06.03.1997 yildagi 125-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.04.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻZAGROSUGʻURTA” DAVLAT-AKSIYADORLIK SUGʻURTA KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasini tashkil qilish toʻgʻrisida” 1997-yil 25-fevraldagi PF-1713-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari, korxonalar va qishloq joylarida yashovchi aholi mulkiy manfaatlarining sugʻurta himoyasi “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklarning kreditlari qaytarilmaganligi uchun qishloq xoʻjaligi korxonalarining javobgarligini sugʻurta qilish, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun avans tariqasida beriladigan mablagʻlarning qaytarilishi sugʻurtasining va fyuchers kontraktlari boʻyicha 1 va 2-ilovalarga muvofiq hamda sugʻurta taraflarining miqdorlari: banklarning kreditlari qaytarilmaganligi uchun qishloq xoʻjaligi korxonalarining javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha 2,5% miqdorda va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun avans tariqasida beriladigan va fyuchers kontraktlar boʻyicha beriladigan mablagʻlarning sugʻurtasi sugʻurta summasining 1 foizi miqdorida boʻlgan sxemalarga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi, Moliya vazirligi, “Paxta-bank”, “Gʻalla-bank” va “Mevasabzavotbank” bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda xoʻjalikning moliyaviy ahvoli va toʻlov qobiliyati toʻgʻrisida har yili ortib boruvchi yakuniy maʼlumotlar bilan toʻldirib boriladigan xoʻjalik pasportining namunaviy shaklini ishlab chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda, pasportning koʻrsatib oʻtilgan namunaviy shakliga muvofiq, xoʻjaliklarni yalpi xatlashdan oʻtkazsinlar, kompaniyaning sugʻurta polisini va bank kreditini olishga daʼvogar boʻlish mumkin boʻlgan xoʻjaliklar roʻyxatini aniqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi tizimi xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun kompaniya rahbariyatidan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Markaziy banki vakillaridan iborat tarkibda Komissiya tuzilsin. Attestatsiya uch oy muddatda tugallansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaga xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish yakunlari boʻyicha ularni kompaniya tizimida ishga joylashtirish yoki buni rad etish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi bir oy muddatda taʼsis majlisini oʻtkazsin va oʻz faoliyati Ustavini belgilangan tartibda qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasini ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasiga va uning mahalliy boʻlinmalariga Davlat sugʻurtasi bosh boshqarmasi va uning tarkibiy boʻlinmalari egallab turgan xizmat binolari biriktirib qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uning sugʻurta jamgʻarmasini toʻldirish uchun 1998-yildan boshlab mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat sugʻurta organlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 31-dekabrdagi 605-son;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jamoa, davlat xoʻjaliklari va boshqa davlat qishloq xoʻjalik korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” 1993-yil 23-dekabrdagi 608-son;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 23-dekabrdagi 608-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1995-yil 4-apreldagi 116-son;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq xoʻjaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sugʻurtasiga doir sugʻurta toʻlovlari stavkalari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1995-yil 21-avgustdagi 329-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 6-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1997-yil 6-martdagi 125-son qaroriga
1-ILOVA
(ilovaning raqami Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq oʻzgartirilgan— OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan banklarning kreditlari qaytarilmasligi tavakkalchiligini sugʻurta qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan banklarning kreditlari qaytarilmasligi tavakkalchiligini sugʻurta qilish boʻyicha operatsiyalarning izchilligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xoʻjaligi korxonasi olinadigan kreditning texnik-iqtisodiy asoslanishi ilova qilingan holda kredit berish toʻgʻrisida bankka ariza beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bank qishloq xoʻjaligi korxonasi bilan kredit shartnomasini, shuningdek, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyat hokimliklari adliya boshqarmalarida amalga oshiriladigan likvidli mol-mulkning garov shartnomasini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xoʻjaligi korxonasi hujjatlar turkumi (kredit shartnomasi, oldingi davr uchun buxgalteriya balansi, kredit summasidan foydalanish boʻyicha shartnomalar, kontraktlar va boshqalarni)ni “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi boʻlimiga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyasi boʻlimi kredit shartnomasini koʻrib chiqadi, kreditdan foydalanish maqsadini, qishloq xoʻjaligi korxonasining pasportiga muvofiq uning moliyaviy ahvolini oʻrganadi hamda qishloq xoʻjaligi korxonasi bilan bankning kreditini qaytarmaslik tavakkalchiligi shartnomasini, shuningdek, garovga qoʻyilgan mol-mulkning sugʻurta shartnomasini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qishloq xoʻjaligi korxonasi sugʻurta shartnomasi asosida “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyasi boʻlimi schyotiga hisoblar chiqilgan sugʻurta toʻlovlari summasini oʻtkazadi. Sugʻurta shartnomasi tuzilgan kunda xoʻjalikda mablagʻ mavjud boʻlmagan taqdirda bank hisoblab chiqilgan sugʻurta toʻlovlarini kredit summasidan ushlab qoladi va ularni uch kun ichida kompaniya boʻlinmasi schyotiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyasi boʻlimi qishloq xoʻjaligi korxonasiga sugʻurta polisi, shuningdek, kredit berilishi kerak boʻlgan loyiha yuzasidan xulosa beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bank qishloq xoʻjaligi korxonasiga kredit beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kredit yoki uning bir qismi qaytarilmagan taqdirda bank va qishloq xoʻjaligi korxonasi “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyasi boʻlimiga sugʻurtalash boshlanganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bank kreditni garovga qoʻyilgan mol-mulkdan undiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyasi boʻlimi bankka garovga qoʻyilgan mol-mulk bilan taʼminlanmagan qismi uchun sugʻurta qoplamasi toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sugʻurta qoplamasi toʻlangandan keyin toʻlangan qoplama doirasida qishloq xoʻjaligi korxonasining qarzini undirish huquqi “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyasi boʻlimiga oʻtadi va boʻlim qarzni undirishni Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1997-yil 6-martdagi 125-son qaroriga
2-ILOVA
(ilovaning raqami Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq oʻzgartirilgan— OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish ishlarini oʻtkazish uchun va fyuchers kontraktlari boʻyicha avans tariqasida beriladigan mablagʻlar qaytarilishini sugʻurtalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish ishlarini oʻtkazish uchun va fyuchers kontraktlari boʻyicha avans tariqasida beriladigan mablagʻlar qaytarilishini sugʻurtalash operatsiyalarining izchilligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi boʻlinmalari kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun qishloq xoʻjaligi korxonalariga beriladigan avans summasini belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi boʻlinmalari avans toʻlovlari oluvchi xoʻjaliklar bilan haridorgir mol-mulkni garovga qoʻyish shartnomalarini tuzadilar, ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar hokimliklarining adliya boshqarmalarida davlat roʻyxatidan oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi boʻlinmalari avans tariqasida berilgan mablagʻlarni toʻlamaslik tavakkalchiligini sugʻurtalash shartnomasi tuzish toʻgʻrisida “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyasi boʻlimlariga murojaat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 4a. “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyasi boʻlimlari hujjatlar paketi (avans tariqasida beriladigan ssuda mablagʻlari berish shartnomalari va ularga ilovalar)ni, qishloq xoʻjaligi korxonasining moliyaviy ahvolini uning pasportiga muvofiq holda koʻrib chiqadilar va “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi boʻlinmalari bilan avans tariqasida berilgan mablagʻlarning sugʻurtalanishi shartnomalarini, qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan esa garovga qoʻyilgan mol-mulkni sugʻurtalash shartnomalarini tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi boʻlinmalari shartnoma asosida hisoblab chiqilgan sugʻurta toʻlovlari summasini “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyasi boʻlimlari schyotiga oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyasi boʻlimlari “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi boʻlinmalariga sugʻurta polisini beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi boʻlinmalari qishloq xoʻjaligi korxonalariga avans beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qishloq xoʻjaligi korxonasi mahsulot yetishtiradi va uni “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi boʻlinmalariga sotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Avans tariqasida berilgan summa yoki uning bir qismi toʻlanmay qolgan hollarda “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi yoki “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi boʻlinmalari bu haqda sabablari koʻrsatilgan holda, “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyasi boʻlimlariga xabar qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi yoki “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi boʻlinmalari garovga qoʻyilgan mol-mulkni undirish uchun murojaat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyasining boʻlimlari garovga qoʻyilgan mol-mulk bilan taʼminlanmagan qismidagi sugʻurta toʻlovi summasini “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi yoki “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi boʻlimlari schyotiga oʻtkazadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 25-martdagi 132-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)