Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 06.03.2018 yildagi 177-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Bekobod tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni kelgusida bartaraf etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilda g‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirish va paxta yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 3-fevraldagi PQ-2756-sonli qaroriga asosan 2017-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumanida 625 ta paxtachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarining 1777 ta konturidagi 14700 gektar maydonlariga chigit ekilib, davlatga paxta sotish shartnomaviy rejasi 36100 tonna miqdorida belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, tumanning 4 ta sektor rahbarlari tomonidan nazorat o‘rnatilmaganligi, mutasaddi idoralar rahbarlarining o‘z vazifalarini zarur darajada bajarmaganligi natijasida shartnomaviy reja 74,1 foizga bajarilgan yoki 9357,7 tonna paxta xom ashyosi kam topshirilishi sababli 17,8 mlrd.so‘m daromad olinmay qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning sabablari o‘rganilganda ma’lum bo‘ldiki, aksariyat hollarda nazorat va tashkilotchilikning talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi natijasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, 350 gektar ekin yer maydonlarini suv bilan ta’minlaydigan Navbahor nasos stansiyasi orqali suv chiqariladigan “Mashkanal”ning 3,6 km qismi qo‘shni Tojikiston Respublikasi hududida qolib ketganligi sababli suv ta’minoti og‘irligi, shuningdek SIU balansidagi 64 ta nasos agregatlari bosimli quvurlari yaroqsiz holga kelganligi, kerakli ehtiyot qismlar bo‘lmaganligi hisobiga 36 ta fermer xo‘jaliklarining 650 gektar maydoni suv bilan yaxshi ta’minlanmaganligi sababli 568 tonna hosil yetishtirilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, tumandagi yuqori unumli haydov traktorlaridan 30 donasi eskirganligi sababli chigit ekiladigan maydonlarni shudgorlash ishlari muddatidan kechiktirib, sifatsiz va sayoz o‘tkazilganligi, 83 dona chopiq traktorlari va 83 dona kultivatorlar yetishmasligi natijasida g‘o‘za qator oralariga ishlov berishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi, chigit ekishga yer tayyorlashda 26 dona yer tekislagichlar va 7 dona chigit ekish seyalkalari yetishmasligi oqibatida 1446,9 tonna paxta hosili yo‘qotilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, tumandagi 130 nafar fermer xo‘jaliklari moliyaviy va iqtisodiy holati nochor bo‘lganligi, moddiy-texnika bazasining yo‘qligi sababli 2998,6 gektar maydonda 4736,8 tonna (13,1%) paxta hosili yetishtirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchidan, joriy yilning iyul va avgust oylarida ob-havoning keskin isib, havo haroratining 45-46 daraja va undan yuqori ko‘tarilishi, Dalvarzin kanalining 36 km qismi ko‘shni Tojikiston Respublikasi hududidan o‘tadigan chegara ortida joylashganligi, ushbu hududlarni o‘z vaqtida suv bilan ta’minlashda muammolar yuzaga kelganligi sababli aksariyat maydonlarda g‘o‘zaning hosil elementlari to‘kilishi kuzatilib, 1475 gektar paxta maydonida 1372 tonna kam hosil olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi kabi qo‘pol agrotexnik xatoliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarish va 2018-yilda yerlardan samarali foydalanishda sektor rahbarlari, mutasaddilar, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlarining mas’uliyati va javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent viloyati Bekobod tumanida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta yetishtirish va uni yig‘ib-terib olishda jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi, go‘za parvarishida agrotexnik tadbirlarning belgilangan muddatda sifatli o‘tkazilmaganligi uchun Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi O. Israilov ogohlantirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan tayyorlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida debitor va kreditor qarzdorliklarning o‘sishiga yo‘l qo‘yganligi uchun tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari B. Hakimov ogohlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekistan Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasiga tegishli ravishda bir oy muddatda tuman prokurori, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘iga yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mavjud qarzdorliklarning 2018-yilning 1-apreliga qadar undirilishini ta’minlamagan taqdirda 4 ta sektor rahbarlariga nisbatan vazifasidan ozod qilishgacha bo‘lgan intizomiy jazo choralari ko‘rilishi to‘g‘risida ogoxlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Bekobod tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirish va shartnoma majburiyatlarini bajarishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni kelgusida bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi fermer xo‘jaliklariga yangi qishloq xo‘jaligi texnikalari va mexanizmlarini yetkazib berishning 2018-yilga mo‘ljallangan prognoz rejalari 2, 2a va 2b-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Bekobod tumanida barcha toifadagi paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi tashkilotlar oldidagi debitor va kreditor qarzdorliklarini undirish jadvali 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Bekobod tumanida 2018-yilda fermer xo‘jaliklari tomonidan ekin maydonlaridan tashqaridagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlarda yengil konstruksiyali va kam xarajatli dala shiyponlari, issiqxonalar qurish, parranda, sog‘in sigir hamda asalari boqishni tashkil etish prognoz rejasi 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Bekobod tumanida 2018-yilda fermer xo‘jaliklari tomonidan paxta va galla ekinlari ekiladigan yer maydonlari konturlarining dala chetlari hisob-kitobi 5-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Bekobod tumanida 2018-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan va chigit ekiladigan maydonlar atroflaridagi dala chetlariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot yetishtirishning prognoz rejasi 6 va 6a-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Bekobod tumanida 2018-yil boshoqli don ekinlaridan bo‘shaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirishning prognoz rejasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasiga fermer xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi tashkilotlar oldidagi debitor va kreditor qarzdorliklarini belgilangan tartibda undirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda 15 kun muddatda Bekobod tumanida 2018-yil uchun ekiladigan ekinlarni tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda samarali joylashtirilishini ta’minl asinl ar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekistan Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun 2018-yilda fermer xo‘jaliklarida rejalashtirilgan ekinlarni parvarishlash, zararkunandalarga qarshi kurashish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan joriy yilning mart oyida joylarda seminarlar o‘tkazilishini va mavsum davomida amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qaror ijrosi bo‘yicha har chorakda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida 4 ta sektor rahbarlarining hisobotlari tinglanishi hamda Toshkent viloyati hokimligi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Uzbekistan Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayevga axborot berib borishi belgilab ko‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev hamda Toshkent viloyati hokimi G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 6-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
177-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 09/20/177/0827-son)