29.08.2020 yildagi 527-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moskva shahridagi Butunrossiya koʻrgazma markazi hududida joylashgan “Oʻzbekiston Respublikasi koʻrgazma-madaniy markazi” ekspozitsion markazini saqlab turish va undan foydalanish direksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Berilgan mulkdan samarali foydalanish va Rossiya Federatsiyasi fuqarolari va Moskva shahri mehmonlarini Oʻzbekiston Respublikasining boy tarixi va milliy madaniyati, mamlakatda erishilgan yutuqlar bilan tanishtirish, turizm va investitsiya salohiyatini ilgari surish, keng ishbilarmon davra vakillarining eʼtiborini investitsiya loyihalariga jalb etish hamda mahalliy mahsulotlar eksporti hajmini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Moskva shahridagi Butunrossiya koʻrgazma markazi hududidagi 66-pavilyonda “Oʻzbekiston Respublikasi koʻrgazma-madaniy markazi” ekspozitsion markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimga (2019-yil 30-may, Urganch shahri) muvofiq Rossiya tomoni Oʻzbekiston tomoniga Moskva shahridagi Butunrossiya koʻrgazma markazi hududidagi madaniy meros obyekti — 66-pavilyonni 49 yilga ijaraga berganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Toshkent shahar hokimligining Davlat aktivlarini boshqariga agentligi ishtirokchiligida Moskva shahridagi Butunrossiya koʻrgazma markazi hududida “Oʻzbekiston Respublikasi koʻrgazma-madaniy markazi” ekspozitsion markazini saqlab turish va undan foydalanish direksiyasini (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-martdagi 147-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi talablariga muvofiq Direksiyaning taʼsis hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Direksiyani Moskva shahrida joylashtirish va jihozlashni, shuningdek, Direksiyaning faoliyatini Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Direksiyaning taʼsis hujjatlarini uning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilanganligini nazarda tutgan holda puxta tayyorlanishini taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrgazma-yarmarka faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy-ommaviy va konsert tadbirlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatning sayyohlik salohiyatini oshirish, xalqaro koʻrgazmalarda mahalliy turoperatorlarni keng reklama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keng koʻlamdagi reklama ishlarini amalga oshirish, shu jumladan, xalqaro madaniy, sanoat va sayyohlik koʻrgazmalarini oʻtkazish toʻgʻrisida xorijiy foydalanuvchilar uchun ochiq boʻlgan axborot manbalari orqali tashkil etilayotgan tadbirlarda, avvalambor, Oʻzbekiston Respublikasining obroʻsini, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali targʻib qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MDH davlatlari va boshqa mamlakatlardan potensial xorijiy xaridorlarni xalqaro madaniy, sanoat va turistik koʻrgazmalari hamda yarmarkalariga keng jalb qilishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralarga Butunrossiya koʻrgazma markazi hududidagi 66-pavilyonda “Oʻzbekiston Respublikasi koʻrgazma-madaniy markazi” ekspozitsion markazida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan koʻrgazma va yarmarkalarni oʻtkazishda metodik yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti va infratuzilma sohalarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish uchun Rossiya Federatsiyasining toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarini hamda ilgʻor texnologiyalarini jalb qilishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini oshirish, Rossiya Federatsiyasi bozoriga Oʻzbekiston Respublikasi korxona va tashkilotlarining mahsulot va xizmatlarining uzoq muddatli eksport qilinishi hisobiga oʻzaro savdo tovarlari nomenklaturasini kengaytirishga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, Direksiya faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli binolar (maydonlar) va inshootlarni ijaraga berishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik, shu jumladan, chet ellik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rossiya Federatsiyasining qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda ularning tarkibiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Butunrossiya koʻrgazma markazi hududidagi 66-pavilyonda “Oʻzbekiston Respublikasi koʻrgazma-madaniy markazi” ekspozitsion markazida namoyish qilish uchun axborot materiallari va mahsulot namunalari har yarim yilda yangilab borilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Butunrossiya koʻrgazma markazi hududida 66-pavilyondagi “Oʻzbekiston Respublikasi koʻrgazma-madaniy markazi” ekspozitsion markazini Oʻzbekiston Respublikasining zamonaviy madaniyati va tarixi toʻgʻrisidagi materiallar va eksponatlar bilan jihozlash boʻyicha tegishli tashkiliy va moliyaviy choralarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 161-F-son farmoyishiga muvofiq 2020-yil oxirigacha Moskva shahridagi Butunrossiya koʻrgazma markazi hududida joylashgan 66-pavilyonni rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari tugatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 161-F-son farmoyishining 3-bandidagi “1-iyulgacha” soʻzlari “1-noyabrgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Direksiya zimmasiga Butunrossiya koʻrgazma markazi hududida joylashgan 66-pavilyonda xalqaro anjumanlar, koʻrgazma-yarmarkalar, forumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha yagona muvofiqlashtiruvchi organ funksiyalari yuklansin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-martdagi 147-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
527-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2020-y., 09/20/527/1238-son)