13.12.2017 yildagi PQ-3432-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni” bayram tadbirida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, qishloq xoʻjaligining mavjud imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish, sohada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ilm-fan yutuqlari va innovatsion yangiliklarni tizimli joriy etish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasini 2017 — 2021-yillarda yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida barcha sohalar qatori qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish borasida ham eng muhim vazifalar aniq belgilangan boʻlib, ularning izchil amalga oshirilishi sohada erishilayotgan muvaffaqiyatlarga asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligi sohasini barkaror rivojlantirish boʻyicha oʻz yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Jumladan, yer, suv va moddiy-texnika resurslaridan yanada oqilona foydalanish hisobiga ishlab chiqarish hajmlarini muttasil oshirib borishni taʼminlash, sohaga resurstejamkor texnologiyalarni jalb etish, ilm-fan yutuqlari va innovatsion yangiliklarni tizimli joriy etish boʻyicha mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 9-dekabrda oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni” bayram tadbirida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orkali sohaning barcha tarmoqlarida yanada yuksak natijalarga erishish, mamlakat aholisini ozik-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash va kishlok xoʻjaligi mahsulotlari eksport hajmlarini oshirish, sohada ilm-fan yutuklari va innovatsion yangiliklarni keng joriy etish hamda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Qishloq xoʻjaligining mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, sohada iktisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar dasturi” (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligining mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, sohada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan ishlab chiqiladigan hamda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladigan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar roʻyxati 1a-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturni amalga oshirishni muvofiqlashtirish va nazorat kilishni tashkil etuvchi Respublika ishchi guruxi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishchi guruhi (A. Aripov)ga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch kun muddatda ishchi guruhi bilan yigilish oʻtkazib, Dasturda koʻzda tutilgan vazifalarning bajarilishini muhokama qilish va amaliy choralar belgilash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning ijrosiga masʼul boʻlgan Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, vazirliklar va idoralar rahbarlarining amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda amalga oshiriladigan ishlarni yanada jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish vazifalari topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qorakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tasdiklangan Dasturdan kelib chiqqan holda, bir hafta muddatda oʻzlarining “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va respublika ishchi guruhiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshkaruv organlari rahbarlari mazkur Dasturda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maksadida oʻn kun muddatda oʻz tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Bosh vazir oʻrinbosari — Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin hamda har chorakda erishilgan natijalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga maʼlumot taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 13-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3432-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 07/20/3432/0878-son)