Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.05.2006 17.10.1996 yildagi 359-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.05.2006
Hujjat 17.10.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“OʻZDEUBANK” OʻZBEKISTON — KOREYA QOʻShMA BANKINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 5-maydagi 76-sonli “OʻZKDB BANK” yopiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatining ayrim tashkiliy masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “DEU Sikyuritiz” kompaniyasi, Koreyaning “Koram bank” banki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Turon” konsolidatsiya aksionerlik-tijorat bankining “OʻzDEUbank” Oʻzbekiston — Koreya qoʻshma bankini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “OʻzDEUbank”ning ustav sarmoyasi 20 mln. AQSh dollariga teng summada, shu jumladan xorijiy tomonning ulushi — 90 foiz (“DEU Sikyuritiz” — 55%, “Koram bank” — 10%, YTTB — 25%) va Oʻzbekiston tomoni ulushi — 10 foiz (Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki — 5%, “Turon” banki — 5%) miqdorida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, “OʻzDEUbank” Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “OʻzDEUbank” muassislari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyasi olingan paytgacha bankning ustav sarmoyasiga taʼsis badallari toʻlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “OʻzDEUbank” 1997-yil 31-dekabrgacha foydadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va Toshkent shahar hokimiga bankning tashkil etilishi, joylashtirilishi, faoliyat koʻrsatishi va uni malakali mutaxassislar bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “OʻzDEUbank” Oʻzbekiston — Koreya qoʻshma bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 1995-yil 27-iyundagi 238-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 17-oktabr,

359-son