28.08.1992 yildagi 401-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.08.1992 yildagi 401-son
Kuchga kirish sanasi
28.08.1992
Hujjat 28.06.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBINING TASVIRINI TAYYORLASH VA UNDAN FOYDALANISH MASALALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Qonunini amalga kiritish haqida” 1992-yil 2-iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirini tayyorlash va uni koʻplab chiqarish Tartibi 1-ilovaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrlarni va hujjatlar blankalarini tayyorlash, ulardan foydalanish, saqlash va yoʻq qilish Tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Davlat gerbi tasviri tushirilgan pechatlarni va hujjatlarning blankalarini tayyorlash, saqlash va yoʻqotib tashlash Tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1981-yil 18-sentabrdagi 751-son va “Oʻzbekiston SSR Davlat gerbi tasviridan foydalanish Tartibi haqida” 1981-yil 21-sentabrdagi 754-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 28-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
401-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-avgustdagi 401-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirini tayyorlash va uni koʻplab chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasvirini metalldan, gipsdan va boshqa materiallardan quyish, shuningdek, gerbning yogʻochdagi gravyurasini, hajmli shakllarini boshqa texnikada oʻyish va tayyorlash ushbu tasvirning badiiy qiymatini taʼminlash va uning tasdiqlangan etalonga toʻliq muvofiq boʻlishi sharti bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli, grafik va hajmli tasvirining reproduksiyasi, uning hajmlaridan qatʼi nazar, har doim “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida tasdiqlangan gerbning rangli, qora-oq va hajmli tasviri etalonlariga mos boʻlishi kerak.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami,2002-y., 11-12-son, 97-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbini koʻplab chiqarishni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tegishli tasvirini muhrlarda, muassasalarning blankalarida, maqtov va faxriy yorliqlarda, diplomlarda, guvohnomalarda va shu muassasalarning boshqa rasmiy hujjatlarida foydalanish huquqi berilgan barcha muassasalar amalga oshirishlari mumkin. Bu muassasalarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tegishli tasvirini maʼmuriy binolarni bezash va shu binolarning peshtoqidagi axborot yozuvlariga tushirishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviridan vimpellarda, xalqalarda, nishonlarda, shuningdek, binolar va vitrinalarni bezashda dekorativ maqsadlarda foydalanilishi mumkin. Buning uchun mazkur buyumlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan, binolar va vitrinalarni jihozlash esa tegishli hokimliklar tomonidan maʼqullangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi gerbining tasvirini tushirishda yoki uni koʻplab chiqarayotganda unga hurmatsizlik bilan munosabatda boʻlishga yoʻl qoʻyilmaydigan sharoit yaratilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirini tayyorlash hamda uni koʻplab chiqarish Tartibiga rioya etilishi uchun masʼuliyat tegishli davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonunning va mazkur Tartibning aniq bajarilishini kuzatib borish hokimliklar zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-avgustdagi 401-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrlar va hujjatlar blankalari tayyorlash, foydalanish, saqlash va yoʻq qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrlardan Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi, uning Rayosati, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va uning devoni, Vazirlar Mahkamasi, respublika Oliy Kengashining qoʻmitalari, komissiyalari va Kotibiyati, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari va davlat qoʻmitalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va Vazirlar Mahkamasi tasarrufidagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, Oʻzbekiston Respublikasining sudlari va hakamlik sudlari, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovlarini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining prokuratura organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlari, davlat notarial kontoralari, banklari muassasalari va tashkilotlari, barcha darajalardagi davlat ilmiy va oʻquv yurtlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan muhrlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasvirini tushirish huquqi berilgan respublika va mahalliy boʻysunuvdagi boshqa davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ixtiyorida boʻlmagan va mulkchilikning aralash shakllariga asoslangan jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrlardan, hujjatlar blankalari va burchaklari tamgʻalardan foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhr diametri 40—45 millimetrli dumaloq shakldagi metall, polimer yoki kauchuk buyumdan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doira oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, muhrning aylanasiga esa vazirlikning, idoraning (markaziy muassasaning) nomi, soʻngra bosh boshqarmaning (boshqarmaning) nomi va muassasa, korxona, tashkilotning nomi yoziladi. Har bir rekvizit avval davlat tilida, soʻngra esa rus tilida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining muhrdagi tasviri “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida” 1992-yil 2-iyuldagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida bayon etilgan tasvirga qatʼiy mos boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhr shtempel-oʻymakorlik korxonalari tomonidan, muassasalar, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalari boʻyicha tayyorlanadi, bunda tasdiqlangan namunalar (eskizlar) va ichki ishlar organlarining muhrni tayyorlash uchun ruxsatnomasi albatta ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrni tayyorlashga ruxsat olish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, prokuraturalar, sudlar, davlat notarial kontoralari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasvirini muhrlarga tushirish huquqi berilgan respublika va mahalliy boʻysunuvdagi boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar iltimosnoma bilan birga quyidagilarni ham taqdim etadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhr tayyorlash uchun dastlabki buyurtma berilayotganda — ularning yuqori tashkilot tomonidan imzolangan ikki nusxadagi namunalari (eskizlari), shuningdek, ustavdan, nizomdan, buyruqdan yoki bunday muhrlardan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlardan koʻchirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona, muassasa, tashkilot, ilmiy va oʻquv yurtlarining nomi oʻzgarishi munosabati bilan muhr tayyorlash uchun buyurtma berilayotganda ularning rahbarlari tomonidan imzolangan ikki nusxadagi muhr namunalari (eskizlari) va yuqori tashkilotning nomni oʻzgartirish haqidagi ustavi, nizomi, qarori, buyrugʻi yoki farmoyishidan koʻchirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhrlar eskirganligi munosabati bilan ularni tayyorlash uchun buyurtma berilayotganda — mazkur korxona, muassasa, tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan ikki nusxadagi muhr namunasi (eskizlari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Metall, polimer yoki kauchuk muhrlarning namunalari (eskizlari) alohida-alohida topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Muassasalar, korxonalar va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan faqat bir nusxadagi polimer, kauchuk yoki metall muhrga ega boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan “2” raqamli qoʻshimcha muhr ichki ishlar organlari ruxsati bilan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirib tayyorlangan muhrni berish, uni saqlash va shtempel-oʻymakorlik korxonasi tomonidan yaroqsiz holda ishlab chiqarilgan muhrni yoʻq qilib tashlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhr uning aks ettirilishi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida maxsus nazarda tutilgan hujjatlarga, shuningdek, muhim maʼlumotlar yozilgan boshqa hujjatlarga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrdan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan hujjatlar blankalaridan qonuniy foydalanish uchun va ularni saqlash tartibiga rioya etilishi uchun masʼuliyat organ yoki muassasa, korxona, tashkilot rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Organ yoki muassasa rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrni va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan hujjatlar blankalarini saqlash, shuningdek, ulardan foydalanish uchun masʼuliyatni, zarur hollarda, oʻz buyrugʻi bilan oʻziga boʻysunuvchi xodimlardan biri zimmasiga yuklashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Organ yoki muassasa rahbari almashganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhr va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan hujjatlar blankalari dalolatnoma boʻyicha yangi tayinlangan yoki saylangan rahbarga dalolatnoma boʻyicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrlar va blankalar yonmaydigan metall shkafda yoki seyfda saqlanadi va maxsus daftarda hisobga olinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrni saqlash uchun masʼul mansabdor shaxslar uning buzilishiga yoki yoʻqolishiga yoʻl qoʻymaslikka majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhr yoʻqolgan taqdirda organ yoki muassasa, korxona, tashkilot rahbari uni topish chora-tadbirlarini koʻrishga, shuningdek, bu haqda darhol ichki ishlar organlariga xabar berishga va matbuotda eʼlon qilishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan yoʻqolgan muhr oʻrniga yangisini tayyorlab berishga ruxsat umumiy asoslarda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan yoʻqolgan muhr oʻrniga tayyorlab berilgan muhr matnida “D” (dublikat) harfi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrlardan foydalanishga ehtiyoj qolmaganda, shuningdek, buzilgan yoki yaroqsiz holga kelganda yoʻq qilish uchun ichki ishlar organlariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan hujjatlar blankalari tashkiliy-farmoyish hujjatlari andazalariga muvofiq ravishda organlar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan tayyorlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-yil, 8-son, 26-modda; 2002-y., 6-son, 36-modda; 2005-y., 27-son, 191-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda)