatlash, innovatsion infratuzilmani rivojlantirish jarayonini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekistan Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Innovatsion g‘oyalar va startap-ekotizimni qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasini yaratish maqsadida “UzVC” milliy venchur fondini (keyingi o‘rinlarda — Fond) mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etish;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Fondning boshlang‘ich ustav kapitalini 15 milliard so‘m miqdorida belgilash;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fondning boshlang‘ich ustav kapitalini 2020-yil O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan shakllantirish va Fondning ustav kapitalidagi 100 foiz ulushni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Fondning ustav kapitalini konunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan oshirishga ruxsat beriladi;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan sheriklikda venchur loyihalarni moliyalashtirish maqsadida venchur fondi muassisi bo‘lishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Fondni saqlash xarajatlari uning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond boshqaruviga malakali va xalqaro tajribaga ega chet el fuqarolari jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

ikki oy muddatda Fondning belgilangan tartibda davlat ryxatidan o‘tkazilishini;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fondning Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasidagi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining ma’muriy binosida tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda to‘rt oy muddatda Fond faoliyatini amalga oshirish uchun shaffof, raqobatbardosh va tanlov muhiti asosida ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lmagan mustaqil xususiy boqaruv kompaniyasini davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlasin va shartnoma asosida boshqaruvga berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazlashgan manbalar hisobidan venchur loyihalarni moliyalashtirish uchun Fondga ajratilgan resurslarga teng miqdorda xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish boshqaruv kompaniyasini tanlashning asosiy shartlaridan biri etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Innovatsion rivojlanish vazirligi 2021-yil 1-iyunga qadar Fondning samarali faoliyatini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif va zarur hollarda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan Fondning ustav kapitalini shakllantirish uchun 15 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larni moliyalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov, Innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 3-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
684-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2020-y., 09/20/684/1449-son)