1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashishda yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 25-noyabrdagi 948-son qaroriga muvofiq, shuningdek, doimiy shahar yoʻlovchi tashish transporti bilan shugʻullanadigan tashuvchilarni moliyalashtirish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2012-y., 9-son, 68-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 9-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
643-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 643-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qaroriga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagi mazmundagi 11-bandi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda shaharda yoʻlovchilarni muntazam tashish transportining tarif rejalari tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Nizom avtomobil va elektr transportida (elektrobus, trolleybus, tramvay va metropolitenda) shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro yoʻnalishlarda muntazam va soatlar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni amalga oshiradigan tashuvchilarga tatbiq etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“umumiy foydalaniladigan transport — yoʻlovchilar va yuk tashish uchun moʻljallangan jamoat yer usti va yer osti transporti (avtobus, elektrobus, trolleybus, tramvay, yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilar, metropoliten)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“elektrobus — elektr privodga ega boʻlgan, belgilangan yoʻnalish boʻylab yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan umumiy foydalaniladigan relssiz harakatlanuvchi mexanik transport vositasi (elektr avtobus);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tramvay — elektr privodga ega boʻlgan, temir yoʻl polotnosi boʻyicha harakatlanadigan va muntazam shahar yoʻnalishlarida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan vagon (yoki bir-biri bilan ulangan bir nechta vagonlar)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oylik transportda yurish kartochkasi — harakatlanish hududi chegaralarida va ushbu hujjat amal qiladigan davr mobaynida barcha yoʻnalishlar boʻyicha umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, trolleybus, tramvay va metropolitenda) yurish imkoniyatini olishga yoʻlovchining huquqini tasdiqlaydigan, qatʼiy hisobda turadigan hujjat. Oylik yurish kartochkasi ikki turga — umumiy va imtiyozli kartochkaga boʻlinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oylik transportda yurish kartochkasi — yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari, umumiy foydalaniladigan transportning barcha turlarida yoʻlovchilar yurishini nazarda tutadigan, qatʼiy hisobda turadigan hujjat”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“transport kartasi — yoʻlovchilar tomonidan umumiy foydalaniladigan transportda (yoʻnalishsiz taksidan tashqari) yurganlik uchun amaldagi tarif asosida yoʻl haqini toʻliq toʻlash uchun moʻljallangan shaxsiylashtirilmagan koʻp marotabalik debet toʻlov kartasi. Transport kartasining depozit hisob raqami pul mablagʻlarini tushirish orqali toʻldiriladi. Transport kartasidagi tarif rejalarining toʻliq qiymati umumiy foydalaniladigan transportdagi cheklangan tarifni, chegirma va imtiyozlarni hisobga olgan holda, yurishlar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli transport kartasi — umumiy foydalaniladigan transportda (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi operatori maʼlumotlar bazasida roʻyxatga olingan yoʻlovchiga transportda bepul yoki imtiyozli yurish huquqini kafolatlaydigan, transportdan foydalanish soni va bir transportdan boshqasiga chiqish soni cheklanmaydigan shaxsiylashtirilmagan va(yoki) shaxsiylashtirilgan transport kartasi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn sakkizinchi xatboshiga “qatʼiy hisobda turadigan” soʻzlaridan keyin “va QR kodga ega boʻlgan” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagi mazmundagi 31 va 32-bandlar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“31. Imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilar (pensionerlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, talabalar va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar hamda texnikumlar oʻquvchilari) tomonidan imtiyozli transport kartalari orqali toʻlovlar umumiy foydalaniladigan transportning (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) amaldagi tariflarning 50 foizlik imtiyozini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Imtiyozli transport kartasidan foydalangan holda umumiy foydalaniladigan transportdan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilar sifatida “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Toshkent metropolitenida pensionerlarni bepul tashish toʻgʻrisida” 2017-yil 9-martdagi 128-son qarorida nazarda tutilgan shaxslar eʼtirof etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Tashilgan yoʻlovchilar soni umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, trolleybus, yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksi, tramvay, metropolitenda) bajariladigan shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro tashuvlarning har bir turi hamda soatlar boʻyicha tashuvlar uchun alohida-alohida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shahar yoʻnalishida umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, trolleybus, yoʻnalishli taksi, tramvay va metropolitenda) tashilgan yoʻlovchilar soni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
cheklangan tariflarni qoʻllagan holda — sotilgan bir martalik chiptalar soni boʻyicha yoki tushumni cheklangan tarifga taqsimlash yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda, elektron toʻlov tizimi operatorlariga amaldagi cheklangan tariflarga nisbatan 10 foizgacha chegirma taqdim etilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport kartasidan foydalangan holda — transport kartasidan foydalangan yoʻlovchilarning, jumladan imtiyozli va bepul yurish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilarning har bir transport turida amalga oshirilgan validatsiyalar soni boʻyicha aniqlanadi. Muayyan tashuvchi tomonidan tashilgan yoʻlovchilar hajmi hisobot davrida amalga oshirilgan validatsiyalarni umumlashtirish orqali aniqlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda tashilgan yoʻlovchilar soni sotilgan bir martalik chiptalar soni hamda transportning aniq bir turida amalga oshirilgan validatsiyalar soniga teng holda qabul qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 11 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Yoʻlovchilar aylanmasi umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksi, tramvay, trolleybus va metropolitenda) bajariladigan shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yoʻnalishlarda tashuvlarning har qaysi turi hamda soatlar boʻyicha tashuvlar uchun alohida-alohida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yoʻlovchilar aylanmasi shahar yoʻnalishlarida umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, yoʻnalishli taksi, tramvay, trolleybus va metropolitenda) tashishda tashilgan yoʻlovchilar sonini yoʻlovchilar oqimini tanlab tahlil qilish asosida hisoblab chiqiladigan ushbu yoʻnalish boʻyicha yoʻlovchi bosib oʻtadigan oʻrtacha masofaga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoʻlovchilarning umumiy foydalaniladigan transportda shahar yoʻnalishlarida cheklangan tarif rejalariga chegirmalar va imtiyozlar qoʻllangan holda hisobga olinadigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YURISHLARI SONI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Tarif rejalarining nomlanishi
Tarif rejalarining narxini hisoblash uchun transportda qatnovlar soni
Toʻliq qiymatdan chegirish miqdori
(%)
Chegirishni hisobga olgan holda, tarif rejasi qiymatidan imtiyozlar
(%)
5 kunga
10 kunga
15 kunga
20 kunga
30 kunga
1.
“AV” avtobus, tramvay, trolleybus, elektrobus — aholi uchun
22
44
66
88
130
23
—
2.
“N” avtobus, tramvay, trolleybus, elektrobus — pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun
22
44
66
88
130
50
3.
“T” avtobus, tramvay, trolleybus, elektrobus — talabalar uchun
22
44
66
88
130
50
4.
“Oʼ” avtobus, tramvay, trolleybus, elektrobus — oʻquvchilar uchun
22
44
66
88
130
50
5.
“AVM” avtobus, tramvay, trolleybus, elektrobus, metro — aholi uchun
30
60
90
120
180
23
—
6.
“NM” avtobus, tramvay, trolleybus, elektrobus, metro — pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun
30
60
90
120
180
50
7.
“TM” avtobus, tramvay, trolleybus, elektrobus, metro — talabalar uchun
30
60
90
120
180
50
8.
“OʼM” avtobus, tramvay, trolleybus, elektrobus, metro — oʻquvchilar uchun
30
60
90
120
180
50
9.
“B” bepul — Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq transportdan bepul foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslar uchun
—
—
—
—
60
—
100
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tarif rejalaridan foydalanganda, transportdan foydalanish soni va bir transportdan boshqasiga chiqish soni cheklanmaydi, bunda tegishli tarif rejasi birinchi validatsiya sanasidan boshlab koʻrsatilgan muddat davrida amalda boʻladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“fuqarolarning ayrim toifalarining transportda bepul va imtiyozli yurishi bilan bogʻliq holda tashuvchilarning olinmay qoladigan daromadlarini subsidiyalar berish orqali qoplash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yangi tramvay va trolleybus liniyalari, elektrobusni quvvatlash stansiyalari qurish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu bandning yettinchi xatboshida nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish, joriy oyning 5-sanasigacha, avans toʻlovlarini teng holda tasdiqlangan budjet parametrlari boʻyicha amalga oshiriladi. Chorak yakunlariga koʻra, oldindan qilingan toʻlovlar va koʻrilgan zarar hajmlari keyingi davr toʻlovlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini inobatga olgan holda solishtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Navbatdagi moliya yili uchun ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga mablagʻlarning aniq summasi asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq aniqlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari asosida ajratiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Fuqarolarning ayrim toifalarining transportda bepul va imtiyozli yurishi bilan bogʻliq holda tashuvchilarning olinmay qoladigan daromadlarini subsidiyalar berish orqali qoplash har oyda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida amalga oshiriladi.”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi operatorining, transportdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilarning aniq soni toʻgʻrisidagi axboroti”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Joriy oyning 5-sanasiga qadar tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan mahalliy budjet parametrlariga kiritilgan tashuvchilarning prognozlashtirilgan zarar koʻrsatkichlariga muvofiq avans toʻlovlari amalga oshiriladi. Chorak yakunlariga koʻra hisobot davri uchun yuzaga kelgan avans toʻlovlari bilan tashuvchilarning amaldagi koʻrgan zararlari miqdoridagi farqiga, navbatdagi avans toʻlovlarini amalga oshirishda tuzatishlar kiritiladi (qoplanadi yoki ushlab qolinadi)”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)