10.08.2020 yildagi 471-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.08.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Papenburg Uzbekistan” Oʻzbekiston-Germaniya qoʻshma korxonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) va “GP Gunter Papenburg AG” kompaniyasi (Germaniya) oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl qurilishi uchun asfalt-beton qorishmalar, tayyor beton buyumlar ishlab chiqarish, shuningdek, Germaniya texnologiyalari va asbob-uskunalarini qoʻllagan holda, qurilish-montaj ishlarini bajarish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Papenburg Uzbekistan” qoʻshma korxonasini (keyingi oʻrinlarda — “Papenburg Uzbekistan” MChJ) tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Papenburg Uzbekistan” MChJ ustav fondi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30 foizi — Qoʻmita tarkibidagi “Transyoʻlqurilish” DUKning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha oʻtkazilgan 1 714 286 yevro ekvivalentidagi pul mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70 foizi — “GP Gunter Papenburg AG” (Germaniya)ning “Papenburg International GmbH” kompaniyasi bir yil davomida oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan kamida 4,0 mln yevro miqdoridagi toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyasi hisobiga shakllantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda “Papenburg Uzbekistan” MChJ bilan Qoʻmita tarkibidagi “Toshkent koʻpriklardan foydalanish” unitar korxonaning Toshkent shahri, Bektemir tumani, Porloq koʻchasi 14-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari hududidan foydalanilmayotgan 6,1 ga yer maydoni va undagi bino-inshootlarni (keyingi oʻrinlarda — obyekt) “nol” xarid qiymatida sotish boʻyicha imzolangan kelishuv bitimi doirasida investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda shartnoma tuzsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoʻmitaga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda “Papenburg Uzbekistan” MChJning Oʻzbekiston tomonidan ishtirokchisini oʻzgartirish boʻyicha jamiyat boshqaruv organiga taklif kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Papenburg Uzbekistan” MChJga istisno tariqasida, asfalt-beton qorishmalar va beton buyumlar ishlab chiqarishda foydalanish maqsadida Chirchiq daryosi irmoqlari uchastkasini tozalashda qum-shagʻal materiallari qazib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasi bilan (Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining bayonnomasi bilan tasdiqlangan) toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qoʻmitaning buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga jalb kilinadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga (eri/xotini va voyaga yetmagan bolalariga) kirish vizalarini rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoʻmitaning buyurtmanomalariga binoan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha roʻyxatga olinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Papenburg Uzbekistan” MChJ buyurtmanomalariga binoan xorijdan (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida boʻlmagan) ishchi kuchini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnomalar bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 10-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
471-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/471/1150-son, 15.09.2020-y., 09/20/551/1277-son)