17.10.1992 yildagi 480-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori , 17.10.1992 yildagi 480-son
Kuchga kirish sanasi
17.10.1992
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA “MAHALLA” XAYRIYA JAMGʻARMASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 12-sentabrdagi 472-son Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasining yuqori organi taʼsis konferensiyasi hisoblanadi. Taʼsis konferensiyasi jamgʻarma Boshqaruvini va taftish komissiyasini saylaydi, apparat tuzilmasini, xodimlari soni va ular mehnatiga haq toʻlash shartlarini belgilaydi. Boshqaruv apparatini saqlash “Mahalla” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Boshqaruv apparati xodimlarining soni koʻpi bilan 20 kishidan iborat qilib belgilansin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Jamgʻarma oʻz boʻlimlariga ega boʻladi. Ular fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini taʼminlaydilar. Viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari xodimlari (rahbar, uning oʻrinbosari va masʼul kotib) mehnatiga haq toʻlash Respublika jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 25-iyundagi 315-son qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla” jamgʻarmasi ustavi taʼsis konferensiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Mahalla” jamgʻarmasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarixan tarkib topgan milliy va maʼnaviy qadriyatlarni keng targʻib qilish, xalqimizning eng yaxshi udum va anʼanalarini ommalashtirish, respublika aholisi oʻrtasida madaniy va maʼrifiy ishlarni keng yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insonparvarlik va mehr-shafqat, kishilar oʻrtasida oʻzaro bir-birini tushunish va yaxshi qoʻshnichilik gʻoyalarini tushuntirish boʻyicha faol tashviqot va targʻibot ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir aniq hududda yashovchi kamxarj oilalar, nogironlar, keksalar va bolalar huquqlarini har tomonlama ijtimoiy himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har xil anʼanaviy marosimlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
juda muhtoj oilalar va alohida shaxslarga tekin moddiy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalar hududini obodonlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 25-iyundagi 315-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Madaniyat, ommaviy axborot vositalari va turizm majmui (oʻrtoq Samandarov) 10 kun muddat ichida Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasining taʼsis konferensiyasini oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasining ustavini roʻyxatga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, konsernlari, korxonalar, xoʻjaliklar va tashkilotlar “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi quyi boʻlinmalari faoliyatiga ular tomonidan ustav vazifalarining amalga oshirilishida moliyaviy va amaliy yordam koʻrsatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddat ichida Jamgʻarma hududiy boʻlimlarining bir maromdagi faoliyatini taʼminlash uchun zarur maishiy sharoitlar yaratsinlar, Toshkent shahar hokimligi ana shu muddatda Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi Boshqaruvini joylashtirish uchun xizmat binolari ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi, “Toshshahartranskorxona” uyushmasi shartnoma asosida Jamgʻarma Boshqaruvini xizmat avtomobil transporti bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi esa shahar va hukumat aloqasi bilan taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzshartnomasavdo” va respublikaning boshqa ixtisoslashtirilgan savdo-taʼminot tashkilotlari “Mahalla” xayriya jamgʻarmasiga zarur anjomlar va mebel ajratish masalalarini belgilangan tartibda koʻrib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston “Savdo” davlat-aksionerlik uyushmasi tomonidan respublika mahallalarida qurish uchun savdo korxonasi “Guzar” markazining namunaviy loyihalari ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining qurilish, transport va aloqa majmui (oʻrtoq Toʻlaganov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bu loyihalarni koʻrib chiqsinlar va ularni 1992-1993-yillarda qurishni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat televideniye va radio-eshittirish kompaniyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi, Davlat kinokompaniyasi Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi va uning hududiy boʻlimlari faoliyatini keng yoritsinlar, vazirliklar, korxonalar, xoʻjaliklar, tashkilotlar va muassasalarning bozor munosabatlari sharoitida respublika aholisiga ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha ijobiy ish tajribasini targʻib qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari E.S. Samandarov, K.N. Toʻlaganov oʻrtoqlar zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil aprel oyida koʻrib chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 17-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
480-son