16.03.2018 yildagi PQ-3607-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.03.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki boʻlgan va davlat ulushi mavjud xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning ishlab chiqarish maydonlari va obyektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni faol jalb qilish uchun kulay sharoitlar yaratish, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi tashkil etilgan alohida hududlarda joylashtirishni taʼminlash va shu asnoda ishlab chiqarish sohasida yangi ish oʻrinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Samarqand viloyatida 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha davlat mulki boʻlgan va davlat ulushi mavjud xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlari negizida kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda foydalanilmayotgan tegishli ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obyektlarining bir oy muddatda Samarqand viloyati hokimligiga belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlasin, shuningdek, davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlarni budjet xamda budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi soliq boʻyicha qarzdorligi, qarzdorlik mavjud boʻlmagan hollarda ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushi va xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining ulushini beriladigan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga kamaytirish hisobidan ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq Samarqand viloyati hokimligi tasarrufiga berish masalasi koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik subyektlariga biznes rejalarni bajarish, ish oʻrinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan xolda 10 yillik uzoq muddatga ijaraga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZ hududidagi koʻchmas davlat mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijara toʻlovining ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqib, ortib boradigan koeffitsiyentni koʻllamasdan, davlat mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkasi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZ ishtirokchilariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari ajratib berish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarori bilan tashkil etilgan Samarqand viloyati Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Samarqand viloyatining Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi bir oy muddatda KSZ direksiyasini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, KSZ direksiyasi va ishtirokchilariga 2020-yilning 1-fevraliga qadar ular egallab turgan maydondan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yer soligʻining belgilangan eng kam — uch baravari miqdoridagi yagona soliq toʻlovi boʻyicha qonunchilikda nazarda tutilgan talab tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi KSZda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun 50 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalarini tijorat banklari orqali ikki oy muddatda belgilangan tartibda ochsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kredit liniyalari mablagʻlari import uskunalar va ularga butlovchi qismlarni xarid qilish uchun ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kreditni qoplash kunidagi kursi boʻyicha milliy valyutada kreditni qoplash jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Samarqand viloyati kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Samarqand viloyati Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha qarorning 2-ilovasiga muvofiq boʻlinish chegarasigacha Samarqand viloyati KSZlarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Samarkand viloyati hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq Samarqand viloyati KSZda muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish uchun tarmoq jadvallarini tasdiqlasinlar va ularning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Samarqand viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-xom ashyo, qishloq hoʻjaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan xolda Samarqand viloyati KSZ hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar — “yul xaritalari” ikki oy muddatda ishlab chiqilishini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyati KSZ hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZ hududida loyixalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, Samarqand viloyati KSZ hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqish yuzasidan choralar koʻrilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyati KSZ hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2018-yil 15-iyul va 2019-yil 15-yanvarda axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabinetining 1990-yil 26-noyabrdagi 409-F-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi A.J. Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi R.A. Gulyamov va Samarqand viloyati hokimi T.I. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 16-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3607-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2020-y., 07/20/3607/0864-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)