Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 2-noyabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga davlat eksport krediti berish toʻgʻrisidagi Bitim maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillarining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yuborsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining oʻz majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri D.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi N.S. Otajanov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri A.A. Azizov va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi raisi A.S. Ibodullayevlarga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-yanvar,
PQ-3499-son