23.07.2020 yildagi PF-6033-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.07.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada vinochilik sohasini jadal rivojlantirish, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish sohasida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish, ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish, alkogol mahsulotlari noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi negizida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda ― Agentlik);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi negizida Agentlikning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, shuningdek sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vinochilik xom ashyo bazasini mustahkamlashga va sanoatbop tokzorlar plantatsiyalarini kengaytirishga, vinochilik korxonalarini kompleks modernizatsiyalashga, zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etishga hamda vinochilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy vino tayyorlovchilarning xalqaro miqyosda raqobatbardoshligi va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek sohaga investitsiyalarni jalb etishda uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek vinolarining milliy brendini yaratish va uni jahon bozorlarida keng targʻib qilish tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning aylanmasi hajmlarini, shu jumladan zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish orqali monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarga rioya etilishi hamda saqlanish sifatini, shu jumladan ularni ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan xomashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchilar tomonidan litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogol va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun korxonalar oʻrtasida isteʼmol etil spirtini belgilangan tartibda taqsimlash boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining quyidagi vazifa va funksiyalari Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga oʻtkazilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzumning xoʻraki va kishmishbop navlari plantatsiyalarini kengaytirish, uzumchilikni jadal rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzumchilik korxonalarini kompleks modernizatsiyalashga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy va mahalliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tarmoqning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilish orqali uzumchilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uzum plantatsiyalarining elektron reyestrini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan yangi uzum plantatsiyalarini yaratish uchun quyidagi maqsadlarda subsidiyalar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda ajratilishi belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻraki va kishmishbop uzum plantatsiyalarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻraki va kishmishbop uzum tokzorlarida irrigatsiya tadbirlarini oʻtkazish, jumladan suv yetkazib berish, artezian quduqlar, quvurlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos stansiyalari qurish, suv saqlash uchun sigʻimlar sotib olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratilishi belgilangan subsidiyalarning tegishli qismini 2020-yil 1-avgustdan boshlab Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining 2020-yil 21-iyul holatiga mablagʻlari qoldigʻini qishloq xoʻjaligi sohasidagi investitsiya loyihalarining soʻzsiz amalga oshirilishini taʼminlashni hisobga olgan holda Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi oʻrtasida taqsimlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2020-yil 1-avgustdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish, shuningdek umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish huquqiga ruxsat beruvchi guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yoʻnalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) realizatsiya qilingan tabiiy vino (qadoqlangandan tashqari) mahsulotlariga nol darajali stavka boʻyicha aksiz soligʻi solinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchilar isteʼmol etil spirtining 50 foiz haqini oldindan toʻlash shartlarida realizatsiya qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.A. Abduxakimov) alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga turistlarni jalb qilish uchun turoperatorlarning yoʻnalish dasturlariga korxonaga tegishli degustatsiya hududlari kiritilishini tashkillashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agentlikka 2020-yil 1-oktabrdan boshlab isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda tegishli litsenziya yoki ruxsat guvohnomalarisiz ishlab chiqilgan va sotilgan, identifikatsiya vositalari bilan markirovkalanmagan, qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud boʻlmagan alkogol va tamaki mahsulotlari haqida dalolat beruvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, maxsus vakolatli organni xabardor qilgan holda tekshirishlarni amalga oshirish vakolati berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, isteʼmol va texnik etil spirti 2021-yil 1-iyuldan boshlab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlangan hamda 2022-yil 1-yanvardan boshlab isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisoblagich oʻrnatilgan avtotransport vositalarida tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ikki oy muddatda mahalliy koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari reklamasiga quyidagi hollarda ruxsat berilishini nazarda tutuvchi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehmonxonalarda, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari savdo zalining ichki qismida hamda mahsulotlarni namoyish va degustatsiya qilish joylarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini koʻrsatgan holda ishlab chiqaruvchi va savdo korxonalarining rasmiy veb-saytlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻl va havo transporti vositalarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan 07:00 gacha namoyish qilinishiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4162-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 23-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6033-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-3358-son Farmoniga ilovada III-boʻlim 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son Farmoniga 2-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-pozitsiyaning “Nazorat qiluvchi organ” ustuni “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi” soʻzlaridan keyin “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-pozitsiyaning “Nazorat qiluvchi organ” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5656-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-2-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “Inspeksiya tomonidan” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshidagi “Inspeksiya” soʻzi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi ― oʻninchi xatboshilar tegishincha yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan isteʼmol etil spirtini Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan taqsimlangan hajmlardan ortiqcha hajmda xarid qilish mazkur Agentlikni belgilangan tartibda xabardor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matnida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “2403 99 900 9” va “3824 99 930 0, 3824 99 960 8” pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2403 99 900 9

Nagrevayemaya tabachnaya palochka, nagrevayemaya kapsula s tabakom i drugiye izdeliya, soderjashiye tabak, s analogichnim prinsipom ispolzovaniya

25 doll. SSHA/kg

2403 99 900 9

Nikotinoviy bestabachniy snyus

10 doll. SSHA/kg ****

3824 99 920 8
3824 99 960 8

Nikotinosoderjashaya jidkost (v kartridjax, rezervuarax i drugix konteynerax dlya ispolzovaniya v elektronnix sigaretax)

0,045 doll. SSHA/ml

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) izoh quyidagi mazmundagi “****” havola bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“**** Stavka naloga primenyayetsya v otnoshenii vesa netto tovara, pri etom ne uchitivayetsya ves potrebitelskoy upakovi (plastikovoy banki, kartonnoy upakovki i t.p.). V sluchaye otsutstviya na potrebitelskoy upakovke (tare) informatsii izgotovitelya o vese tovara, stavka naloga primenyayetsya k netto vesu s uchetom potrebitelskoy upakovki (tari)”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4161-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1 ― 5 va 8-9-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshida “Jamgʻarma” soʻzi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi, shuningdek, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi ― oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiyalar texnik navli uzum plantatsiyalari uchun Jamgʻarma hamda xoʻraki va kishmishbop uzum plantatsiyalari uchun Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan subsidiyalarning boshqa summalari va uzum yetishtiruvchilarni moliyalashtirishning qoʻshimcha yoʻnalishlari belgilanishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 14-band hamda qarorga 1 ― 3 ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4699-son qaroriga 5-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2.2-pozitsiyaning “Tashkilot va loyihalar nomlanishi” ustunidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 22.2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

22.2.

Oʻzbekiston Respublikasida ayrim turdagi mahsulotlarni raqamli markirovkalash va ularni kuzatish imkoniyatini taʼminlash tizimini joriy etish.

1. Alkogol va tamaki mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun raqamli markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibi boʻyicha tajriba loyihasini joriy etish

2020-yil avgust

Markirovkalash tizimi qatnashchilari va “CRPT TURON” MChJ mablagʻlari

”.

2. Tajriba loyihasi doirasida raqamli markirovkalash tizimini sinovdan oʻtkazish

2020-yil noyabr

3. Sinov natijalariga koʻra raqamli markirovkalash tizimini barcha ishlab chiqaruvchilarda joriy etish

2021-yil davomida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 227-son qarori 2-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi-uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Import qiluvchida eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol mahsulotlari mavjud boʻlganda, eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolgan kunda tayyor mahsulot qoldiqlariga yangi namunadagi aksiz markalari yangidan markalanib, tovarlardan eski namunadagi aksiz markalari olib tashlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlardan olib tashlangan aksiz markalari eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolgan kunda inventarizatsiyani oʻtkazish komissiyasi (soliq va moliya organlarining vakillari, ishlab chiqaruvchi korxonalarning xodimlaridan tashkil topadi) tomonidan kuydirish yoʻli bilan yoʻq qilinishi kerak, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi “Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllaniladigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 301-son qarori 5-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritgan chakana savdo doʻkonlaridagi qoldiq alkogol mahsulotlarini sotishga 2020-yil 1-sentabrgacha ruxsat beriladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son; 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)