19.02.2018 yildagi PQ-3540-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekgidroenergo” AJ tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik, kichik va mikrogidroelektrostansiyalarni loyihalash va qurish sohasida zamonaviy va ilmiy-texnika innovatsion yechimlarni joriy etish, shuningdek, loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini istiqbolda yaqin va uzoq xorij mamlakatlar bozorlariga olib chiqish bilan birga investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish va ularning faoliyati samaradorligini oshiruvchi “O‘zbekgidroenergo” AJ tashkilotlarining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 2-maydagi PQ-2947-sonli qaroriga muvofiq umumiy qiymati 4.0 mlrd. AKSH dollari miqdoridagi kichik va o‘rta GESlar qurilishi va modernizatsiya qilinishi bo‘yicha 74 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish nazarda tutilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zbekgidroenergo” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “O‘zbekgidroenergo” AJ va uning ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar (keyingi o‘rinlarda — “O‘zbekgidroenergo” AJ tashkilotlari) ekvivalentining umumiy miqdori 60 million AQSH dollari bo‘lgan gidroenergetikani yanada rivojlantirish va yangi yuqori voltlik elektr uzatish liniyalarini qurish bo‘yicha investitsiya loyihalarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun zamonaviy ixtisoslashtirilgan va texnologik uskunalar, asboblar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar, litsenziyali dasturiy mahsulotlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni xarid qilish orqali tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yangilash va mustahkamlash hamda investitsiya loyihalarini, shu jumladan tizimdagi korxonalar bazasida gidroagregatlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi “Turonbank” ATBga 60,0 mln. AKSH dollari ajratsin, mazkur mablag‘lar belgilangan tartibda sotilsin va kelib tushgan mablag‘lar “O‘zbekgidroenergo” AJ tashkilotlariga keyinchalik kredit liniyalarini ochish uchun bankning ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Turonbank” ATBga “O‘zbekgidroenergo” AJ tashkilotlarining buyurtmasiga ko‘ra ular tomonidan ishlab chiqilgan biznes-reja asosida va “O‘zbekgidroenergo” AJ kafilligida moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida foiz stavkasi “olti oylik LIBORga qo‘shimcha yillik 2 foiz” miqdorda, jumladan 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda 10 yil muddatgacha xorijiy valyutaga kredit liniyalarini ochish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, kredit liniyalari hisobiga “O‘zbekgidroenergo” AJ tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga oid ishlab chiqilgan biznes-rejalar “O‘zbekgidroenergo” AJnpng sohaviy ilmiy-texnika kengashida, ularni amalga oshirish doirasida tuziladigan import kontraktlari esa — belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy loyiha boshqaruv agentligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida majburiy ekspertizadan o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2020-yilning 1-martigacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan. belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan zamonaviy ixtisoslashtirilgan va texnologik uskunalar, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar, litsenziyali dasturiy mahsulotlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zbekgidroenergiya” AJ tashkilotlariga gidroenergetikani yanada rivojlantirish va yangi yuqori voltlik elektr uzatish liniyalarini qurish bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida ishlab chiqaruvchi-zavodlar, ularning rasmiy vakillari, xalqaro e’tirof etilgan yetkazib beruvchilar bilan birga tender savdolari o‘tkazmasdan zamonaviy ixtisoslashtirilgan va texnologik uskunalar, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar, litsenziyali dasturiy mahsulotlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilishga, keyinchalik belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy loyiha boshqaruv agentligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida tuzilgan shartnomalarni majburiy ekspertizadan o‘tkazish bilan birga eng yaxshi takliflarni saralab olish asosida loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zbekgidroenergiya” AJning o‘z mablag‘lari hisobiga gidroenergetika soha xodimlariga, avvalo yoshlarga kulay ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish va yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylar qurish (150 ta xonadondan kam bo‘lmagan) to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahri hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda “O‘zbekgidroenergo” AJning asoslangan buyurtmanomasiga ko‘ra ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun yer maydoni ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmurodov va “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi A.A. Sanginov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 19-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3540-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 07/20/3540/0930-son; 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son)