Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 03.03.2018 yildagi 165-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilda gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish va paxta yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-fevraldagi PQ-2756-son qaroriga asosan 2017-yil Jizzax viloyati Zarbdor tumanida paxtachilik yoʻnalishidagi 461 ta fermer xoʻjaligining 745 ta konturidagi 10500 gektar maydonga chigit ekilib, davlatga paxta sotish shartnoma rejasi 20400 tonna miqdorida belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, tumandagi 4 ta sektor rahbarlari tomonidan nazorat oʻrnatilmaganligi, mutasaddi idoralar rahbarlarining oʻz vazifalarini tegishli darajada bajarmagani natijasida shartnoma rejasi 70,7 foizga bajarilgan yoki 5984 tonna paxta xomashyosi kam topshirilishi sababli 11,4 mlrd. soʻm daromad olinmay qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarning sabablari oʻrganilganda maʼlum boʻldiki, aksariyat hollarda nazorat va tashkilotchilik ishlarining talab darajasida yoʻlga qoʻyilmaganligi natijasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, gʻoʻzani ball boniteti past (41 — 44), suv bilan yetarli taʼminlanmagan yerlarga (18 — 20 ts/ga) joylashtirilishi oqibatida 2230 gektar maydondan atigi 12 sentnerdan hosil olingan va har gektardan oʻrtacha 1 mln.soʻmdan daromad olinmay qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, meliorativ holati ogʻir boʻlgan 480 gektar maydonda chigit ekish tadbirlari kechiktirilganligi oqibatida 670 tonna paxta hosili yetishtirilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, tumanda 1,6 km. sugʻorish tarmoqlari (lotok ariqlar) yaroqsiz holatga kelganligi sababli 45 ta fermer xoʻjaligining 480 gektar maydoni suv bilan yetarlicha taʼminlanmagani oqibatida 560 tonna paxta hosili yoʻqotilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, tumandagi 67 ta fermer xoʻjaligining 195 gektar gʻoʻza maydoni umuman yagana qilinmagani, 225 gektar maydon begona oʻtlardan tozanmagani, 135 gektar maydonda oʻrgimchakkana tarqalishiga yoʻl qoʻyilgani hamda zararkunandalarga qarshi kurash choralari yetarli darajada tashkil etilmagani oqibatida 1060 tonna kam hosil olingan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, tumandagi mavjud yuqori unumli haydov traktorlarining 11 tasi taʼmirtalab, shuningdek, 30 ta haydov va 89 ta chopiq traktorlari, 65 ta kultivatorlar yetishmasligi agrotexnika tadbirlarini kechiktirib oʻtkazilishiga olib kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida qayd etilgan qoʻpol agrotexnik xatolardan toʻgʻri xulosa chiqarish va 2018-yilda erdan unumli foydalanishda sektor rahbarlari, mutasaddilar, taʼminotchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda fermer xoʻjaliklari rahbarlarining masʼuliyati va javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jizzax viloyati Zarbdor tumanida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta yetishtirish va uni yigʻib-terib olishdagi jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgani, gʻoʻza parvarishida agrotexnika tadbirlarini belgilangan muddatda sifatli oʻtkazilmagani uchun Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimi I. Babajanov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani inobatga olinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan tayyorlovchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida debitor-kreditor qarzdorliklar oʻsishiga yoʻl qoʻyganligi uchun tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari D. Raxmatullayev ogohlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasiga tegishli ravishda bir oy muddatda tuman prokurori, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻiga nisbatan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mavjud qarzdorliklarni 2018-yilning 1-apreliga qadar undirish taʼminlanmagan taqdirda, 4 ta sektor rahbarlari ularga nisbatan vazifasidan ozod qilishgacha boʻlgan intizomiy jazo choralari koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirish va shartnoma majburiyatlarini bajarishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi fermer xoʻjaliklariga yangi haydov traktorlari, omochlar, gʻalla oʻrish kombaynlari, kultivatorlar, purkash moslamalari (OVX), chigit ekish seyalkalari hamda nasos (50 l.) va koʻchma egiluvchan quvur komplektlari yetkazib berishning 2018-yilga moʻljallangan prognoz rejasi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi barcha toifadagi paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi tashkilotlar oʻrtasidagi debitor va kreditor qarzdorliklarni bartaraf etish jadvali 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 2018-yilda fermer xoʻjaliklari tomonidan ekin maydonlaridan tashqaridagi qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlarda yengil konstruksiyali va kam harajatli dala shiyponlari, issiqxonalar qurish, parranda, sogʻin sigirlar hamda asalari boqishni tashkil etishning prognoz rejasi 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 2018-yilda fermer xoʻjaliklari tomonidan paxta va gʻalla ekiladigan maydonlar konturlarining dala chetlariga, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari boʻylariga ekiladigan qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot yetishtirishning prognoz rejasi 5 va 5a-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 2018-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirishning prognoz rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasiga fermer xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi tashkilotlar oldidagi debitor va kreditor qarzdorliklarini belgilangan tartibda undirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda 15 kun muddatda Zarbdor tumanida tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda 2018-yil uchun ekiladigan ekinlarning samarali joylashtirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda fermer xoʻjaliklari rahbarlari uchun 2018-yilda fermer xoʻjaliklarida rejalashtirilgan ekinlarni parvarishlash, zararkunandalarga qarshi kurashish va agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan joriy yilning mart oyida joylarda seminarlar oʻtkazilishini va mavsum davomida amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qaror ijrosi boʻyicha har chorakda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida 4 ta sektor rahbarlarining hisobotlari tinglanishi hamda Jizzax viloyati hokimligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayevga axborot berib borilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev hamda Jizzax viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi E.A. Soliyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 3-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
165-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2020-y., 09/20/165/0820-son)