24.08.2020 yildagi 500-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.02.2027 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, bojxona tartib-taomillarini yanada soddalashtirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, bojxona maʼmurchiligi sohasidagi xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqqan holda belgilanadigan talablarga javob beradigan insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini berishni nazarda tutuvchi vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda respublikada vakolatli iqtisodiy operator maqomiga ega boʻlgan 25 ta yuridik shaxs bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda maxsus soddalashtirishlardan foydalanib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur institutning joriy etilishi bojxona tartib-taomillarining yanada soddalashtirilishiga, bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishga, shuningdek, biznesni rivojlantirish yoʻlida byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, oʻtgan davr mobaynida shakllangan amaliyot vakolatli iqtisodiy operatorlar institutini amaliyotga keng joriy etish borasida quyidagi tizimli vazifalarni hal etish zarurligini koʻrsatmoqda. Xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, vakolatli iqtisodiy operatorlar faoliyatini tashkil etish tartibini aniq belgilab berish, vakolatli iqtisodiy operatorlarga taqdim etiladigan maxsus soddalashtirishlar roʻyxatini sohaga oid xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda yanada kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish uchun tanlov mezonlarini va tartib-taomillarini yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, vakolatli iqtisodiy operatorlar institutini sohaga oid ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Vakolatli iqtisodiy operator institutini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 29-apreldagi 363-son qaroriga muvofiq, shuningdek, bojxona tartib-taomillarini xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish, maxsus soddalashtirishlar roʻyxatini hamda vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish uchun tanlash mezonlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Vakolatli iqtisodiy operator institutini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 29-apreldagi 363-son qarorining 2-bandi va qarorga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda vakolatli iqtisodiy operatorlar institutini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga doimiy ravishda takliflar kiritib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 24-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
500-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 500-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom vakolatli iqtisodiy operatorlar faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda — operator) — tashqi iqtisodiy faoliyatni (keyingi oʻrinlarda — TIF) amalga oshirishda ishtirok etuvchi, ushbu Nizom talablariga javob beruvchi, belgilangan tartibda vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli iqtisodiy operator dasturining maxsus farqlash belgisi (logotipi) — vakolatli iqtisodiy operator dasturini farqlash uchun qoʻllaniladigan belgi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) — maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqi berilgan va guvohnomaga ega boʻlgan yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tomonidan yuritiladigan roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlar — sud, prokuratura organlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi, shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar va soliq organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus soddalashtirishlar — guvohnomaning turiga qarab qoʻllaniladigan alohida tartibotlar, qulayliklar, bojxona va boshqa protseduralarni amalga oshirishning alohida xususiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) — mazkur Nizomga 1-ilovadagi shaklga muvofiq elektron tarzda tuziladigan, operator maqomini tasdiqlovchi va TIF bilan bogʻliq operatsiyalarini amalga oshirishda maxsus soddalashtirilgan tartib-taomillaridan foydalanish huquqini beruvchi, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning (operatorning) vakolatli shaxsi — ishonchnoma yoki tegishli shartnoma asosida ushbu yuridik shaxs manfaatlaridan kelib chiqib, uning nomidan va/yoki topshirigʻi boʻyicha harakat qiluvchi shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Operator maqomi quyidagi yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslarga beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar import va/yoki eksportini amalga oshirish sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda — importyor-eksportyor);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona brokeri sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda — bojxona brokeri);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona ombori egasi sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda — bojxona ombori egasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda — tashuvchi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona brokeri faqatgina bojxona masalalari boʻyicha operator maqomini olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Operator reyestrga kiritilgan vaqtdan boshlab, xavf darajasi past boʻlgan toifaga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Operator reyestrga kiritilgan vaqtdan boshlab, oʻzining maqomini ifodalash uchun oʻzining rasmiy blankasi, tijorat va yuk kuzatuv hujjatlarida 2-ilovaga muvofiq operator logotipidan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari operatorlar boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Guvohnoma va uning turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Guvohnomaning quyidagi uch turi mavjud:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona masalalari boʻyicha vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda — bojxona masalalari boʻyicha operator) guvohnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlik masalalari boʻyicha vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda — xavfsizlik masalalari boʻyicha operator) guvohnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona va xavfsizlik masalalari boʻyicha vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda — bojxona va xavfsizlik masalalari boʻyicha operator) guvohnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Guvohnoma yuridik shaxs reyestrga kiritilgan kundan boshlab kuchga kiradi va 5 yil muddat amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs operatorlik faoliyatini davom ettirish maqsadida guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida 2 oy avval bojxona organlariga mazkur Nizomning 5-bobida belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddat ichida murojaat qilmaslik, shu muddat tugagach guvohnomaning amalda tugatilishiga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomani boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Guvohnoma ushbu Nizomga 5-ilovadagi sxemaga muvofiq elektron tarzda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Reyestrni shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Reyestr Qoʻmitaning yuridik shaxsni reyestrga kiritish haqidagi qaroriga asosan shakllantiriladi va Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrga kiritilgan vakolatli iqtisodiy operatorning tegishli guvohnomani olish uchun ariza berilgan paytda Nizomda keltirilgan umumiy va xususiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi maʼlumotlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoʻmita yuridik shaxsni reyestrga kiritish, shuningdek, uning maqomini toʻxtatib turish, qayta tiklash yoki operatorni reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng reyestrga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlarni kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Reyestrga kiritish uchun tanlash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bojxona va/yoki xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaxs quyidagi umumiy mezonlarga mos kelishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan bir yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 171, 1711, 174, 175, 176, 177 va 227 — 2279-moddalari, 22710-moddasining birinchi qismi, 22711 — 22721-moddalari, 22722-moddasining birinchi qismi, 22723 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan aynan bir turdagi huquqbuzarlik uchun yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsining, shuningdek, ushbu lavozimlarni oxirgi bir yil davomida egallagan shaxslarning maʼmuriy javobgarlikka tortilganlik holatlari umumiy soni bittadan ortiq boʻlmasligi, bundan ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan holatlar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar soʻnggi besh yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsi, shuningdek, ushbu lavozimlarni oxirgi bir yil davomida egallagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan holatlari mavjud boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning masʼul xodimi bojxona organlari yoki u tan olgan tashkilotlarda vakolatli iqtisodiy operatorlar vakillari uchun Qoʻmita tomonidan tasdiqlangan oʻquv dasturini tugatishi yoki masʼul xodimini ushbu oʻquv dasturida 120 kun ichida oʻqitish majburiyatini oʻz zimmasiga olish toʻgʻrisida yuridik shaxsning kafolat xati taqdim qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona toʻlovlari, soliqlar va yigʻimlarni, shu jumladan, ular boʻyicha jarima va penyalar toʻlash yuzasidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan ortiq miqdorda qarzdorlik mavjud boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilganda “B” yoki undan yuqori, xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilganda “BB” yoki undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingiga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilganda arizani qayd etish kuniga qadar kamida 2 yil, xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilganda kamida 3 yil TIFni amalga oshirgan boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIFni amalga oshirishning boshlanish sanasi deb:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona ombori egalari uchun — bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilgan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona brokeri va importyor-eksportyorlar uchun — bojxona organlariga erkin muomalaga chiqarish (import)/eksport bojxona rejimlariga muvofiq birinchi marta taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasining (keyingi oʻrinlarda — BYD) rasmiylashtiruv sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchilar uchun — yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun litsenziya berilgan sana hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan bir yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 227 — 2279-moddalari, 22710-moddasining birinchi qismi, 22711 — 22721-moddalari, 22722-moddasining birinchi qismi, 22723 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan aynan bir turdagi huquqbuzarlik uchun yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsining, shuningdek, ushbu lavozimlarni oxirgi bir yil davomida egallagan shaxslarning maʼmuriy javobgarlikka tortilganlik holatlari umumiy soni bittadan ortiq boʻlsa, quyidagi shartlarning barchasi bajarilganda yuridik shaxs ushbu Nizomning 12-bandi ikkinchi xatboshida belgilangan mezonga muvofiq deb topiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur moddalar boʻyicha musodara qilish bilan bogʻliq jazolar tayinlangan boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur moddalar boʻyicha barcha maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorlar soni va ushbu qarorlar boʻyicha qoʻllanilgan jarimalarning umumiy miqdori quyidagi miqdorlardan oshmasa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) importyor-eksportyorlar uchun — qarorlar soni ushbu davrda yuridik shaxs tomonidan import va/yoki eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan BYDlar sonining yuzdan bir qismidan, jarimalarning umumiy miqdori ushbu BYDlar yuzasidan toʻlangan bojxona boji va soliqlar miqdorining 0,1 foizidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bojxona brokerlari uchun — qarorlar soni ushbu davrda ular tomonidan import va/yoki eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan BYDlari sonining yuzdan bir qismidan, jarimalarning umumiy miqdori ushbu davrda ular tomonidan import va/yoki eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlar qiymatining 0,01 foizidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bojxona ombori egalari uchun — jarimalarning umumiy miqdori ushbu davrda ular tomonidan saqlovi amalga oshirilgan tovarlarning umumiy qiymatining 0,01 foizidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tashuvchilar uchun — qarorlar soni ushbu davrda ular tomonidan amalga oshirilgan xalqaro tashuvlar sonining yuzdan bir qismidan, jarimalarning umumiy miqdori ushbu davrda ular tomonidan tashilgan yuklarning umumiy qiymatining 0,01 foizidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bojxona masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaxs mazkur Nizomning 12 va 13-bandlarida keltirilgan umumiy mezonlarga hamda quyidagi xususiy mezonlarga mos kelishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) importyor-eksportyorlar soʻnggi oʻn ikki oy mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import va/yoki eksport qilingan tovarlarning umumiy qiymati kamida 1 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilishi va kamida 50 ta import va/yoki eksport BYD rasmiylashtirgan boʻlishi yoki toʻlangan bojxona toʻlovlarining summasi bazaviy hisoblash miqdorining kamida 10 000 barobarini tashkil qilishi va kamida 25 ta import va/yoki eksport BYD rasmiylashtiruvini amalga oshirgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir tashqi savdo shartnomasi doirasida amalga oshirilgan tashqi savdo operatsiyalariga nisbatan muddati oʻtgan debitor qarzdorligi 10 foizdan oshmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bojxona brokerlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning barcha bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislari bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislar uchun belgilangan oʻquv kursini tugatgan va malaka attestatiga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi ikki yil davomida bojxona brokeri sifatida har yili tovarlarni umumiy qiymati kamida 5 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilgan holda, 300 tadan kam boʻlmagan import va/yoki eksport bojxona yuk deklaratsiyalari taqdim etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oxirgi oʻn ikki oy davomida xatolik sababli BYDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish holatlari soni uning umumiy rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalari sonining 5 foizidan oshmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bojxona ombori egalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyasi mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi boʻyicha oxirgi ikki yil davomida yillik qiymati 10 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qiladigan 10 ming tonna miqdordagi tovarlar saqlovini amalga oshirgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tashuvchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona plombalari va muhrlari ostida tovarlarni tashish talablariga javob beradigan kamida 5 ta transport vositasiga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi ikki yil davomida har yili 200 tadan kam boʻlmagan import va/yoki eksport yuklarining (partiya) xalqaro tashuvlarini amalga oshirgan boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaxs mazkur Nizomning 12 va 13-bandlarida keltirilgan umumiy mezonlarga hamda quyidagi xususiy mezonlarga mos kelishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) importyor-eksportyorlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan talablarga mos keladigan tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va/yoki ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import va/yoki eksport qilingan tovarlarning umumiy qiymati soʻnggi oʻn ikki oy mobaynida kamida 2 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilishi va kamida 100 ta import va/yoki eksport BYD rasmiylashtirgan boʻlishi yoki toʻlangan bojxona toʻlovlarining summasi bazaviy hisoblash miqdorining kamida 20 000 barobarini tashkil qilishi va kamida 50 ta import va (yoki) eksport BYD rasmiylashtiruvini amalga oshirgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi oʻn ikki oy davomida har bir tashqi savdo shartnomasi doirasida amalga oshirilgan tashqi savdo operatsiyalariga nisbatan muddati oʻtgan debitor qarzdorligi 10 foizdan oshmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bojxona ombori egalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyasi mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi boʻyicha oxirgi ikki yil davomida yillik qiymati 10 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qiladigan 10 ming tonna miqdordagi tovarlar saqlovini amalga oshirgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tashuvchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona plombalari va muhrlari ostida tovarlarni tashish talablariga javob beradigan kamida 10 ta transport vositasiga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilish imkoniyati mavjud boʻlgan tashuvchining transport vositalari joylashuvi, tezligi, harakatini kuzatish imkoniyatini beruvchi navigatsiya tizimiga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi ikki yil davomida har yili 300 tadan kam boʻlmagan import va/yoki eksport yuklarining (partiya) xalqaro tashuvlarini amalga oshirgan boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bojxona va xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaxs:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza bergan kuniga qadar kamida 2 yil davomida bojxona, shuningdek, xavfsizlik masalalari boʻyicha operator sifatida TIFni amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 12 — 15-bandlarida belgilangan mezonlarga mos kelishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Operator ushbu Nizomning 12 — 15-bandlarida keltirilgan mezonlarga mosligi boʻyicha maʼlumotlarni har yili bir marta, operatorlik guvohnomasi berilgan yildan boshlab keyingi yilning 20-yanvariga qadar elektron shaklda bojxona organlariga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Reyestrga kiritish toʻgʻrisida ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yuridik shaxs reyestrga kiritish uchun bojxona organiga ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida mavjud interaktiv xizmat havolasi va/yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron ariza taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻgʻrisida ariza berilgan sanada va ushbu arizani koʻrib chiqish davrida qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida boʻlmasligi kerak (oʻzgartirish shaklidagi qayta tashkil etish bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar, bosh buxgalter va vakolatli shaxsning ish joyini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning masʼul xodimi belgilangan oʻquv dasturini tugatganligini tasdiqlovchi hujjat yoki 120 kun ichida masʼul xodimini ushbu oʻquv dasturida oʻqitish majburiyatini oʻz zimmasiga olish toʻgʻrisida yuridik shaxsning kafolat xati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan inshootlar, binolar va/yoki ochiq maydonchalarning kadastr hujjatlari, egalik yoki foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator maqomini olish uchun bojxona organlariga murojaat qilingan kunda yoki arizani koʻrib chiqish davomida tashkilotga nisbatan huquqbuzarlik bayonnomasi tuzilgan, surishtiruv va tergov organlari tomonidan maʼmuriy yoki jinoiy ish yuritilgan holatlarda arizani koʻrib chiqish sud yoki tergov organining yakuniy qarori qabul qilinguniga qadar vaqtincha toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Arizaga alohida hujjatlar ilova qilinmaydi, agarda Qoʻmita bunday hujjatlar haqidagi maʼlumotlarni va/yoki ulardagi maʼlumotlarni davlat bojxona organlari foydalanadigan axborot tizimlari, shuningdek, idoralararo axborot hamkorligi doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari orqali olishi mumkin boʻlsa, mazkur Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qoʻmita arizani roʻyxatga olingan kundan boshlab 30 ish kuni ichida koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qoʻmita quyidagi hollarda arizani koʻrib chiqishni rad etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlar koʻrsatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizaga ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq ilova qilinmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza ushbu Nizomning 35-bandi uchinchi, beshinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha yuridik shaxsning operator maqomi tugatilgan kundan eʼtiboran 3 yil oʻtgunga qadar berilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza ushbu Nizomning 35-bandi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha yuridik shaxsning operator maqomi tugatilgan kundan eʼtiboran 5 yil oʻtgunga qadar berilgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qoʻmita ushbu Nizomning 20-bandida belgilangan muddatdan kechiktirmay, yuridik shaxsni reyestrga kiritish yoki kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani yozma yoki elektron tarzda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsni reyestrga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda Qoʻmita bir ish kunida mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan guvohnoma shakllantiradi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki Qoʻmitaning rasmiy veb-sayti orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsning ushbu Nizomning 12 — 16-bandlarida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq emasligi uni reyestrga kiritishni rad etishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Operator reyestrga kiritilgan kundan eʼtiboran maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqiga ega, operator maqomini toʻxtatib turish holati bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Vakolatli iqtisodiy operatorlarga qoʻllaniladigan maxsus soddalashtirishlar turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Barcha turdagi operator guvohnomasi egalariga guvohnomaning amal qilish muddati mobaynida quyidagi maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqi beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, bojxona organlari tomonidan bojxona operatsiyalarini amalga oshirish vaqtini qisqartirish va tartibini takomillashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan tajriba loyihalari sinovlarida ustuvor ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona masalalarini muvofiqlashtirish va hal qilishda operatorga koʻmaklashish uchun bojxona xizmati organlarining masʼul xodimi (koordinator) koʻmagidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli iqtisodiy operator dasturining maxsus farqlash belgisidan (logotipi) quyidagi maqsadlarda foydalanish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda mavjud soddalashtirishlar qoʻllanilishi uchun tovarning tijorat va yoʻl-yuk hujjatlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorga tegishli bino va obyektlarda, shuningdek, tovarlar yuklangan transport vositalarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy ish hujjatlari, veb sayt, reklama va axborot materiallarida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Bojxona masalalari boʻyicha operator guvohnomasi yuridik shaxsga quyidagi maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) importyor-eksportyorlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni deklaratsiyalash va chiqarish bilan bogʻliq bojxona operatsiyalarini birinchi navbatda amalga oshirish. Bunda BYD xavf darajasi past boʻlganda avtorasmiylashtiruvdan, xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega boʻlganda hamda BYDga oʻzgartirish va/yoki qoʻshimcha kiritish zarurati yuzaga kelmaganda bir soat davomida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorning tovarlari tashilayotganda bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda hamda bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamasdan tovarlarini joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan joygacha yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan hamda foizlar hisoblanmagan holda bojxona toʻlovlarini oʻttiz kalendar kungacha boʻlib-boʻlib va/yoki kechiktirib toʻlash orqali tovarlarni erkin muomalaga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bojxona brokerlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan BYDlari rasmiylashtiruvini birinchi navbatda amalga oshirish. Bunda BYD xavf darajasi past boʻlganda avtorasmiylashtiruvdan, xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega boʻlganda hamda BYDga oʻzgartirish va/yoki qoʻshimcha kiritish zarurati yuzaga kelmaganda bir soat davomida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan BYDlari yuzasidan bojxona koʻrigini birinchi navbatda amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bojxona ombori egalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 338-moddasida belgilangan taʼminot summasining 50 foizini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorning omborida belgilangan bojxona koʻrigi va bojxona koʻzdan kechiruvini birinchi navbatda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tashuvchilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda hamda bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamasdan tovarlarini joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan joygacha yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara bojxona postlarida rasmiylashtiruv va barcha turdagi nazorat tartibotlaridan ustuvor tartibda oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun taqdim etilgan arizalarini ustuvor tartibda koʻrib chiqilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi yuridik shaxsga quyidagi maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) barcha faoliyat yoʻnalishlaridagi xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasiga ega yuridik shaxslarga xorijiy davlatlarning vakolatli davlat muassasalari bilan vakolatli iqtisodiy operatorlarni oʻzaro tan olish va maxsus soddalashtirishlarni birgalikda qoʻllashni nazarda tutuvchi hamkorlik loyihalarida ishtirok etish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) importyor-eksportyorlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni deklaratsiyalash va chiqarish bilan bogʻliq bojxona operatsiyalarini birinchi navbatda amalga oshirish. Bunda BYD xavf darajasi past boʻlganda avtorasmiylashtiruvdan, xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega boʻlganda hamda BYDga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish zarurati yuzaga kelmaganda bir soat davomida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlar olish yuzasidan davlat idoralariga murojaat qilinganda ushbu idoralar tomonidan birinchi navbatda koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda bojxona nazorati shakllari qoʻllanilmasligi, xavfni boshqarish tizimida belgilangan choralar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, tovarlarni operator tomonidan guvohnoma olish uchun taqdim qilingan arizada koʻrsatilgan manzil boʻyicha operatorning binolari, ochiq maydonchalari va bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda bojxona nazorati ostida (sariq va yashil yoʻlakda — videokuzatuv tizimi ostida, qizil yoʻlakda bojxona xodimi ishtirokida) joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlari bilan kelishilgan holda, operatorning binolari, ochiq maydonlari va bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda tovarlarni chiqarish bilan bogʻliq bojxona operatsiyalarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona koʻrigi va koʻzdan kechiruvini birinchi navbatda oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan hamda foizlar hisoblanmagan holda, bojxona toʻlovlarini oltmish kalendar kungacha boʻlib-boʻlib va/yoki kechiktirib toʻlash orqali tovarlarni erkin muomalaga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, tovarlarni chiqarishda ularning bojxona qiymatini shartli ravishda aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashning maqsadi tovarlarni qadoqlash, oʻrash (shu jumladan, qayta oʻrash), saralash, tozalash boʻlsa, tovarni bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnoma talab etilmaydi. Bunda ruxsatnoma olish uchun taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlar BYDga ilova qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida hujjatlar (muvofiqlik sertifikati) mavjud boʻlmaganda, tovarlarni (oziq-ovqat tovarlari va farmatsevtika mahsulotlari bundan mustasno) shartli ravishda chiqarish va hujjatlarni keyinchalik oltmish kalendar kun davomida taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 272-moddasiga muvofiq BYD taqdim etilgunga qadar tovarlarni chiqarib yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning TIF TN boʻyicha kodini aniqlash yuzasidan bojxona organi tomonidan tayinlangan ekspertiza yakunlangunga qadar tovarlarni bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash orqali shartli chiqarib yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar boʻyicha (qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno) mavjud ortiqcha toʻlov summasini qaytarishni uch kun muddatda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olish tartibini tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshilgan qiymat soligʻining jami summasini oʻrnini tezlashtirilgan tarzda qoplash tartibini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import qilinadigan va/yoki eksport qilinadigan tovarlar vakolatli idoralarning xavfni boshqarish tizimi orqali tahlil qilinib, xavf darajasi past boʻlgan tovarlarga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlar qoʻshimcha tekshiruvlarsiz, ariza taqdim qilingan kunning oʻzida rasmiylashtirib berilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksportga joʻnatiladigan operatorning tovarlari yuklangan transport vositalarining yukxonalari (otsek) yoki ularning bir qismiga operator tomonidan qoʻyilgan plombalarni davlat bojxona xizmati organlari tomonidan identifikatsiya vositalari sifatida tan olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bojxona ombori egalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk egasining topshirigʻiga koʻra bojxona deklaratsiyasi va bojxona maqsadlari uchun zarur boshqa hujjatlar berilguniga qadar tovarlarni bojxona nazorati ostida koʻzdan kechirish hamda oʻlchash, ularning namunalari va nusxalarini olish jarayonlarini videokuzatuv ostida bojxona xodimi ishtirokisiz amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorning omborida belgilangan bojxona koʻrigi va bojxona koʻzdan kechiruvini birinchi navbatda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona omborini ombor egasi tomonidan inventarizatsiya qilish natijalarini bojxona organi tomonidan tan olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tashuvchilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda hamda bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamasdan tovarlarini joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan joygacha yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda bojxona tranzitini amalga oshirish (aksiz markalari bilan markalanishi lozim boʻlgan tovarlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara bojxona postlarida rasmiylashtiruv va barcha turdagi nazorat tartibotlaridan ustuvor tartibda oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun taqdim etilgan arizalarini ustuvor tartibda koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Bojxona va xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida faoliyat yurituvchi operatorga mazkur Nizomning 24, 25 va 26-bandlarida nazarda tutilgan maxsus soddalashtirishlar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Operatorlarni oʻzaro tan olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq operatorlarga xorijiy davlatlar hududida qoʻllaniladigan imtiyozlar va maxsus soddalashtirishlar taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlar va maxsus soddalashtirishlar xorijiy davlatlarning vakolatli xoʻjalik yurituvchi subyektlariga ham oʻzaro asosda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Operator maqomini toʻxtatib turish va qayta tiklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Operator maqomi quyidagi holatlarda toʻxtatib turiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorning yozma murojaatiga asosan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorga nisbatan bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish qoʻzgʻatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator ushbu Nizomning 38-bandida belgilangan majburiyatlarni bajarmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator tomonidan ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va/yoki ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) qoʻyilgan talablarga rioya qilinmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 171, 1711, 174, 175, 176, 177 va 227 — 2279-moddalari, 22710-moddasining birinchi qismi, 22711 — 22721-moddalari, 22722-moddasining birinchi qismi, 22723 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan aynan bir turdagi huquqbuzarlik uchun operatorning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsining maʼmuriy javobgarlikka tortilganlik holatlari umumiy soni bir yil ichida bittadan ortganda va mazkur nizomning 13-bandida belgilangan talablar bajarilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun operatorning rahbari yoki bosh buxgalteri yoxud vakolatli shaxsiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xabarnomada belgilangan muddatda soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 350-moddasiga asosan qarzdorlikni olti oy davomida teng ulushlarda toʻlash imkoniyati berilgan boʻlsa, ushbu muddatning oxiriga qadar qarzdorlik toʻlanmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 12-bandi oltinchi xatboshisi, 14-band “a” kichik bandi ikkinchi xatboshi, “b, v” kichik bandlari uchinchi xatboshilari, “g” kichik bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari, 15-band “a, b” kichik bandlari uchinchi xatboshilari, “v” kichik bandi uchinchi va beshinchi xatboshilariga muvofiq belgilangan faoliyat koʻrsatkichlari kamayganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 18-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar oʻzgarganda va/yoki amal qilish muddati tugagan holda bojxona organlarini 15 kun ichida xabardor qilinmaganligi maʼlum boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, Qoʻmita operatorning maqomini toʻxtatadi va tegishli qaror qabul qilinganidan soʻng bir ish kunidan kechiktirmagan holda, uni bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Quyidagi holatlar yuzaga kelganda, mazkur Nizomning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati yuridik shaxs tomonidan operator maqomini qayta tiklash yuzasidan murojaat etgunga qadar boʻlgan, lekin bir yildan ortiq boʻlmagan davrni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-bandi uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yurituvi yakuniga yetgunga qadar boʻlgan davrni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshlarida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati buzilgan talablar qaytadan tiklangunga qadar boʻlgan, lekin bir yildan ortiq boʻlmagan davrni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-bandi oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati bir yilni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-bandi yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati sudning oqlov hukmi chiqquniga qadar boʻlgan davrni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-bandi sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati 30 ish kunini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-bandi toʻqqizinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan koʻrsatkichlar belgilangan miqdorlarga muvofiq holga keltirilgunga qadar boʻlgan, lekin bir yildan ortiq boʻlmagan davrni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-bandi oʻninchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati belgilangan xabarnoma olingunga qadar boʻlgan, lekin 30 ish kundan ortiq boʻlmagan davrni tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Maqomni toʻxtatib turish bilan bogʻliq holatlar bartaraf etilganda yoki sudning oqlov hukmi chiqarilganda, operator 5 ish kuni ichida Qoʻmitaga tegishli xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Qoʻmita xabarnomani olgan kundan eʼtiboran 5 ish kuni ichida operatorning maqomini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida uni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 30-bandida keltirilgan holatlarning bartaraf etilmasligi maqomni qayta tiklashni rad etishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Operator maqomini muddatidan oldin tugatish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Quyidagilar operator maqomini muddatidan oldin tugatishga asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorning oʻz xohishi bilan reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi yozma murojaati boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator maqomiga ega boʻlgan yuridik shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun operatorning rahbari yoki bosh buxgalteri yoxud vakolatli shaxsiga nisbatan sud hukmi kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator maqomini toʻxtatib qoʻyishga olib kelgan va ushbu Nizomning 30-bandi sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar 30 ish kuni ichida bartaraf etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator maqomini toʻxtatib qoʻyishga sabab boʻlgan va ushbu Nizomning 30-bandi toʻqqizinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bir yil ichida bartaraf etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator maqomini toʻxtatib qoʻyishga sabab boʻlgan va ushbu Nizomning 30-bandi oʻninchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar 30 ish kuni ichida bartaraf etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator tomonidan ushbu Nizomning 32-bandida koʻrsatilgan muddatda toʻxtatib turish asoslari bartaraf etilganligi haqida Qoʻmitaga xabarnoma yubormasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator qayta tashkil etilganda, oʻzgartirish orqali qayta tashkil etish bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator maqomi vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan va bunday maqomni berish uchun asos boʻlib xizmat qilgan ishonchsiz maʼlumotlar asosida berilgani aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator tomonidan ushbu Nizomning 38-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bir yil mobaynida ikki martadan ortiq bajarilmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Qoʻmita ushbu Nizomning 35-bandida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelishi toʻgʻrisida xabar olingan kundan boshlab 5 ish kunidan kechiktirmasdan, operatorni reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita operatorni reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 1 ish kuni ichida chiqarish uchun asoslarni koʻrsatgan holda operatorni bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Operator reyestrdan chiqarilgan taqdirda, ushbu Nizomning 35-bandi ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilarida keltirilgan holatlardan tashqari — uch yildan soʻng, ushbu Nizomning 35-bandi toʻrtinchi xatboshida keltirilgan holatda — besh yildan soʻng yuridik shaxs reyestrga kiritish toʻgʻrisida takroran ariza berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator reyestrdan chiqarilgan kundan boshlab, unga berilgan guvohnoma oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi va shu muddatdan boshlab operator maqomi uchun nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartib-taomillardan foydalanish huquqi bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Operatorning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Operator quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrga kiritilganidan soʻng ushbu Nizomning 12 — 15-bandlarida belgilangan mezonlarga muvofiq boʻlishini taʼminlash va majburiyatlarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlariga reyestrga kiritishda taqdim etilgan maʼlumotlar oʻzgarishi haqida xabar berish va bunday oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ushbu maʼlumotlar oʻzgargan kundan eʼtiboran 5 ish kuni ichida taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxslariga nisbatan ushbu nizomning 12-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnoma tuzilganligi yoki jinoyat ishi ochilganligi toʻgʻrisida bu haqida korxona yoki huquqbuzar xabardor boʻlgan paytdan eʼtiboran 5 ish kuni ichida Qoʻmitaga xabar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator tovarlarni saqlash uchun moʻljallangan inshootlar, binolar (binolarning qismlari) va/yoki ochiq maydonlarga (ochiq maydonlar qismlariga) shartnoma asosida foydalanish huquqiga ega boʻlganda ushbu shartnomaning muddati tugashidan oldin keyingi muddatga uzaytirilishini yoki yangi shartnoma tuzilishini uzluksiz taʼminlab borish, har bir uzaytirish va yangi shartnoma tuzilganligi toʻgʻrisida Qoʻmitaga shartnoma nusxalarini ilova qilgan holda xabar berib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni saqlash uchun moʻljallangan inshootlar, binolar (binolarning qismlari) va/yoki ochiq maydonlar (ochiq maydonlar qismlari) yuzasidan egalik huquqi boshqa shaxsga oʻtganda, shartnoma asosida foydalanilgan hollarda shartnoma muddatini keyingi davrga uzaytirilmaganda, davlat organlari tomonidan xatlov harakatlari boshlanganda, nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda bojxona organlarini darhol xabardor qilish va ushbu hududlarga bojxona nazorati ostidagi tovarlarni joylashtirilishini toʻxtatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorning bojxona nazorati ostida turgan tovarlar saqlanayotgan inshootlari, binolari (binolarning qismlari) va/yoki ochiq maydonlariga (ochiq maydonlar qismlariga) begona shaxslarning ruxsatsiz kirishi yoki kirishga urinishi, ushbu hududda sodir boʻlgan yongʻin, oʻgʻirlik, avariya va boshqa favqulodda holatlar toʻgʻrisida, bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga zarar yetgan yoki yetmaganligidan qatʼiy nazar, zudlik bilan bojxona organlarini xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona nazorati ostidagi tovarlar saqlanayotgan inshootlar, binolar binolarning qismlari) va/yoki ochiq maydonlarga (ochiq maydonlar qismlariga) bojxona organlari mansabdor shaxslarining toʻsiqsiz kirish talabini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan yoki muddati kechiktirilgan bojxona toʻlovlarining bojxona organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuborilgan xabarnomada koʻrsatilgan muddatning oxirgi kunidan kechiktirmasdan toʻlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlari talablariga muvofiq bojxona nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organi bojxona nazorati shakllari va bojxona nazoratining amalga oshirilishini taʼminlash choralarini qoʻllash zarurligi toʻgʻrisida xabar bermagan taqdirda, tovarlar chiqarilguniga qadar qonunbuzarliklarni mustaqil ravishda aniqlash va bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Operator faoliyatini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Qoʻmita operatorning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligi va ushbu Nizom talablariga rioya etishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Agar nazorat chorasi xavfni boshqarish tizimida mavjud boʻlsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda operatorlarning tovarlariga nisbatan bojxona nazorati shakllari qoʻllanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli iqtisodiy operatorlar faoliyati bir yilda bir marta bojxona auditidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vakolatli iqtisodiy operatorlar faoliyatini bir yilda bir martadan ortiq bojxona auditidan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Bojxona nazoratida boʻlgan operatorning tovarlariga huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash (cheklash) boʻyicha vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan asoslar mavjud boʻlsa, davlat bojxona xizmati organi ushbu tovarlarga nisbatan bojxona tartib-taomillarini vakolatli organning alohida qarori qabul qilinguniga qadar toʻxtatib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organlar aniqlangan va fosh etilgan jinoyatlar yoki boshqa tergov natijalari, jinoyatlarni sodir etgan shaxslar, shuningdek, operatorlarning soliqlar boʻyicha qarzdorligi (jarimalar, penyalar va boshqa huquqbuzarliklar) toʻgʻrisida uch ish kunidan kechiktirmasdan, davlat bojxona xizmati organlarini axborot tizimlari orqali (mavjud axborotdan noqonuniy foydalanish imkonini bermaydigan himoyalangan aloqa kanallari orqali) xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Davlat bojxona xizmati organlari mansabdor shaxslarining qarorlari, shuningdek, harakatlari (harakatsizliklari) yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

VAKOLATLI IQTISODIY OPERATORLAR REYESTRIGA KIRITISH TOʻGʻRISIDAGI GUVOHNOMA SHAKLI

 

 

Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi

GUVOHNOMA

________________________________

(guvohnoma turi koʻrsatiladi)

__________

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi ushbu orqali tasdiqlaydiki,

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(tashkiliy-huquqiy shakli,

_________________________________________________________________________________________

yuridik shaxs nomi)

vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritildi.

Yuridik shaxsning manzili: ________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Mazkur guvohnoma _________________________________________________________dan kuchga kiradi.

(sana)

Alohida belgilar: _________________________________________________________________________

______________________

_____________________

(BQ rahbarining lavozimi)

(imzo, rahbar F.I.O)

20____ y “____” __________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli iqtisodiy operator dasturining maxsus farqlash belgisi (logotipi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va/yoki ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TALABLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xavfsizlik masalalari boʻyicha yoki bojxona va xavfsizlik masalalari boʻyicha vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga talabgor boʻlgan yuridik shaxslar quyidagilarni taʼminlanish sharti bilan, tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va/yoki ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) ega boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bojxona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalarining saqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bojxona organlari ruxsatisiz bojxona nazorati ostida tovarlar va transport vositalari bilan yuk tushirish, qayta ortish va boshqa yuk operatsiyalarini amalga oshirishga yoʻl qoʻymasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yuridik shaxs vakolatli iqtisodiy operator hududida quyidagilarni taʼminlab berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qattiq (beton, asfalt yoki boshqa) qoplama, shu jumladan, ushbu hududga tutash boʻlgan tushirish-ortish joylari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) transport vositalarining toʻxtab turish joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ochiq maydonchalarning (ochiq maydonchalarning qismlari) atrofi butun perimetr boʻylab yaxlit toʻsiqlar bilan aylantirib toʻsilgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona nazorati zonalarini belgilashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tovarlar va transport vositalarini bojxona koʻzdan kechiruvi hamda bojxona koʻrigini oʻtkazish uchun ajratilgan joylar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) mazkur hududga texnik jihatdan soz boʻlgan olib boruvchi yoʻllar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ushbu hududda joylashgan obyektlarga, shu jumladan, tovarlar va transport vositalarini yuklash (tushirish) va saqlash joylariga ruxsatsiz kirishni istisno etadigan quyidagilarni taʼminlovchi nazorat-oʻtkazish va qoʻriqlash rejimi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs ishchilarining identifikatsiya qilgan holda, ularning mazkur obyektlarga kirishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning ishchilari boʻlmagan shaxslarni identifikatsiya hamda qayd qilgan holda, ularning mazkur obyektlarga kirishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishdan boʻshatilgan yuridik shaxs ishchilarining ushbu obyektlar va axborot tizimlariga kirish imkonini operativ ravishda bekor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) olib kiriladigan tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan holatlar uchun uch oy davomida bojxona koʻrigi protsedurasi videoyozuvi saqlanishini va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi markaziy apparati va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi ulanishini taʼminlovchi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan, tunu kun ishlaydigan, shuningdek, transport vositalari hamda shaxslarning kirishini (chiqishini) nazorat qilish tizimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) qoʻriqlash va yongʻinga qarshi signalizatsiya, ochiq maydonchalar (ochiq maydonchalarning qismlari) bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) videokuzatuvni amalga oshirish imkonini beradigan yoritish tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) ushbu hududda joylashtirish uchun moʻljallangan tovarlarni tortish imkoniyatini taʼminlovchi, qonuniy talablarga javob beradigan tortish moslamalari (oʻlchov vositalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) tovarlarni bojxona nazoratidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan ortish-tushirish texnikasi va mexanizmlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

20____ y. “____” _______ _____-son

(ariza sanasi va raqami)

Oʻzbekiston Respublikasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi

Bojxona qoʻmitasi

Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish haqida

ARIZA

________________________________________________________________

(yuridik shaxsning toʻliq nomi va manzili)

________________________________________________________________

(STIR)

quyidagi:

tovarlarni eksport-import qiluvchi

bojxona brokeri

bojxona ombori egasi

tashuvchi

toifa boʻyicha va quyidagi turdagi guvohnomani bergan holda, vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritishni soʻraydi:

bojxona masalalari boʻyicha operator

xavfsizlik masalalari boʻyicha operator

bojxona masalalari boʻyicha operator va xavfsizlik masalalari boʻyicha operator

bojxona va xavfsizlik masalalarida operator

Vazirlar Mahkamasining _______ yil “____” ____________dagi ____-son qarori bilan tasdiqlangan Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomning 4-bobida belgilangan mezonlarga muvofiqligini maʼlum qiladi:

T/r

Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnoma olish uchun mezonlar

Mezonlarga muvofiqligi boʻyicha maʼlumotlar

1.

Yuridik shaxs tashkil etilganligi toʻgʻrisida maʼlumot.

yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat sanasi va raqami koʻrsatiladi.

2.

Yuridik shaxs rahbari

F.I.O., pasport (ID karta) maʼlumotlari va JSHSHIR koʻrsatiladi.

3.

Yuridik shaxs bosh buxgalteri

F.I.O., pasport (ID karta) maʼlumotlari va JSHSHIR koʻrsatiladi.

4.

Yuridik shaxsning vakolatli shaxslari (ishonchnoma yoki tegishli shartnoma, shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida ushbu yuridik shaxs manfaatlaridan kelib chiqib, uning nomidan va/yoki topshirigʻi boʻyicha harakat qiluvchi barcha shaxslar, shu jumladan oxirgi oʻn ikki oy davomida shunday maqomga ega boʻlgan barcha shaxslar koʻrsatiladi).

1) F.I.O., pasport (ID karta) maʼlumotlari va JSHSHIR koʻrsatiladi.

2) F.I.O., pasport (ID karta) maʼlumotlari va JSHSHIR koʻrsatiladi.

3) F.I.O., pasport (ID karta) maʼlumotlari va JSHSHIR koʻrsatiladi.

5.

Murojaat sanasiga qadar oʻtgan bir yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 171, 1711, 174, 175, 176, 177 va 227 — 2279-moddalari, 22710-moddasining birinchi qismi, 22711 — 22721-moddalari, 22722-moddasining birinchi qismi, 22723 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsining, shuningdek, ushbu lavozimlarni oxirgi bir yil davomida egallagan shaxslarning maʼmuriy javobgarlikka tortilganlik holatlari.

javobgarlikka tortilgan holatlar mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot yoki holatlar mavjud boʻlsa, huquqbuzarlik moddasi va sanasi koʻrsatiladi.

6.

Murojaat sanasiga qadar soʻnggi besh yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsi, shuningdek, ushbu lavozimlarni oxirgi bir yil davomida egallagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilganlik holatlari.

javobgarlikka tortilgan holatlar mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot yoki holatlar mavjud boʻlsa, jinoyat moddasi va sanasi koʻrsatiladi.

7.

Bojxona toʻlovlari, soliqlar va yigʻimlarni, shu jumladan, ular boʻyicha jarima va penyalar toʻlash yuzasidan qarzdorlik.

ariza berilgan sanada qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot yoki qarzdorlik boʻlgan holatlarda, uning summasi va turi koʻrsatiladi.

8.

Tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi, bunda:

bojxona ombori egalari uchun — bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya raqami va berilgan sanasi;

bojxona brokeri va eksportyor-importyorlar uchun — bojxona organlariga erkin muomalaga chiqarish import/eksport bojxona rejimlariga muvofiq birinchi marta taqdim etilgan BYDning rasmiylashtiruv sanasi;

tashuvchilar uchun — yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun litsenziya raqami va berilgan sanasi koʻrsatiladi.

bojxona brokeri;

bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan ikki yil mobaynida (yillar kesimida):

import va/yoki eksport qilinayotgan tovarlar boʻyicha taqdim etilgan BYDning qiymati mln AQSH dollari ekvivalentida;

import va/yoki eksport qilinayotgan tovarlar boʻyicha taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyalari soni donada.

bojxona ombori egasi;

bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan uch yil mobaynida (yillar kesimida):

saqlovi amalga oshirilgan tovarlarning bojxona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi boʻyicha mln AQSH dollarida yillik qiymati;

saqlovi amalga oshirilgan tovarlar miqdori ming tonnada.

tashuvchi;

egaligidagi bojxona plombalari va muhrlari ostida tovarlarni tashish talablariga javob beradigan transport vositalari soni;

bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan ikki yil mobaynida (yillar kesimida) amalga oshirilgan import va/yoki eksport yuklarining (partiya) xalqaro tashuvlari soni.

importyor-eksportyor;

bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan bir yil mobaynida:

 import va/yoki eksport qilingan tovarlarning qiymati mln AQSH dollarida;

 import va/yoki eksport BYDlari soni donada;

 toʻlangan bojxona toʻlovlarining summasi mlrd soʻmda koʻrsatiladi.

9.

Tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va/yoki ochiq maydonchalarning (ochiq maydonchalarning bir qismi) mavjudligi.

ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan talablarga mos keladigan tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va/yoki ochiq maydonchalarning (ochiq maydonchalarning bir qismi) manzili, kadastr raqami, shartnoma asosida foydalanilganda mulkdor haqida maʼlumotlar, shartnoma raqami, sanasi va muddati.

10.

Murojaat sanasiga qadar oxirgi oʻn ikki oy davomida har bir tashqi savdo shartnomasi doirasida amalga oshirilgan tashqi savdo operatsiyalariga nisbatan muddati oʻtgan debitor qarzdorligi 10 foizdan oshmasligi.

ariza berilgan sanada muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot yoki qarzdorlik boʻlgan holatlarda, uning summasi koʻrsatiladi.

11.

Yuridik shaxsning masʼul xodimi vakolatli iqtisodiy operatorlar vakillari uchun tasdiqlangan oʻquv dasturini tugatishi yoki masʼul xodimini ushbu oʻquv dasturida 120 kun ichida oʻqitish majburiyatini oʻz zimmasiga olish toʻgʻrisida yuridik shaxsning kafolati.

tasdiqlangan oʻquv dasturini tugatgan xodimning F.I.O., pasport (ID karta) maʼlumotlari, JSHSHIR, oʻquv kursini tugatganligini tasdiqlovchi hujjat raqami va sanasi koʻrsatiladi.

oʻquv kursini tugatgan xodim boʻlmaganda 120 kun ichida masʼul xodimini ushbu oʻquv dasturida oʻqitishni kafolatlash toʻgʻrisida kafolatnoma yoziladi.

 

Ilova: mazkur arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar.

_____________________________________

_______________________

(yuridik shaxs rahbarining F.I.O.)

(imzo)

Masʼul shaxs toʻgʻrisida maʼlumot

(F.I.O., xizmat va mobil telefon raqamlari).

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsni vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Yuridik shaxs

Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi elektron shakldagi arizani Bojxona qoʻmitasiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali yoki Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida mavjud interaktiv xizmat orqali yoxud Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etadi.

Yuridik shaxsning xohishiga koʻra

2-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi

1. Arizani koʻrib chiqadi.

2. Arizani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha xulosa asosida yuridik shaxsni vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish yoki kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

3. Yuridik shaxsga quyidagilar haqida xabarnoma yuboradi:

a) vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻgʻrisida;

b) vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritishni rad etish toʻgʻrisida.

30 ish kunidan oshmagan muddatda

3-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi

1. Yuridik shaxsning vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtiradi.

2. Yuridik shaxsning vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani YIDXP orqali yoki Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali ariza beruvchiga yuboradi.

Qaror qabul qilingan kunda

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-avgustdagi 430-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 09/26/430/0820-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 6-fevral)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/500/1204-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son; 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son; 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son; 05.08.2026-y., 09/26/430/0820-son)