09.07.2020 yildagi 431-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.07.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ijtimoiy taʼminotini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyat markazlari maʼmuriy chegaralariga bevosita yaqin joylashgan, bir garnizon hududiga kiruvchi tuman ahamiyatiga ega aholi yashash punktlaridagi harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilariga, ushbu shaharlar (poytaxt va viloyat markazlari) yaqinida turar joyni ijaraga olganligi (ijarada turganligi) uchun pul kompensatsiyasi, haqiqatdagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno), harbiy xizmatchi haqiqatda yashayotgan hududiy birlik uchun belgilangan miqdorlarda toʻlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 9-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
431-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/431/1048-son)