20.02.2017 yildagi PQ-2790-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona postlarini jihozlash uchun Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan taqdim etilayotgan grantdan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona postlarini jihozlash maqsadida Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan ajratilayotgan grantdan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi hukumati oʻrtasida 2014-yil 19-avgustdagi texnik-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimga hamda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi hukumati oʻrtasidagi 2015-yil 25-noyabrdagi almashilgan notalarga muvofiq Xitoy Xalq Respublikasi hukumati temir yoʻl yuklarini nazorat qilish boʻyicha bitta yirik gabaritli inspeksion-koʻrik majmuasi, oʻrta yuklarni nazorat qilish uchun oʻnta skanerlash tizimlari va ular uchun ehtiyot qismlar (keyingi oʻrinlarda — skanerlash uskunalari), ularni oʻrnatish va ishga tushirish ishlari, kafolatli texnik xizmat koʻrsatish, shuningdek operatorlarni skaner uskunalarini ishlatish va taʼmirlash boʻyicha oʻqitish shaklida jami 35,35 mln. Xitoy yuani (5,1 mln. AQSH dollari ekvivalentida) qiymatida grant taqdim etayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi — oʻzbek tomonidan grant doirasida yetkazib berilayotgan skaner uskunalaridan samarali va maqsadli foydalanish uchun masʼul ijro etuvchi organ etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi grant doirasida yetkazib beriladigan skaner uskunalarini qabul qilish va foydalanishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, grant mablagʻlari hisobidan olib kirilayotgan skaner uskunalari bojxona toʻlovlaridan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Grant doirasida Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻrsatilgan xizmatlar qoʻshilgan qiymat soligʻidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan skaner uskunalariga texnik xizmat koʻrsatishdan olingan daromadlar yuridik shaxslarning foyda soligʻidan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning skaner uskunalarini qurish hududigacha avtoyoʻl kirish yoʻlagi tortishni ham oʻz ichiga olgan holda muhandislik kommunikatsiyalarini barpo etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini bajarishni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirish taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ skaner uskunalarini qurish hududigacha avtoyoʻl kirish yoʻlagi tortishni ham oʻz ichiga olgan holda muhandislik kommunikatsiyalarini barpo etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini bajarish doirasida tovarlar, ishlar (xizmatlar)ga qoʻshilgan qiymat soligʻi, shuningdek, Respublika yoʻl fondiga majburiy ajratma va yigʻimlarni toʻlashdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ grant doirasida kelib tushayotgan skaner uskunalarini aeroportlarda va temir yoʻl stansiyalarida boj olinmasdan tushirish va saqlash ishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekneftgaz” MXK oʻz mablagʻlari hisobidan va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bosh buyurtmachining mablagʻlari hisobidan tegishliligi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq, ularning uzluksiz ishlashini hisobga olgan holda, qurilish zonasiga kiradigan tegishli muhandislik kommunikatsiyalarini uzatish va ulashni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tegishli umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzqurilishmateriallari” AJ bilan birgalikda loyiha tashkiloti tomonidan berilgan asosli hisob-kitoblar asosida qurilish ishlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda nazorat qilinadigan narxlarda metall mahsulotlari va sement ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi talabnomalariga muvofiq, grantni amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan viza rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi talabnomalariga muvofiq, grantni amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp marta viza berish va uni uzaytirish, shuningdek yashash manzili boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish va uni uzaytirish davlat bojlari undirilmasdan amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu qaror ijrosi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 20-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2790-son