O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrug‘i
Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqidagi buyrug‘i, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 17-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2363-2]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 1-maydagi 72-son “Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2363, 2012-yil 14-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 20-son, 222-modda);
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 28-yanvardagi 24-son “Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2363-1, 2019-yil 27-fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2019-y., 10/19/2363-1/2683-son).
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi, Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir P.R. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-iyun,
198-son
Kelishilgan:
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
2020-yil 8-iyun
Bosh prokuror N. YO‘LDOShEV
2020-yil 8-iyun
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
2020-yil 8-iyun
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2020-y., 10/20/2363-2/1080-son)