Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining FHDY boʻlimlari faoliyatini moliyalashtirish uchun maxsus tashkil qilinadigan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3066-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tizimida samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 1-avgustdagi 256-um va 119-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining FHDY boʻlimlari faoliyatini moliyalashtirish uchun maxsus tashkil qilinadigan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3066, 2018-yil 5-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 10/18/3066/1836-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri R.K. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-oktabr,
3-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-oktabr,
46-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 10/20/3066-1/1428-son)