O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 5-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 21-oktabrda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 248-modda:
birinchi qismidagi “561-moddasida” degan so‘zlar “54, 561-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2-bandidagi “561-moddasida” degan so‘zlar “54, 561-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — temir yo‘l vokzallari va aeroportlardagi bo‘linmalarning boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari, 225-moddasining birinchi – beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — temir yo‘l vokzallari va aeroportlardagi bo‘linmalarning, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarining (boshqarmalarining) boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari”;
4-bandidagi “561-moddasida” degan so‘zlar “54, 561-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5-bandidagi “125-moddasida” degan so‘zlar “54, 123, 125-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6-bandidagi “125-moddasida” degan so‘zlar “54, 123, 125-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7-bandidagi “125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar “54, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu modda ikkinchi qismining 2 — 7-bandlarida ko‘rsatilgan ichki ishlar organlari xodimlari ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazoni faqat karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi munosabati bilan tegishli hududlarda yoki obyektlarda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilgan taqdirda, qo‘llashga haqlidir”;
2) 291-modda:
birinchi qismining “a” kichik bandidagi “901-moddasida” degan so‘zlar “54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida), 901-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi munosabati bilan tegishli hududlarda yoki obyektlarda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilgan sharoitlarda transport vositalari haydovchilari tomonidan ushbu Kodeks 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda, transport vositalarini ushlab turish ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilguniga qadar amalga oshiriladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-oktabr,
O‘RQ-643-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 03/20/643/1410-son)