O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda yuridik shaxslarining huquq va manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, ularga sifatli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, mehnat faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish hamda mehnat migrantlari bo‘lib turgan davlatda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishlarida ko‘maklashish maqsadida:
Qozon shahrida O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi ochilayotganligini hisobga olib, 2018-yildan boshlab xorijiy muassasani moliyalashtirishni amalga oshirsin;
O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga uchta avtomobil ta’minoti uchun limit ajratsin.
mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda shtat jadvaliga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasini mutasaddilik qiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish va mehnat migrantlari masalalari bo‘yicha mutaxassislar bilan to‘ldirsin;