05.04.2018 yildagi PQ-3652-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbek adabiyotining bugungi taraqqiyotida 80 yildan ziyod tarixga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi nufuzli ijodiy tashkilotlardan biri hisoblanadigan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining munosib o‘rni bor. Mustabid tuzum davridagi turli mafkuraviy tazyiqlarga qaramasdan, ushbu ijodiy uyushma millatimizning ruhi bo‘lgan ona tilimiz, azaliy qadriyatlarimizni saqlab qolish va avlodlarga bezavol yetkazish, xalqimizning ongu tafakkurini yuksaltirish, mustaqilligimizning ma’naviy asoslarini yaratish, so‘z san’atkorlarini birlashtirish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh iste’dod egalarining salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida katta ishlarni amalga oshirdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalar kabi milliy adabiyotimiz rivojini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Do‘rmon” ijod uyi va poliklinikasi tubdan rekonstruksiya qilindi. Uyushma qoshida “Ijod” jamoat fondi tuzildi. Poytaxtimizda Adiblar xiyoboni barpo etildi, Yozuvchilar uyushmasi uchun yangi bino qurilib, hududlarda ulug‘ adiblarimiz nomlari bilan atalgan ijod maktablari, madaniyat va istirohat bog‘lari bunyod qilinmoqda. Adabiyotimiz atoqli namoyandalarining yubiley sanalari munosib nishonlanmoqda, iste’dodli yoshlarni tarbiyalash, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli ijodiy anjumanlar o‘tkazilmoqda. Yosh shoir va yozuvchilarning birinchi kitoblari davlat hisobidan ko‘p ming nusxalarda nashr etilib, ta’lim maskanlari va kutubxonalarga yetkazib berilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni vaqtda ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, uning Nizomi va tarkibiy tuzilmasi bugungi shiddatli davr talablariga to‘la javob bermayapti. Bozor iqtisodiyoti va globallashuv jarayonlari bilan bog‘liq hozirgi murakkab sharoitda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolarining hayotiy manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyat taraqqiyoti uchun beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan mashaqqatli ijodiy mehnatini munosib qadrlash, adabiyot va san’at sohasini har tomonlama rivojlantirish, badiiy ijod ahlining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, iste’dodli yosh ijodkorlarni tizimli asosda tarbiyalash va boshqa o‘ta muhim yo‘nalishlarda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasini 2017 ― 2021-yillarda rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan asosiy vazifalarni, jumladan, “Davlat ― ma’naviyatning bosh homiysi”, degan ustuvor tamoyilni hayotga izchil joriy qilish, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini takomillashtirish va uning ish samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda ijodiy jamoatchilikning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining (keyingi o‘rinlarda — Uyushma deb ataladi) jamiyatimizda milliy g‘oya, yangicha tafakkur va dunyoqarashni rivojlantirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma a’zolarining ijtimoiy-ma’naviy faolligi va mas’uliyatini oshirish, ularni xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini, el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan erishilayotgan tub o‘zgarishlarni teran aks ettirishga qaratilgan yuksak badiiy asarlar yaratishga rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma a’zolarining moddiy va ma’naviy manfaatlarini, mualliflik huquqlarini himoya qilish, ular uchun har tomonlama sharoit yaratib berish, mashaqqatli ijodiy mehnatini adolatli baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushmaning obro‘-e’tibori va yuksak maqomini munosib saqlash, uning sifat tarkibini yaxshilash maqsadida ushbu tashkilotga a’zolikka qabul qilish bo‘yicha zamonaviy va ta’sirchan mezonlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta iste’dod va yuksak grajdanlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan keksa avlod vakillarining ijodiy salohiyati va mahoratidan yoshlarni keng bahramand etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh iste’dod sohiblarini izlab topish, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish uchun chuqur o‘ylangan, zamonaviy ilm-fan yutuqlariga asoslangan innovatsion usullarni ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dunyo adabiyotining eng yaxshi namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va chop etish, mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning eng sara namunalarini xorijiy tillarga o‘girish va chet ellarda targ‘ib etish tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zbek tilidagi Internet adabiyotini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mumtoz adabiyotimizni, xususan, Alisher Navoiy asarlarini xalqimizga yanada yaqinlashtirish, bu noyob merosni ma’naviyatimizning hayotbaxsh manbai va tarkibiy qismiga aylantirish haqidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining oliy organi — Konferensiyasining Uyushmaning tarkibiy tuzilishini qayta ko‘rib chiqish va yangi tahrirdagi Nizomini tasdiqlash, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘limlariga qo‘shimcha shtatlar ajratish haqidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Uyushma a’zolarining moddiy va ma’naviy manfaatlarini ta’minlashni kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Matbuot va axborot agentligi hamda Uyushma bilan birgalikda ijodkorlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish, mulk shaklidan qat’i nazar, barcha ommaviy axborot vositalari, jumladan, elektron OAV, nashriyotlar tomonidan mualliflik gonorari to‘lashni qonuniy asosda ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqsin va ularning ijrosini qat’iy nazoratga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kitob savdosi tizimini takomillashtirish, jumladan, Uyushma a’zolarining yangi nashr etilgan asarlari mamlakatimizning barcha hududlaridagi o‘quvchilarga o‘z vaqtida yetib borishini, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari ishlab topilgan mablag‘lari, shuningdek, korxona va tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalarining o‘z mablag‘lari hisobidan ushbu kitoblarni sotib olishini va ular bilan o‘z tasarrufidagi axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, madaniyat saroylari, ma’naviyat xonalarini ta’minlashi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qaroriga muvofiq Uyushma a’zolari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida imtiyozli ipoteka krediti asosida 110 ta kvartirali uy-joy qurish ishlari boshlangani ma’lumot uchun qabul qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda viloyatlar hokimliklari 2018 ― 2021-yillarda hududlarda yashab faol ijod qilayotgan, uy-joyga muhtoj Uyushma a’zolari uchun imtiyozli ipoteka krediti asosida uy-joylar ajratish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. Vazirlar Mahkamasi mazkur rejalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini qat’iy nazoratga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur uy-joylarni taqsimlashda qonuniylik va adolat mezonlariga qat’iy amal qilishga alohida e’tibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Uyushma a’zolari, jumladan, viloyatlarda yashayotgan ijodkorlarga sifatli va imtiyozli tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi bir oy muddatda Uyushmaga qarashli ijod uylari va oshxonalarni arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha aniq reja ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent va Jizzax viloyatlari hokimliklari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Do‘rmon” ijod uyi hamda yangi bunyod etilayotgan “Parkent” va “Zomin” ijod uylaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “Ijod” jamoat fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ushbu fondning hududiy bo‘limlarini tuzish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaldagi tartibga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri “Ijod” jamoat fondi Vasiylik kengashiga raislik qilishini inobatga olgan holda, fondning hududiy bo‘limlari Vasiylik kengashlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi va viloyatlar hokimlari rais, hududiy universitet va institutlar rektorlari rais o‘rinbosarlari sifatida biriktirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda “Ijod” jamoat fondi hududiy bo‘limlarining moliyaviy manbalarini aniqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushmaning hududiy bo‘limlari faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z hududida yashayotgan Uyushma a’zolari hamda iste’dodli va istiqbolli yosh ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma a’zolari ishtirokida mahallalar, harbiy qismlar va ta’lim muassasalarida muntazam ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarida shartnoma asosida ijodiy uchrashuvlar tashkil etish ishlariga shaxsan mas’ul ekani belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Uyushma bilan birgalikda bir oy muddatda Uyushma hududiy bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda Uyushma huzuridagi “Ijod” jamoat fondi mablag‘lari hisobidan hududiy bo‘limlarni 1 ta (bitta)dan yengil xizmat avtotransport vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda Uyushma muassisligida nashr etiladigan “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, “Sharq yulduzi” — “Zvezda Vostoka”, “Jahon adabiyoti”, “Yoshlik”, “Amudaryo” jurnallari tahririyatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu nashrlarni qog‘oz bilan ta’minlash, bosmaxona xarajatlarini qoplash va ularning obunasiga ko‘maklashish uchun “Ijod” jamoat fondiga qo‘shimcha mablag‘lar ajratish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizdagi bir qator ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jalik birlashmalari, kompaniyalar va banklar bilan madaniyat va san’at tashkilotlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan “Do‘stlar klublari” faoliyatining ijobiy samara berayotganini inobatga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi va “AKFA” MCHJ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sharq yulduzi” ― “Zvezda Vostoka” jurnallari va “IMZO” MCHJ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jahon adabiyoti” jurnali va “Delta-Qurmah” MCHJ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlik” jurnali va “Universal Pasking Masters” MCHJ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Amudaryo” jurnali va “O‘zqurilishmateriallari” AJ o‘rtasida “Do‘stlar klublari”ni tuzish, shartnoma asosida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi takliflar qo‘llab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Do‘stlar klublari”ni tashkil etish bo‘yicha tajribani Uyushmaning hududiy bo‘limlari uchun ham joriy etsin va bir oy muddatda bu masala bo‘yicha aniq choralar ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushmaning hududiy bo‘limlari o‘z tadbirlarini o‘tkazish uchun tegishli bino va zallarga ega emasligini inobatga olib, ularning joylardagi universitet va institutlar imkoniyatlaridan beg‘araz foydalanishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushmaning hududlardagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ijodkor yoshlar va talabalar jamoalari bilan faol ma’naviy-ma’rifiy ish olib borish haqidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda hududlarda tashkil etilgan Is’hoqxon Ibrat, Hamid Olimjon va Zulfiya, Ibroyim Yusupov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf nomlari bilan atalgan ijod maktablarining o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin. Bunda Yozuvchilar uyushmasi o‘quv dasturlarini ilmiy va ijodiy jihatdan shakllantirish, mazkur maktablarga iqtidorli o‘quvchilarni tanlab olish, ko‘zga ko‘ringan yozuvchi va shoirlar tomonidan ijodiy seminarlar olib borishni ta’minlash bo‘yicha asosiy ijrochi va javobgar ekani belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi faoliyatini kuchaytirish, harbiy qismlar, harbiy yo‘nalishdagi bilim yurtlari, xususan, “Temurbeklar maktablari”da tizimli ravishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga doir takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining Uyushma huzurida “Zulfiyaxonim qizlari” klubini tashkil etish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zulfiyaxonim qizlari” klubi a’zolarining O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining taklifiga asosan Toshkent shahriga klub mashg‘ulotlariga har chorakda bir marta kelib-ketishi bilan bog‘liq xarajatlar “Ijod” jamoat fondi mablag‘lari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshida Oliy adabiyot kursini tashkil etish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2018-yilning 1-avgustiga qadar Oliy adabiyot kursi mutaxassisliklari bo‘yicha tegishli malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Belgilab qo‘yilsinki, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Oliy adabiyot kursiga bakalavr darajasiga ega bo‘lgan va adabiyot sohasida o‘z ijodiy qobiliyatini namoyon etgan ijodkorlar Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tanlov asosida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan kelishilgan holda, Oliy adabiyot kursiga yillik qabul kvotalarini (40 foizi budjet va 60 foizi to‘lov-kontrakt bo‘yicha) belgilangan tartibda shakllantirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda Adiblar xiyobonida muntazam ma’naviyat darslari, kitob mutolaasi soatlari, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini o‘tkazish, ushbu hududda joylashgan O‘zbekiston madaniyati va san’ati ko‘rgazmasi binosida atoqli ijodkorlarga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar uyushtirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’dodli ijodkorlarga “Ijod” jamoat fondi mablag‘lari hisobidan aniq ijtimoiy buyurtmalar berish tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badiiy asarlarni xorijiy tillarga tarjima qilish maqsadida milliy adabiyotimizning eng yaxshi namunalarini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya tomonidan saralangan asarlarni “Ijod” jamoat fondi mablag‘lari hisobidan xorijiy tillarga yuqori sifat bilan tarjima qilish va chet ellarda nashr ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badiiy adabiyot bo‘yicha yosh tarjimonlarni tayyorlash, faoliyat ko‘rsatayotgan tarjimonlarning professional malakasi va mahoratini oshirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika bo‘yicha “Kitob aksiyasi” tadbirlarini muntazam yo‘lga qo‘ygan holda, mahalla va maktablar, “Mehribonlik uylari”ga “Ijod” jamoat fondi homiyligida chop etilgan kitoblarni bepul yetkazib berish haqidagi takliflari ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda Internet tarmog‘i orqali milliy adabiyotimizni keng targ‘ib etish choralarini ko‘rsin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda audiokitoblar ishlab chiqarish va ularni tarqatish, shuningdek, o‘zbek adabiyoti targ‘ibotiga bag‘ishlangan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tizimli ravishda e’lon qilib borish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3652-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 07/20/3652/0882-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)