O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hamda Ispaniya Qirolligi Hukumati o‘rtasida 2017-yil 14-noyabr kuni Madrid shahrida imzolangan havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ispaniya tomoniga mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani to‘g‘risidagi tegishli bildirishnomani yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i T.E. Uljayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-fevral,
PQ-3522-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2018-y., 07/20/3522/0874-son)