30.06.2020 yildagi O‘RQ-625-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.07.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 23-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 19-iyunda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 11-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahkum shaxsiy xavfsizlik huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intizomiy qismga joʻnatishga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning shaxsiy xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, u oʻz shaxsiy xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza (xabar) bilan jazoni ijro etish muassasasining yoki organining har qanday xodimiga ogʻzaki yoki yozma ravishda murojaat qilishga haqli. Mahkumning arizasini (xabarini) qabul qilgan xodim zudlik bilan uni jazoni ijro etish muassasasining yoki organining boshligʻiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkumning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi arizasi (xabari) mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi arizalarini (xabarlarini) qayd etish kitobida jazoni ijro etish muassasasining yoki organining masʼul shaxsi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshligʻi shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani (xabarni) olgandan soʻng mahkumni xavfsiz joyga vaqtinchalik joylashtirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshligʻi shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani (xabarni) koʻrib chiqadi va mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisida yoxud ularni qoʻllashni rad etish haqida uch sutka ichida qaror qabul qiladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror darhol qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkum qabul qilingan qaror bilan imzo qoʻydirib tanishtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfsizlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi yoki ularni qoʻllashni rad etish haqidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat berilgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshligʻi mahkumning xavfsizligini taʼminlash maqsadida “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan xavfsizlik choralarini qoʻllaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfsiz joyga oʻtkazilgan mahkum jazoni bu erga oʻtkazilguniga qadar belgilangan saqlash sharoitlarida oʻtaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar, ularning buyumlari va kiyimlari, shuningdek jazoni ijro etish muassasalarining obyektlari va xonalari tintuv qilinishi hamda koʻzdan kechirilishi mumkin. Shaxsiy tintuv mahkum bilan bir jinsda boʻlgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar, taqiqlangan narsalar va buyumlar saqlanayotganligi haqida axborot kelib tushgan hollarda, jazoni ijro etish muassasalarining turar joylarini ularda mahkumlar boʻlganda tintuv qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tintuv oʻtkazish chogʻida mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch va maxsus vositalar qoʻllanilishi taqiqlanadi, bundan mahkumlarning tintuvni amalga oshirayotgan xodimga, boshqa mahkumlarga yoki oʻzga shaxslarga nisbatan gʻayrihuquqiy xatti-harakatlarining, shuningdek mahkumlar tomonidan oʻziga oʻzi zarar yetkazishining oldini olish hollari mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 76-moddaning sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahkumning iltimosiga koʻra uzoq muddatli uchrashuv qisqa muddatli uchrashuvga yoki masofali video-uchrashuvga yoxud telefon orqali soʻzlashuvga, qisqa muddatli uchrashuv esa masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali soʻzlashuvga almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkumlar uchun masofali video-uchrashuvlar jazoni ijro etish muassasasi va organi tomonidan tashkil etiladi. Masofali video-uchrashuv himoyalangan aloqa kanallari orqali videokonferensiya tizimi vositasida amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 79-moddaning sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Prokuror yoki sud nomiga yoʻllangan taklif, ariza va shikoyatlar koʻzdan kechirilmaydi hamda bir sutkalik muddat ichida tegishliligi boʻyicha joʻnatiladi. Xavfsizlik choralarini qoʻllash haqidagi yoki ularni qoʻllashni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlar ustidan shikoyatlar tegishliligi boʻyicha darhol joʻnatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 102-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan quyidagi mezonlar asosida ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatga va taʼlimga vijdonan yondashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassasaning ichki tartib-qoidalariga rioya etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashakkur eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari qoʻllanilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yorliq, qimmatli sovgʻa yoki pul mukofoti bilan taqdirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha posilka, yoʻqlov yoki banderol olishga ruxsat etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv huquqini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun pul summasini koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazish, manzil-koloniyalarda saqlanayotgan shaxslar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazish tariqasidagi ragʻbatlantirish mahkumlarga ushbu Kodeks 75-moddasining uchinchi qismiga muvofiq qoʻshimcha pul sarflash huquqini, shuningdek:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy, qattiq tartibli koloniyalarda va tarbiya koloniyalarida ― yil mobaynida qoʻshimcha ravishda bir marta uchrashuv, bir marta telefon orqali soʻzlashuv, bitta posilka yoki yoʻqlov olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus tartibli koloniyalarda ― kameralardan umumiy turar joylarga oʻtkazish hamda yil mobaynida qoʻshimcha ravishda bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bir marta telefon orqali soʻzlashuv, bitta banderol olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turmalarda ― yil mobaynida qoʻshimcha ravishda bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bitta posilka yoki yoʻqlov olish huquqini beradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) quyidagi mazmundagi 1021-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1021-modda. Ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkumlarga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash har yili kamida ikki marta, shuningdek bayram kunlari munosabati bilan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkumlarni ragʻbatlantirish masalalari, shu jumladan qoʻllanilayotgan ragʻbatlantirish choralarining ushbu Kodeks 102-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiqligi jazoni ijro etish muassasasida tuzilgan komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya jazoni ijro etish muassasasining xodimlari, shuningdek jamoatchilik vakillari orasidan kamida sakkiz nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillaridan, qoida tariqasida, xalq deputalari mahalliy Kengashlari deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari, oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan vakillari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik vakillari komissiya aʼzolari umumiy sonining yarmini tashkil etishi kerak. Jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi komissiyaning raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkumni ragʻbatlantirish uchun tavsiya etish, zarur hujjatlarni tayyorlash va komissiya aʼzolariga taqdim etish otryad boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlisi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatlardan bir hafta ilgari oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolari ragʻbatlantirish uchun tavsiya etilgan mahkum bilan uning xulq-atvori belgilangan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan suhbat oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarori majlisda ishtirok etayotgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan, ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlgan taqdirda, mahkumni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarori majlisda hozir boʻlgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning mahkumga nisbatan ragʻbatlantirish chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni oʻz ichiga olgan bayonnomasiga muvofiq jazoni ijro etish muassasasi boshligʻining buyrugʻi uch ish kuni ichida chiqariladi va uning mazmuni mahkumga eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyani tuzish va faoliyatini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Voyaga yetmagan mahkumlarga ota-onasi va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 130-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi ― beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahkuma ayollarga voyaga yetmagan bolalari bilan bir yil ichida toʻrt marta, muddati besh sutkagacha boʻlgan uzoq muddatli uchrashuv, manzil-koloniyada saqlanayotganlarga esa, ishdan boʻsh vaqtda muassasa hududidan tashqarida yashash imkoniyati bilan uzoq muddatli uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkuma ayollarning voyaga yetmagan bolalari bilan uchrashishiga oʻzining shaxsini, qarindoshligini yoki vasiyligini (homiyligini) tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim etgan taqdirda bitta yaqin qarindoshi yoki vasiy (homiy) kuzatuvida yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkuma ayollarning voyaga yetmagan bolalari bilan uchrashuvlari ushbu Kodeksda belgilangan uchrashuvlarga qoʻshib hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkuma ayollarning muassasadan tashqaridagi bolalar uylaridagi voyaga yetmagan bolalar bilan uchrashuvlari mahkuma ayollarning iltimosiga koʻra amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 132-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahkuma ayollar uch yoshga toʻlmagan bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirishga va ishdan boʻsh vaqtida ular bilan cheklanmagan miqdorda muloqotda boʻlishga haqli”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 30-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-625-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 03/20/625/1007-son)