24.08.2020 yildagi 505-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining ixtisoslashuvi va takliflarini, ichki va tashqi bozordagi talablarini, hududlarning tabiiy iqlim sharoiti hamda suv bilan taʼminlanganlik darajasini, yer maydonlarining meliorativ holati va tuproq unumdorligini, shuningdek, moddiy-texnika, mehnat va boshqa resurslar bilan taʼminlanganligini inobatga olgan holda, sugʻoriladigan va lalmi ekin yerlarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirishni nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu nizom talablaridan kelib chiqqan holda oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari har yili 1-sentabrga qadar qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish natijalariga muvofiq tumanlarni va hududlarni (massivlarni) ixtisoslashtirish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish ishlarini tashkil etsin va muvofiqlashtirsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 24-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
505-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 505-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom sugʻoriladigan va lalmi ekin yerlarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sugʻoriladigan va lalmi ekin yerlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari, birinchi navbatda, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining takliflari, ixtisoslashuvi, hududlarning tabiiy iqlim sharoiti va suv bilan taʼminlanganlik darajasi hamda ichki va tashqi bozor talablari, yerlarning meliorativ holati va tuproq unumdorligi, moddiy-texnika, mehnat va boshqa resurslar bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilingan holda oqilona joylashtiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi doirasida foydalanishga kiritilayotgan yer maydonlariga, dehqon xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, ularning filiallari va ilmiy tajriba stansiyalari yer maydonlariga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“CropAgro” AT — qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning takliflarini qabul qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini elektron joylashtirish, kelishish, maʼlumot va hisobotlarni shakllantirish uchun foydalaniladigan axborot tizimi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
almashlab ekish — qishloq xoʻjaligi ekinlarini ilmiy asoslangan holda, muayyan muddat davomida navbatlab ekish va dalalarga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish — qishloq xoʻjaligi ekinlarining alohida turlarini ekin yer maydonlari konturlari va yerdan foydalanuvchilar kesimida joylashtirish va yetishtirishni (ishlab chiqarishni) tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchi — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish (ishlab chiqarish) uchun belgilangan tartibda yer uchastkasidan ijara shartlari asosida foydalanuvchi fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar (korxona, muassasa, klaster, birlashma va kooperatsiyalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlari — asosiy va takroriy maydonlarga ekiladigan gʻoʻza, boshoqli don, sholi, sabzavot, poliz, kartoshka, yem-xashakbop ildiz mevali oʻsimliklar, bir yillik oʻtlar, beda, makkajoʻxori, tamaki, dukkakli ekinlar, shuningdek, “toʻqsonbosdi” usulida ekiladigan boshqa ekinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari — muntazam ravishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish maqsadida foydalaniladigan (sugʻoriladigan va lalmi) yerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lalmi yerlar — qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tabiiy yogʻingarchilik hisobiga yetishtiriladigan yerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻoriladigan yerlar — qishloq xoʻjaligida foydalanish va sugʻorish uchun yaroqli boʻlgan, suv resurslari sugʻorishni taʼminlay oladigan sugʻorish manbai bilan bogʻlangan doimiy yoki muvaqqat sugʻorish tarmogʻiga ega boʻlgan yerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv bilan taʼminlanganlik darajasi — muayyan hududda aniq qishloq xoʻjaligi ekin turini yetishtirish boʻyicha vegetatsiya davrida ushbu ekin turining suvga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun talab etiladigan ilmiy asoslangan miqdordagi suv hajmi bilan taʼminlanganlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq ball-boniteti — qishloq xoʻjaligi ekinlari agrotexnikasi oʻrtacha darajada boʻlganda, tuproq sifati hamda tabiiy unumdorlik quvvatiga beriladigan qiyosiy baho;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq unumdorligi — tuproqning oʻsimliklar oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni taʼminlash qobiliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hosildorlik — bir gektar maydondagi qishloq xoʻjaligi ekinidan olinadigan yalpi hosil koʻrsatkichi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning tabiiy iqlim sharoitlari — muayyan hududning geografik joylashuviga muvofiq ob-havoning koʻp yillik statistik tahlili boʻyicha iqlim tavsiflari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish quyidagi asosiy mezonlarga asoslanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hududning tabiiy-iqlim sharoiti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik joylashgan oʻrni, geomorfolik-litologik tuzilishi, gidrogeologik va iqlim sharoitlari, tuproq unumdorligi (ball-boniteti) va meliorativ holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali harorat yigʻindisi, yogʻingarchilik miqdori, gidromeliorativ tizimlari va yer osti suvlarining holati, sovuq va qurgʻoqchilik davrining boshlanish ehtimoli, suv va shamol eroziyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻsish davri davomiyligining muayyan hudud uchun mosligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hududning zarur resurslar bilan taʼminlanganligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish (ishlab chiqarish) imkoniyati boʻlgan yer maydonlarining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarining suv, zarur qishloq xoʻjaligi texnikalari va mehnat resurslari bilan taʼminlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan bir qishloq xoʻjaligi ekin turining hosildorligini oshirish uchun alohida imkoniyatlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yetishtiriladigan mahsulotga ichki va tashqi bozordagi talab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetishtiriladgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ichki bozor ehtiyojini qondirish darajasi va tashqi bozordagi talabi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalar, agroklaster (kooperatsiya)larning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha takliflari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda bir turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirishga ixtisoslashtirishga eʼtibor qaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv tanqis boʻlgan hududlarda suvni kam talab qiluvchi, suvsizlikka chidamli va suv toʻplash xususiyatiga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekin turlari boʻyicha yetishtiriladigan yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmlarining prognoz koʻrsatkichlarini belgilash.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirishda davlat boshqaruvi organlarining vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirishda qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning taklifi bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari isteʼmolchilarining talabini tahlil qiladi va muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlarining navlar boʻyicha joylashtirilishini, konturlar boʻyicha ekin turlari toʻliq ekilishini, belgilangan agrotexnik tadbirlar oʻtkazilishini, mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻi-moylash materiallari va boshqa moddiy-texnika resurslarining qishloq xoʻjaligi yelaridan foydalanuvchilarga belgilangan tartibda yetkazib berilishi monitoringini yuritadi va ularning natijalari boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer hisoboti boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtiriladigan yer maydonlarini tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtiriladigan maydonlarning chegaralari va yerdan foydalanuvchilar kesimidagi xaritalarni tuman (Quvasoy shahar) hokimliklariga va tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlariga taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtiradi hamda ekin maydonlarining joylashgan chegaralari boʻyicha tuproq ball-boniteti toʻgʻriligini va ishonchliligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, yer hisoboti, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish uchun yer maydonlari va ularning foydalanuvchilari kesimidagi xaritalar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan elektron shaklda ishlab chiqiladi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi har bir hudud (kontur) boʻyicha ekin maydonlarining meliorativ holati va suv bilan taʼminlash imkoniyatlari toʻgʻrisidagi obyektiv maʼlumotlarni shakllantiradi hamda “CropAgro” ATga joylashtiradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ichki va tashqi bozor talablarini inobatga olgan holda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik prognoz hajmlarini tumanlar kesimida shakllantiradi va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi bozorlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va undan qayta ishlangan tayyor mahsulotlar marketingini olib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi bozorlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari turlari boʻyicha savdo aylanmasi va hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlatlar kesimida shakllantiradi va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda ekinlarni oqilona joylashtirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekinlarni joylashtirishda hududning oziq-ovqat xavfsizligi va eksport imkoniyatlari toʻliq hisobga olinishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslaridan samarali foydalanish holatini muntazam oʻrganib boradi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlarining oqilona joylashtirilishi va unga muvofiq toʻliq ekilishi hamda agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda har chorak yakunlari boʻyicha maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga taqdim etib boradi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish ishlari ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi oxirgi uch yillik statistik maʼlumotlarga asoslangan holda xorijiy davlatlar kesimida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining aniq turlarini eksport qilish talablari va hajmlari toʻgʻrisidagi takliflarni har yili aprel oyida Qishloq xoʻjaligi vazirligiga takdim etadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari har yili 1-iyulga qadar qishloq xoʻjaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish boʻyicha qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning takliflarini “CropAgro” AT orqali qabul qiladi;
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning takliflari tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari, irrigatsiya boʻlimlari hamda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning ekinlarni mustaqil joylashtirish boʻyicha takliflari ularning ixtisoslashuviga mosligi, ekin turlari boʻyicha kontur yaxlitligi taʼminlanganligi, suv bilan taʼminlanganli darajasi, oxirgi 3 yilda olingan hosildorligi va oʻtmishdosh ekin turlariga mosligi tahlil qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishda tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlaridan ekin maydonlarining suv bilan taʼminlanganlik darajasi toʻgʻrisida xulosa olinadi va “CropAgro” ATga joylashtiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi tuman va fermerlar kesimida kiritilgan ekinlarni joylashtirish takliflarini uch ish kunida “CropAgro” ATda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi, bu haqida tizimda avtomatik tarzda maʼlumotnoma shakllantiriladi. Quyidagi hollarda takliflar rad etilishi mumkin:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
takliflar qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tamoyillari va mezonlariga muvofiq boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontur yaxlitligi taʼminlanmaganda va yer uchastkalari konturlari kesimidagi maʼlumotlar toʻliq boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport talablariga muvofiq katta hajmdagi qishloq xoʻjaligi ekinlarining muayyan turini yetishtirish talab etilganda va eksport qiluvchi uni xarid qilish uchun rasmiy ravishda kafolat berganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi bu haqida uch kun ichida rad etish sabablarini “CropAgro” ATga joylashtiradi va foydalanuvchilarni tizim orqali xabardor qiladi;
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning takliflarini boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilar 3 kunda rad etish sabablarini bartaraf etgan holda, qaytadan taklif kiritishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdaverloyiha” institutining hududiy boʻlinmasi tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning takliflarini umumlashtirish asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarini konturlar kesimida joylashtiradi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari irrigatsiya boʻlimlari, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ekinlarining konturlar kesimida joylashtirilishini koʻrib chiqadi, zarur hollarda qoʻshimcha va toʻldirishlar kiritadi hamda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdaverloyiha” institutining hududiy boʻlinmasi tomonidan hudud (massiv)ning sugʻoriladigan va lalmi yerlarida 1:10000 miqyosdagi xaritaga har bir ekin turi tegishli shartli belgilar asosida tushiriladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning ekin maydonlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari konturlar kesimida hudud (massiv)ning sugʻoriladigan va lalmi yerlarida 1:10000 miqyosdagi xaritaga tushirilgan ekinlarni joylashtirish natijalari tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda “Oʻzdaverloyiha” institutining hududiy boʻlinmasi masʼul xodimi tomonidan imzolanadi.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda yer maydonlarining ball-boniteti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarining tuproq ball-bonitetiga nisbatan belgilangan normativ hosildorligidan kelib chiqqan holda qishloq xoʻjaligi ekinlaridan yetishiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari prognoz koʻrsatkichlarini belgilaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda 5 ish kunida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirish prognoz koʻrsatkichlari toʻgʻrisida tuman (Quvasoy shahar) hokimining qarori loyihasini ishlab chiqadi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihaga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, mahsulot yetishtirish prognoz hajmlari, shuningdek, hudud (massiv)larning ekinlarni joylashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan 1:10000 miqyosdagi xarita elektron va qogʻoz shaklida ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish natijalari boʻyicha tegishli qarorni 5 ish kunida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimi — “E-qaror” orqali qabul qiladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdaverloyiha” instituti va uning hududiy boʻlinmalari 10 ish kunida har bir qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning konturlar kesimida joylashtirilgan ekin turlari va maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasini yaratadi, shuningdek, ekinlar ekilishi va holatining doimiy monitoringini yuritishda qulaylik yaratish maqsadida “elektron xarita”ga tushiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha qabul qilgan qaror nusxasini har yili 1-iyunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili 20-avgustga qadar tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklarining kelgusi yil hosili uchun sugʻoriladigan va lalmi yerlarga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlarini umumlashtirgan holda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklarining kelgusi yil hosili uchun sugʻoriladigan va lalmi yerlarga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlari yuzasidan quyidagi tadbirlarni muntazam oʻrganib boradi, jumladan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekin turi joylashtirilgan maydon (kontur)larda belgilangan ekin turlarini yetishtirishga rioya qilinishi va agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlarini almashlab ekish sxemalariga rioya qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv tanqis hududlarda suv tejovchi zamonaviy texnologiyalar (tomchilatib va suv tejovchi boshqa texnologiyalar) keng joriy etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning eksport boʻyicha tuzilgan shartnomalar inobatga olingan holda joylashtirilgan qishloq xoʻjaligi ekin turlarining ekilishini.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tuman (Quvasoy shahar) hokimlarining qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha qarorlarini umumlashtirgan holda, kelgusi yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz koʻrsatkichlarini www.agro.uz sayti va hududlarning qishloq xoʻjaligi geoportallarida eʼlon qiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish natijalari monitoringini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish natijalari monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan yuritiladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu tadbir geoaxborot tizimlari, masofadan zondlash, kosmik va spektorli tasvirlar va boshqa innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar boʻladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish ishlarini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi kadastr raqami, foydalanuvchisi, kontur raqami, chegaralari, yer turi va geografik joylashuvi, maydoni (gektarda) va boshqa maʼlumotlarni integratsiya orqali taqdim etadi.

Doimiy

2-bosqich

“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ

“CropAgro” ATda maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, ishlov berish, foydalanuvchilarni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, hisobotlarni avtomatik shakllantirish, inson omilini qisqartirish boʻyicha dasturiy yechimlarni joriy etadi va takomillashtirib boradi.

Doimiy

3-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ekin maydonlarining meliorativ holati va suv bilan taʼminlash imkoniyati toʻgʻrisida;

ichki va tashqi bozordagi talablarni inobatga olgan holda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini turlari boʻyicha ishlab chiqarishning yillik prognoz hajmlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.

Har yili 1-mayga qadar

4-bosqich

Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilar

“CropAgro” AT orqali qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha takliflarni tuman (Quvasoy shahar) hokimligiga kiritadi.

Har yili 1-iyulga qadar

5-bosqich

Tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari

Takliflarni tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi, irrigatsiya boʻlimi, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.

Uch ish kunida

6-bosqich

“Oʻzdaverloyiha” institutining hududiy boʻlinmalari

Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan birgalikda takliflarni umumlashtiradi, “CropAgro” ATda qishloq xoʻjaligi ekinlarini konturlar kesimida joylashtiradi.

Har bir ekin turini tegishli shartli belgilar asosida 1:10000 miqyosdagi xaritalarga tushiradi.

Besh ish kunida

7-bosqich

Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi,

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Irrigatsiya boʻlimi va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti,

“Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi

Qishloq xoʻjaligi ekinlarining konturlar kesimida joylashtirilishini koʻrib chiqadi, zarur hollarda qoʻshimcha va toʻldirishlar kiritadi hamda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

Ikki ish kunida

8-bosqich

Tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish natijalari boʻyicha tegishli qarorni mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimi — “E-qaror” orqali qabul qiladi.

Besh ish kunida

9-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklarining kelgusi yil hosili uchun sugʻoriladigan va lalmi maydonlarga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlarini umumlashtirgan holda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.

Har yili 20-avgustga qadar

10-bosqich

“Oʻzdaverloyiha” instituti va uning hududiy boʻlinmalari

Ekinlarning ekilishi va holati monitoringini yuritadi.

Doimiy

11-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Tuman (Quvasoy shahar) hokimlarining qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha qarorlarini umumlashtirgan holda, kelgusi yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz koʻrsatkichlarini www.agro.uz sayti va hududlarning qishloq xoʻjaligi geoportallarida eʼlon qiladi.

Har yili 10-sentabrga qadar

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/505/1209-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son; 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son; 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)