Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
1. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlar hukumat rahbarlari Kengashining 2018-yil 1-iyunda Dushanbe shahridagi majlisida imzolangan 1994-yil 15-apreldagi Bojxona sohasida hamkorlik va oʻzaro yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnoma tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnoma amalga oshirilishi uchun masʼul vakolatli organ etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan bajarilganligi va uni amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-dekabr,
PQ-4057-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 07/20/4057/0904-son)