1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablagʻlarning samaradorligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish davrida tibbiyot xodimlari zimmasiga tushgan yuqori ish yuklamasini yumshatish hamda mablagʻlardan samarali va oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash standartlari yangidan koʻrib chiqib tasdiqlanganligi va bunda bemorlarning davolanishda boʻlish muddati 10 kundan 7 kungacha qisqartirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2020-yil 20-avgustdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlari ish faoliyatini tashkil qilish amaldagi 14 kunlik “vaxta” usulidan belgilangan sanitariya va gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda kunlik tarzda kelib-ketish tizimiga oʻtkazilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni kechayu kunduz tanaffussiz davolashga ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlarida, jumladan, intensiv palatalar va reanimatsiya boʻlimlarida grafik asosida kechki va tungi vaqtlarda vrachlar navbatchilik qilishi orqali tibbiy yordam uzluksiz koʻrsatishi yoʻlga qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vrachlarga 25 million soʻm, boshqaruv va oʻrta tibbiyot xodimlariga 15 million soʻm, provizor-farmatsevt xodimlarga 10 million soʻm, dizenfektor va kichik tibbiyot xodimlariga 8 million soʻm va boshqa xodimlarga 5 million soʻm miqdorida maxsus ragʻbatlantirish toʻlovlari (daromad soligʻidan tashqari) kunlik tarzda ishlash sharoitiga oʻtkazilgan holda har 30 kunlik davr uchun kuniga 8 soatdan kam boʻlmagan ish yuklamasini inobatga olgan holda bir oyda bir marotaba toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻlanadigan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlov amalga oshirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga pul mablagʻlari bank kartalariga oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan belgilangan tartib doirasida anesteziolog-reanimatolog vrachlariga maxsus qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari 1,2 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisob-kitob qilinadi va toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash obyektlarida hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarga maxsus ragʻbatlantirish toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari va boshqa xodimlarga 6 foizlik kunlik qoʻshimcha toʻlov amalga oshiriladigan lavozimlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari va boshqa xodimlarga 6 foizlik kunlik qoʻshimcha toʻlov oʻrniga har oylik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari amalga oshiriladigan lavozimlar roʻyxati 2a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda bir hafta muddatda vaqtinchalik karantinda saqlanayotgan shaxslar va koronavurus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar uchun kunlik ovqatlanish meʼyorlarini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan tibbiyot muassasalari, vaqtinchalik shifoxonalar, provizor muassasalari, boʻlimlari hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni kechayu kunduz tanaffussiz davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarini zaruratga koʻra yotoqxona bilan taʼminlash va kunlik ovqatlanish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davrida aholini tez tibbiy yordam xizmati bilan keng qamrab olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 20-iyuldagi 446-son qaroriga asosan tashkil etiladigan ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalarining vaqtinchalik meʼyorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi respublika boʻyicha koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, bemorlarni qabul qilish va chiqish qaydnomasi, tovar-moddiy boyliklarning harakati hamda shifoxonalar boʻyicha boshqa tahliliy maʼlumotlar shaffofligini taʼminlash maqsadida bir hafta muddatda real vaqt rejimida ishlaydigan “Bemor.ssv.uz” elektron nazorat dasturini ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tibbiyot va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlariga har kunlik qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻlanishi uzluksizligini taʼminlash maqsadida har bir koronavirus infeksiyasini davolash va karantin muassasasi hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy boshqarmalari va boʻlimlariga, ularning moliyaviy taʼminoti boʻyicha boʻysinuvidan kelib chiqib moliya, davlat moliyaviy nazorati, gʻaznachilik va sogʻliqni saqlash organlari xodimlarini biriktirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati hududiy boshqarmalari koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish davrida tibbiyot muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi, shu jumladan, jalb qilingan xodimlarga maxsus ragʻbatlantirish toʻlovlarining toʻgʻri va toʻliq toʻlanishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasinining “Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 4-avgustdagi 461-son qaroriga4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 24-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
583-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash obyektlarida hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarga maxsus ragʻbatlantirish toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, bemorlar joylashtirilgan tibbiyot muassasalari, vaqtinchalik shifoxonalar hamda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanmagan ammo barcha klinik belgilari mavjud, shifoxonaga yotqizish talab qilinadigan bemorlar uchun shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatuvchi provizor tibbiyot muassasalarida va boʻlimlarida (keyingi oʻrinlarda — statsionar tibbiyot muassasalari) va koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida (keyingi oʻrinlarda — laboratoriyalar) faoliyat olib borayotgan xodimlarga maxsus qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovini (keyingi oʻrinlarda — maxsus toʻlov) amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xodimlarga maxsus toʻlov (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi bilan birga), shuningdek, ulardan toʻlanadigan ijtimoiy soliq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan (keyin oʻrinlarda — Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi) ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maxsus toʻlov uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xodimlarga ish hajmidan kelib chiqib, kunbay ishlash sharoitiga oʻtkazilgan holda har 30 kunlik davr uchun ish yuklamasini inobatga olgan holda har oylik ish faoliyati yakuni boʻyicha quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus toʻlov belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv va oʻrta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
provizor-farmatsevt xodimlarga — 10 million soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dizenfektor va kichik tibbiyot xodimlariga — 8 million soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa xodimlarga — 5 million soʻm.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa xodimlar tarkibiga jalb etilgan yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan belgilangan tartib doirasida anesteziolog-reanimatolog vrachlariga maxsus qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari 1,2 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisob-kitob qilinadi va toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Maxsus toʻlovlarni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maxsus toʻlov tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarga, shu jumladan, qisqa muddatga jalb etilgan tor yoʻnalishdagi tibbiyot mutaxassislariga kunlik kelib-ketish ish rejimiga oʻtkazilgan holda haqiqatda ishlangan ish hajmi uchun 30 kunlik davr uchun toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
240 soatlik ish yuklamalarini toʻliq bajargan xodimlarga ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan miqdorlarda maxsus toʻlovlar toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar xodim tomonidan 30 kun davomida bajarilgan ish hajmi belgilangan ish yuklama meʼyoridan kam yoki koʻp boʻlgan taqdirda, maxsus toʻlovlar haqiqatda bajarilgan ish soatlariga nisbatan mutanosib ravishda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Laboratoriyalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarga maxsus toʻlovlar respublika darajasidagi laboratoriyalar, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari laboratoriyalari, davolash muassasalari laboratoriyalari hamda OITS markazlari laboratoriyalari uchun yuqori turuvchi sogʻliqni saqlash organi rahbarlarining buyruqlari asosida jalb etilgan shaxslarga toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari ushbu nizomga ilovaga muvofiq meʼyorga, epidemiologik holatga asosan xodimlarni laboratoriyalarga jalb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus toʻlovlar miqdori har 30 kunlik davr uchun har oylik ish yuklamasini inobatga olgan holda ushbu laboratoriyada haqiqatda shu davrda oʻtkazilgan test sinovlari hajmidan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim boʻlgan xodimlar soniga mutanosib ravishda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Statsionar tibbiyot muassasalari hamda laboratoriyalarga jalb qilingan xodimlarga maxsus toʻlovlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim joriy yilning 20-avgust kunigacha faoliyat yuritgan boʻlsa, uning 14 kunlik faoliyati yakuni boʻyicha hisob-kitob qilinadi. Bunda 14 kunlik faoliyati yakuniga qadar amalda boʻlgan shartlar saqlab qolinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim joriy yilning 20-avgust kunidan keyin jalb qilingan boʻlsa, 30 kunlik davr uchun har oy yakuni boʻyicha hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Statsionar tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarga maxsus toʻlovlar ushbu obyektlarda haqiqiy ishlangan davri uchun toʻlanadi. Bunda bemorlar boʻlmagan davrda vaqtincha faoliyat yuritmagan davr uchun maxsus toʻlovlar toʻlanmaydi. Bemorlar soni belgilangan meʼyorlar boʻyicha nazarda tutilgan oʻrinlar soniga nisbatan keskin kamaygan taqdirda, davolashga jalb etilgan xodimlar soni tegishli ravishda kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Koronavirus infeksiyasi bilan vafot etgan yoki ushbu infeksiyaga gumon qilingan marhumlar jasadini kafanlash va dafn etish guruhi yuqori turuvchi tegishli tashkilot buyrugʻi asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasidan vafot etgan shaxslarni pataloganatomik tekshiruvdan oʻtkazish, marhumlar jasadini kafanlash va dafn etish uchun jalb qilinadigan xodimlarga 30 kunlik ish davri uchun ushbu nizomning 4-bandida koʻrsatib oʻtilgan miqdorlarda maxsus toʻlovlar toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda patalagoanatomik xizmatining 1 nafardan vrach-pataloganatomi, sanitari, sanitar-farroshi, murda tashuvchi brigada sanitari va uning haydovchisi hamda dezinfektorlardan iborat guruh (jami 6 nafar) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Statsionar tibbiyot muassasalari va laboratoriyalarga jalb etiladigan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar asosiy ish joyining rahbari (yoki masʼul shaxsi) safarbar qilinishi haqidagi buyrugʻi bilan birga pasport nusxasi, soliq toʻlovchining indentifikatsiya raqami (STIR), shaxsiy jamgʻarilib boriladigan pensiya hisobvaragʻi (SHJBPH) raqami haqidagi maʼlumotlarni statsionar tibbiyot muassasasi yoki laboratoriyasi mavjud boʻlgan muassasaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi yoki hududiy sogʻliqni saqlash boshqaruv organi statsionar tibbiyot muassasasi va laboratoriyalarga jalb etiladigan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning roʻyxatini (zaxirasini) shakllantirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Statsionar tibbiyot muassasasi buxgalteri boshqa muassasalardan jalb qilingan xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni budjet hisobi va hisoboti yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun moʻljallangan “UzASBO” dasturiy majmuiga kiritadi hamda ularga maxsus toʻlovlarni toʻlash uchun tegishli buxgalteriya hisob-kitoblarini amalga oshiradi, toʻlov qaydnomalarini shakllantiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tegishli boʻlinmasiga soʻrovnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Statsionar tibbiyot muassasalari va laboratoriyalar tomonidan maxsus toʻlovni toʻlash uchun hisobvaragʻida yetishmaydigan mablagʻ boʻyicha qoʻshimcha mablagʻ ajratish toʻgʻrisida asoslangan hisob-kitoblar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy boshqaruv organlariga (keyingi oʻrinlarda — moliya boshqarmalari) toʻlovlarni amalga oshirishdan kamida bir hafta oldin buyurtmanoma taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Moliya boshqarmalari asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq ikki kun muddatda zarur qoʻshimcha mablagʻlarni tegishli muassasa shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Moliya boshqarmalari maxsus toʻlovlarni toʻliq ajratish uchun shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida mablagʻlar yetishmovchiligi mavjud boʻlganida, asoslangan hisob-kitoblar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qoʻshimcha mablagʻ ajratish toʻgʻrisida murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisob-kitoblardan kelib chiqib, bir kun muddatda zarur mablagʻlarni moliya boshqarmalarining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Statsionar tibbiyot muassasalari va laboratoriyalarning kadrlar boʻlimi yoki kadrlar hisobini yuritish vazifasi yuklatilgan xodim tomonidan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning ishlagan soatlari koʻrsatilgan holda ish kunini hisoblash tabeli shakllantiriladi hamda muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassasa hisobxonasi tomonidan budjet hisobi va hisoboti yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun moʻljallangan “UzASBO” dasturiy majmuada kunlik tabelga asosan har oyning oʻn beshinchi va oxirgi kunida maxsus toʻlovlar hisoblanadi va soʻrovnoma shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizom talablari respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlari rasman toʻxtatiladigan oy yakuniga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan maxsus toʻlovni olish uchun xodimlar va tashkilotlar roʻyxatlari toʻgʻri shakllantirilishi, tegishli maʼlumot va hisob-kitoblarning toʻgʻriligi, shuningdek, ajratilgan mablagʻlardan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik tibbiyot muassasalari rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tibbiyot muassasasiga biriktirilgan moliya xodimlari boshqa muassasalardan jalb qilingan xodimlarning maʼlumotlarini aniqlashda, ularni budjet hisobi va hisobot yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun moʻljallangan “UzASBO” dasturiy majmuaga kiritishga, zarur hollarda maxsus toʻlovlarni hisoblashda koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan maxsus toʻlovlar toʻgʻri, toʻliq va uzluksiz amalga oshirilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamentiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash obyektlarida hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarga maxsus ragʻbatlantirish toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus ragʻbatlantirish toʻlovlarini toʻlash boʻyicha koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalariga jalb qilinadigan xodimlar soni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEʼYORLARI

Izoh. Namunalar soni meʼyori 1 sutkada hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* boshqa muassasalardan namunalarni tashish uchun maxsus avtotransport vositalari mavjud boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** 12 soatlik ish vaqti uchun PZR test tahlilini oʻtkazayotgan xona uchun 1 ta lavozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, koronavirus infeksiyasini aniqlaydigan laboratoriyaga tahlil va namunalarni oluvchi laborant jalb qilingan. Uning kunlik ish hajmi 250 ta va 30 kunga 7 500 ta tahlilni olishdan iborat. Bu xodim belgilangan normani toʻliq bajarishi bilan yuqorida koʻrsatilgan 15 million soʻm maxsus toʻlovni oladi. Agar xodim belgilangan 30 kun davomida kamroq hajmda ish bajarsa, bajargan ish hajmiga mutanosib ravishda maxsus mukofot oladi, yaʼni 30 kun davomida 3750 ta namuna olsa, unga maxsus mukofotning 50 foizi yoki 7 million 500 ming soʻm toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga va boshqa xodimlarga 6 foizlik kunlik qoʻshimcha toʻlov amalga oshiriladigan lavozimlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi tashkilotlari
Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan va ular bilan muloqotda boʻlgan shaxslar oʻrtasida epidemiologik surishtiruv ishlari va statsionar karantinlarga joylashtirish bilan shugʻullanayotgan, shuningdek, epidemiyaga qarshi kurashayotgan epidemiolog vrachlar, parazitologlar, infeksionist, virusolog, bakteriolog, dezinfeksionist vrachlar, epidemiolog yordamchilari, dezinfektorlar, oʻrta tibbiyot xodimlari va sanitarkalar, maxsus obyektlarda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshiruvchi maxsus intensiv-terapiya brigadalari, uyda davolashga jalb qilingan mobil brigadalarning xodimlari
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tizimi muassasalari
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar bilan muloqotda boʻlgan xodimlar (mutaxassislar), epidemiologik noxush davlatlardan kelgan shaxslar izolatsiya qilingan muassasalar va chegara postlarida nazorat olib borgan inspektorlar (mutaxassislar), uy sharoitida karantin tartibiga rioya etilishida ishtirok etgan xodimlar (mutaxassislar), koronavirus infeksiyaga qarshi kurash tadbirlariga jalb qilingan epidemiolog vrachlar, sanitariya vrachlari, parazitologlar, dezinfeksionist vrachlar, dezinfektorlar, entomologlar, ularning yordamchilari va boshqa xodimlar
3.
Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan, kasallikka gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik saqlash uchun tashkil etilgan karantin muassasasalari
Ish faoliyatiga belgilangan tartibda jalb qilingan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmatitarkibidagi sanitariya-epidemiologiya xizmati
Vazirliklar va idoralarning buyruqlariga asosan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus ragʻbatlantirish toʻlovlarini oladigan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarga 6 foizli kunlik qoʻshicha toʻlovlar amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu roʻyxatga Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-son qaroriga 2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga va boshqa xodimlarga 6 foizlik kunlik qoʻshimcha toʻlovi oʻrniga har oylik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari amalga oshiriladigan lavozimlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Muassasalar nomi
Ragʻbatlantirish miqdorlari
1.
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga ixtisoslashgan maxsus poliklinikalar
Vrach (2,5 mln soʻm), oʻrta tibbiyot xodimi (1,5 mln soʻm), kichik tibbiyot xodimi (1.0 mln soʻm), boshqa xodimlar (0,5 mln soʻm)
2.
Tez tibbiy yordam brigadalari
Vrach (2,5 mln soʻm), oʻrta tibbiyot xodimi (1,5 mln soʻm), haydovchilar (1,0 mln soʻm)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Har oylik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari tez tibbiy yordam brigadalarida faoliyat koʻrsatib kelayotgan tibbiyot xodimlari va haydovchilarning bir shtat birligi (stavka) hisobidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda agar xodim bir stavkadan kam ishlayotgan boʻlsa, unga qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari haqiqatda bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etishning vaqtinchalik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEʼYORLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Hududlar
Meʼyor
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda tuman va shaharlar markazlarida
Sutkalik 16 ta chaqiriqdan oshganda — har 16 ta chaqiriqqa
2.
Tuman (shahar)lardagi olis va chekka hamda aholi tarqoq boʻlgan hududlarda
Sutkalik 12 ta chaqiriqdan oshganda — har 12 ta chaqiriqqa
3.
Toshkent shahri hududida
Sutkalik 14 ta chaqiriqdan oshganda — har 14 ta chaqiriqqa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalari sonini qoʻpaytirish yoki kamaytirish hududiy sogʻliqni saqlash organlari tomonidan har bir tuman yoki shahardagi epidemiologik vaziyatdan chaqiruvlar soni va mavjud resurslardan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalariga tunu kun navbatchilik uchun bir nafar tibbiyot xodimi (vrach yoki hamshira-feldsher) lavozimlari (4.75 ta shtat birligida) va bir nafar haydovchi (4.5 ta shtat birligida) ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chaqiriqlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har 15 kunda qayta koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-son qaroriga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasinining “Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 4-avgustdagi 461-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, bemorlar joylashtirilgan obyektlarda (statsionar davolash muassasalarida) davolanayotgan bemorlar sonidan va xodimlarning ishlash xususiyatidan kelib chiqib tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning meʼyorlarini tasdiqlash huquqi berilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 7-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “lavozim maoshi” soʻzlari “pul taʼminoti (ish haqi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 10-bandning uchinchi xatboshisidagi “8 va 9-bandlarida” soʻzlari “9-bandida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 09/20/583/1320-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son; 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 27.01.2022-y., 07/22/103/0070-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)