25.06.2020 yildagi 408-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.06.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlarni boshqarishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2018-yil 22-maydagi 383-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qarori)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni samarali boshqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlarni boshqarishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2018-yil 22-maydagi 383-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya — iqtisodiyot va kambagʻalikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 25-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
408-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 408-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlarni boshqarishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2018-yil 22-maydagi 383-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Pul-kredit siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida Moliya vazirligi Gʻaznachiligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni ushbu Nizomning 13-bandida belgilangan tartibda hamda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan stavkada depozit shartnomasi asosida toʻgʻridan toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki depozitiga joylashtirishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalar, shuningdek, budjet tashkilotlari oʻzining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga buyurtmanomalar taqdim etish yoʻli bilan joylashtiradilar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qarorga ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1 — 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligining Gʻaznachiligi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni (keyingi oʻrinlarda — vaqtincha boʻsh mablagʻlar) hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalar, shuningdek, budjet tashkilotlarining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini (keyingi oʻrinlarda — budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlar) tijorat banklarining bosh ofislari (keyingi oʻrinlarda — tijorat banklari) depozitlariga joylashtirish tartibini va ularni joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha boʻsh mablagʻlar hamda budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlar tijorat banklari depozitlariga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomning amal qilishi quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq ajratiladigan budjet ssudalariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik koʻmaklashish mablagʻlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining kassa uzilishini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlar jalb qilish holatlariga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pul-kredit va soliq-budjet siyosati sohasidagi harakatlar muvofiqlashtirilishini taʼminlash maqsadida Moliya vazirligi Gʻaznachiligi kelgusi chorak uchun oylar boʻyicha tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilishi rejalashtirilayotgan vaqtincha boʻsh mablagʻlar hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (keyingi oʻrinlarda — Markaziy bank) kelishish uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotdan kelib chiqib, Markaziy bank joylashtiriladigan vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarning eng koʻp miqdorini aniqlaydi hamda bu haqda Moliya vazirligi Gʻaznachiligini xabardor qiladi. Zarurat boʻlganda, ushbu koʻrsatkichlar oylik va choraklik asosda aniqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi Gʻaznachiligi Markaziy bank bilan birgalikda bitta tijorat banki tomonidan depozitga jalb etilishi mumkin boʻlgan vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarning eng yuqori chegarasini belgilashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banki tomonidan depozitga jalb etilishi mumkin boʻlgan vaqtincha boʻsh mablagʻlarning eng yuqori chegarasini belgilash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan holda belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan talablarga javob beruvchi, vaqtincha boʻsh mablagʻlar hamda budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlar depozitlariga joylashtirilishi mumkin boʻlgan tijorat banklarini aniqlash boʻyicha tanlov Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) eʼlon joylashtirish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hajmi va muddatlari, foiz stavkasining eng kam miqdori, lotlar soni va joylashtirish vaqti maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiya tarkibi hamda uning vakolatlari Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagi mazmundagi 71-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“71. Tanlovlarda qatnashish istagi boʻlgan tijorat banklari Moliya vazirligining tegishli axborot tizimida roʻyxatdan oʻtish uchun Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga murojaatnoma yoʻllaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatnomaning shakli Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlar tijorat banklari depozitlariga Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga buyurtmanomalar taqdim etish yoʻli bilan joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tanlovlarda ishtirok etish uchun budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlarning eng koʻp miqdori, joylashtirish muddatlari va eng kam foiz stavkasi davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalar, shuningdek, budjet tashkilotlari tomonidan belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Vaqtincha boʻsh mablagʻlar tijorat banklari depozitlariga 24 oygacha boʻlgan muddatga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlar tijorat banklari depozitlariga 12 oygacha muddatga joylashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 15-16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“15. Tijorat banklarining depozitlariga mablagʻlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha boʻsh mablagʻlar boʻyicha Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan;

budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlar boʻyicha davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalar hamda budjet tashkilotlari tomonidan ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan talablarga javob beruvchi va Moliya vazirligining tegishli axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan tijorat banki bilan tuziladigan depozit shartnomasi asosida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Shartnoma axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma tanlov gʻolibi bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha boʻsh mablagʻlar boʻyicha Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlar boʻyicha davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalar hamda budjet tashkilotlari tomonidan imzolanadi va Moliya vazirligi Gʻaznachiligida roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shartnoma vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda elektron shartnoma shaklida tuziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 18-19-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18. Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga koʻmaklashish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirishdan Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga olingan daromadlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar ikki ish kuni mobaynida toʻliq hajmda ularning tegishli gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni hamda budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/408/0954-son)