20.08.2018 yildagi PQ-3911-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt hududidagi Shaxpaxta konini oʻzlashtirish boʻyicha Mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 14-aprelda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bilan “Zarubejneftegaz” yopik aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) va “Gaz Project Development Central Asia AG” kompaniyasidan (Shveysariya) iborat tarkibdagi konsorsium oʻrtasida tuzilgan Shaxpaxta konini oʻzlashtirish boʻyicha Mahsulot taqimotiga oid bitim (keyingi oʻrinlarda Bitim deb — yuritiladi) doirasida uglevodorod konlarini oʻzlashtirishga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investiiiyalarni jalb etishni davom ettirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimni amalga oshirish doirasida 2004 — 2017-yillarda 24,8 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb etilganligi, 3,8 mlrd. kub m tabiiy gaz qazib olinganligi, Oʻzbekiston Respublikasining daromadi 378,8 mln AQSH dollarini tashkil etganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxpaxta konini oʻzlashtirayotgan “Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyati va “Gaz Project Development Central Asia AG” kompaniyasidan iborat tarkibdagi konsorsium (keyingi oʻrinlarda Konsorsium deb — yuritiladi) oʻzining Bitimni amal kilish muddatini uzaytirish boʻyicha qarori toʻgʻrisida “Oʻzbekneftgaz” AJni xabardor qilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” AJ va Konsorsium oʻrtasida Shaxpaxta konini oʻzlashtirish boʻyicha amaldagi Bitimda nazarda tutilgan shartlar asosida Bitimning amal kilish muddatini 2024-yil 30-iyulgacha uzaytirish toʻgʻrisida 2-qoʻshimcha bitim imzolanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimda tomonlarning huquq va majburiyatlari saqlangan holda “Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyati “Gazprom zarubejneftegaz” aksiyadorlik jamiyatiga (oldin — “Gazprom zarubejneftegaz” YAJ) va “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi “Oʻzbekneftgaz” AJga qayta tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2018-yil 25-mayda 22-Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiyot forumi doirasida “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan Konsorsium oʻrtasida Bitimga 2-qoʻshimcha imzolangan bitim maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bitimni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻruvchi vakolatli kompaniya — “Oʻzbekneftgaz” AJ Bitimga 2-qoʻshimcha bitim imzolangan sanadan boshlab uni amalga oshirish yuzasidan kompleks choralarni amalga oshirsin va Konsorsium tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Konsorsium nomidan ish yuritadigan va Bitim doirasida ish koʻradigan “Gazprom zarubejneftegaz” AJga Bitimning amal qilish muddati oʻzgartirilgan davrda Shaxpaxta konida uglevodorod xom ashyosini qazib olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyani qayta rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3911-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 07/20/3911/0891-son)