Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 02.03.2018 yildagi 161-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularni kelgusida bartaraf etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilda gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish va paxta yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-fevraldagi PQ-2756-son qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida 184 ta paxtachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaligi tomonidan 6087 gektar yer maydoniga chigit ekilib, davlatga paxta sotish boʻyicha shartnomaviy rejasi 12020 tonna miqdorida belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, tumanning sektor rahbarlari tomonidan yetarli darajada nazorat oʻrnatilmaganligi, mutasaddi idoralar rahbarlarining oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi oqibatida bir qator fermer xoʻjaliklari jami 538 tonna paxta xomashyosini kam topshirib, 333,3 mln soʻm daromad olinmay qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarning sabablari oʻrganilganda maʼlum boʻldiki, aksariyat hollarda nazorat va tashkilotchilikning talab doirasida yoʻlga qoʻyilmaganligi, natijasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, gʻoʻzani ball boniteti past, suv bilan yetarli darajada taʼminlanmagan, meliorativ holati yomon va kam hosilli 151 gektar yer maydoniga joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilib, 372,9 tonna paxta hosili yoʻqotilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, tumanning Doʻstlik, Oqoltin va Amudaryo muqobil mashina-traktor parklari hududlaridagi gʻoʻza maydonlarida agrotexnika tadbirlarining oʻtkazilishiga yetarlicha eʼtibor berilmaganligi, fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalarini koʻp yillik begona oʻtlar bosganligi, meʼyor boʻyicha texnika etishmasligi, gʻoʻza maydonlarida sugʻorish ishlari oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi oqibatida paxta hosili yoʻqotilishiga yoʻl qoʻyilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, tumanda 2 ta yuqori unumli haydov va 15 ta chopiq traktorlari, 10 ta kultivator yetishmasligi oqibatida 315 gektar maydonda shudgorlash, gʻoʻza qator oralariga ishlov berish, mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish ishlari muddatidan kechiktirib sifatsiz oʻtkazilishi rejadagi hosilning yoʻqotilishiga sabab boʻlgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi kabi kamchilikalardan toʻgʻri xulosa chiqarish va 2018-yilda fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan samarali foydalanishda sektorlar rahbarlari, taʼminotchi va xizmat koʻrsatuvchi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamda fermer xoʻjaliklari rahbarlarining masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta hosilini yetishtirish va uni yigʻib-terib olishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi, gʻoʻza parvarishida agrotexnika tadbirlari belgilangan muddatda sifatli oʻtkazilmaganligi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tuman hokimi D. Kaipov ogohlantirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta hosilini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan tayyorlovchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida debitor-kreditor qarzdorliklarning oʻsishiga yoʻl qoʻyganligi uchun tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari P. Allamuratov ogohlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasiga tegishli ravishda bir oy muddatda tuman prokurori, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻiga nisbatan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan tayyorlovchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida mavjud boʻlgan debitor va kreditor qarzdorliklarni undirish boʻyicha 4 ta sektor rahbarlari oʻrnatilgan tartibda zarur choralarni koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirish va shartnoma majburiyatlarini bajarishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanidagi fermer xoʻjaliklariga qishloq xoʻjaligi texnikasi va mexanizmlari yetkazib berishning 2018-2019-yillarga moʻljallangan prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanidagi barcha toifadagi fermer xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi tashkilotlar oldidagi kreditor qarzdorliklarini undirishning reja-jadvali 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida 2018-yilda fermer xoʻjaliklari tomonidan ekin maydonlaridan tashqarida qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlarda yengil konstruksiyali va kam xarajatli dala shiyponlar va issiqxonalar qurish, parranda, sogʻin sigir hamda asalari boqishni tashkil etishning prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida 2018-yilda fermer xoʻjaliklari tomonidan paxta va gʻalla ekinlari ekiladigan yer maydonlari atroflaridagi dala chetlarining hisob-kitobi 5-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida 2018-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan va chigit ekiladigan maydonlar atroflaridagi dala chetlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari 6 va 6a-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida 2018-yilda kuzgi boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirishning prognoz koʻrsatkichlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasiga mavjud qarzdorliklarni belgilangan tartibda undirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 2018-yilning 15 maritga qadar Xoʻjayli tumanida 2018-yil uchun ekiladigan ekinlarning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda oqilona joylashtirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 2018-yilda fermer xoʻjaliklarida rejalashtirilgan ekinlarni parvarishlash, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish hamda agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan 2018-yilning mart oyida tumanlarda fermer xoʻjaliklari uchun koʻrgazmali seminarlar oʻtkazilishini va mavsum davomida amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi mazkur qaror ijrosi boʻyicha har chorakda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida tumandagi 4 ta sektor rahbarlarining hisobotlarini eshitib borsin hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayevga axborot bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 2-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2020-y., 09/20/161/0818-son)