Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida
1. Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning elektron yuk xatiga oid 2008-yil 20-fevralda Jeneva shahrida imzolangan Qoʻshimcha bayonnomasiga qoʻshilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul organ etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomaga qoʻshilishi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul organ toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-sentabr,
PQ-4842-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 07/20/4842/1323-son)