26.04.2017 yildagi PQ-2931-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasi orqali oʻtadigan “Oq oltin” va “Malik” nazorat oʻtkazish punktlari ochilishi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbek — qozoq Davlat chegarasini kesib oʻtayotgan tomonlarning fuqarolari uchun qulay sharoitlar yaratish hamda 2006-yil 4-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida oʻzbek — qozoq Davlat chegarasidagi nazorat oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida”gi Bitimga Protokolga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Protokolga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2017-yil 15-maydan boshlab Oʻzbekiston — Qozogʻiston Davlat chegarasida “Oq oltin” va “Malik” avtomobil nazorat oʻtkazish punktlari faoliyati yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oq oltin” va “Malik” nazorat oʻtkazish punktlaridan faqat yengil avtotransport vositalari harakati uchun foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan nazorat oʻtkazish punktlari orqali tijorat maqsadlarida yuk va tovarlarni oʻtkazish amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oq oltin” va “Malik” nazorat oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, veterinariya va fitosanitariya nazoratini tashkil etish maqsadida quyidagi qoʻshimcha shtat birliklari ajratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga — 14 birlik (shundan 8 nafari veterinariya va 6 nafari fitosanitariya xodimlari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi “Oq oltin” va “Malik” nazorat oʻtkazish punktlarida bojxona va sanitariya-karantin nazorati mavjud shtat xodimlari va ichki zaxiralar hisobidan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining qoʻshimcha shtat birliklarini saqlash joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2017-yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qozogʻiston yoʻnalishida tranzit maqsadlaridan tashqari harakatlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda mazkur nazorat oʻtkazish punktlaridan oʻtuvchi Qozogʻiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan chegara nazorati amaldagi qonunchilik va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qozogʻiston Respublikasi Janubiy Qozogʻiston viloyati Maxtaaral tumani hududi orqali toʻxtovsiz tranzit tartibida harakatlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oddiylashtirilgan tartibda, chegara belgilarini qoʻymasdan oʻtkaziladi. Shu bilan birga shaxsni tasdiqlovchi va Davlat chegarasini kesib oʻtish huquqini beruvchi hujjatlar majburiy tartibda tekshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan nazorat oʻtkazish punktlarida bojxona nazorati yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi toʻldirilmasdan, transport vositalari roʻyxatga olinmasdan va bojxona koʻrigi oʻtkazilmasdan, olib oʻtilayotgan transport vositalarining vizual koʻrigi majburiy taʼminlangan holda soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan nazorat oʻtkazish punktlari orqali soddalashtirilgan tartibda harakatlanayotgan jismoniy shaxslar bojxona qonunchiligi talablariga rioya qilish majburiyatidan ozod etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining asoslangan hisob-kitoblari asosida qoʻshimcha shtat birliklarini saqlash uchun zarur budjet ajratmalarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda, Qozogʻiston Respublikasi chegara-bojxona organlari bilan kelishilgan holda, nazorat oʻtkazish punktlari ish rejimini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Oq oltin” va “Malik” nazorat oʻtkazish punktlarining muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oq oltin” va “Malik” nazorat oʻtkazish punktlari oldida chegarani kesib oʻtayotgan shaxslar va transport vositalari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun ichki ishlar organlari postlarini joylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilangan tartibda koʻrsatilgan nazorat oʻtkazish punktlarida tegishli nazorat turlarini amalga oshirilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda “Oq oltin” va “Malik” nazorat oʻtkazish punktlarining muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun tegishli kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oq oltin” va “Malik” nazorat oʻtkazish punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa kanallari bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sirdaryo viloyati hokimligi “Oq oltin” va “Malik” nazorat oʻtkazish punktlariga tutash hududni obodonlashtirish, ularni uzluksiz elektr energiyasi, ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarordan kelib chiqadigan qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasiga, vaziyatdan kelib chiqib hamda oʻzbek — qozoq Davlat chegarasidagi chegara punktlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim qoidalariga muvofiq, Qozogʻiston Respublikasining vakolatli organlari bilan kelishilgan holda ushbu nazorat oʻtkazish punktlari orqali shaxslar va transport vositalarini oʻtkazish tartibiga tegishli oʻzgartishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu qaror ijrosi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 26-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2931-son