Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida
1. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarning rahbarlari tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarning penitensiar xizmatlari rahbarlari kengashini tashkil etish toʻgʻrisida 2015-yil 16-oktabr kuni Qozogʻiston Respublikasining Burabay posyolkasida imzolangan Shartnomaga qoʻshilish maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning amalga oshirilishi uchun javobgar boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomaga qoʻshilishi uchun zarur ichki davlat tartib-taomillari bajarilganligi, shuningdek, uni amalga oshirishda javobgar boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi havfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-dekabr,
PQ-4080-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2018-y., 07/20/4080/0915-son)