21.09.2020 yildagi 576-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun ipoteka krediti ajratishning soddalashtirilgan tizimini joriy qilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun ipoteka krediti ajratishni yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ipoteka kreditlarining soddalashtirilgan tizimini joriy qilish maqsadida tajriba tariqasida Andijon viloyatining Andijon shahri, Qoʻrgʻontepa va Shahrixon tumanlarida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan “Ipoteka-bank” ATIB va “Biznesni rivojlantirish banki” ATBlar tomonidan aholiga ipoteka kreditlari ajratish boʻyicha quyidagilarga:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 657-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning tanloviga koʻra, xoʻjalik usulida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (qayta qurish) uchun ipoteka krediti qarz oluvchining bank plastik kartochkasiga bosqichma-bosqich oʻtkazish yoʻli bilan ajratilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish davri uchun 6 oy imtiyozli davr belgilanishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromadlari toʻgʻrisida kamida oxirgi uch oy uchun ish joyidan berilgan maʼlumotnomalar, ish beruvchi tomonidan berilgan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiya toʻlovlari, foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari boʻyicha deklaratsiyalar bilan birga va xalqaro pul oʻtkazmalari tizimi orqali kelib tushgan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromadlarni qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) kreditga layoqatliligini hisoblashda inobatga olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditning maqsadli ishlatilishini bank va qarz oluvchi oʻrtasida dastlab imzolangan uy-joy qurilishini bajarish reja-jadvali asosida bajarilgan ishlar sifatida qabul qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit ajratish uchun yakka tartibdagi uy-joylarning tegishli loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari (yer usti va yer osti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan yer uchastkasi tarhi, yakka tartibda uy-joyning poydevorlari, yertoʻlalari, qavatlari, ularning kesimlari va binoning old tomoni tarhlari, moliyaviy smeta hisob-kitobi) hamda asosiy turdagi qurilish materiallari qiymati asos sifatida qabul qilinishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi uy-joylarning moliyaviy smeta hisob-kitobining 10 foizi miqdorida boshlangʻich badal sifatida qarz oluvchining mablagʻlari, mavjud qurilish materiallari, ishchi kuchi va bajarilgan qurilish-montaj ishlari qabul qilinishiga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Ipoteka-bank” ATIB va “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda, oʻzining ichki nizomlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tavsiya etilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 657-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 21-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
576-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2020-y., 09/20/576/1309-son; 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)