26.09.2018 yildagi PQ-3951-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.09.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1. Quyidagilarga:

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 28-sentabr kuni Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlari hukumatlari rahbarlari Kengashi yigʻilishida imzolangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini taʼminlash sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitimga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 18-oktabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlari hukumatlari rahbarlari Kengashi yigʻilishida imzolangan 2001-yil 28-sentabrdagi Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini taʼminlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi Protokolga qoʻshilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mazkur xalqaro shartnomalarning amalga oshirilishi yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnomalarga qoʻshilganligi, shuningdek, ularning amalga oshirilishi yuzasidan masʼul vakolatli organ toʻgʻrisidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yoʻllasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 26-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3951-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 07/20/3951/0898-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)