Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
TIJORAT BANKLARI MABLAGʻLARINI IChKI AKTIVLARGA JOYLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI BEKOR QILISh HAQIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli farmoniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 20-iyundagi PF-3092-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Boshqaruv, qaror qiladi:
1. Markaziy bank Boshqaruvining 2002-yil 20-apreldagi “Tijorat banklari mablagʻlarini ichki aktivlarga joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 514-sonli Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi 9/20-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti (S.P.Abdullayev)ga mazkur Nizomni Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan chiqarilishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
Markaziy bank Raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 29-iyun,
17/9-son
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 13-son)