Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumati oʻrtasida daromadlarni ikki tomonlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik va daromadlarga hamda kapital qiymati oshib borishiga solinadigan soliq toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida 2018-yil 24-yanvar kuni London shahrida imzolangan 1993-yil 15-oktabrdagi Konvensiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Protokol tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalkaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-may,
PQ-3728-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 07/20/3728/0888-son)