Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.06.2020 yildagi 364-son
Kuchga kirish sanasi
09.06.2020
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Joriy versiya | Hujjat 22.11.2023 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining |
qarori | qarori |
Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoni) | Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoni) |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-son va “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmonlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi; | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-son va “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmonlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi; |
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-oktabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin. | 1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-oktabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin. |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. | 2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. |
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. | 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2020-yil 8-iyun, | 2020-yil 8-iyun, |
364-son | 364-son |
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 364-son qaroriga ILOVA | Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 364-son qaroriga ILOVA |
Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha | Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha |
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: |
“1. Mazkur maʼmuriy reglament (keyin oʻrinlarda — Reglament) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami mavjud boʻlgan chet el fuqarolari (shu jumladan MDH davlatlari fuqarolari) hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) Davlat xizmatlari markazlari orqali muqaddam sudlanganligi, jinoiy javobgarlikka tortilganligi, reabilitatsiya qilinmaydigan asoslarga koʻra javobgarlikdan ozod etilganligi holatiga oid maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi”. | “1. Mazkur maʼmuriy reglament (keyin oʻrinlarda — Reglament) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami mavjud boʻlgan chet el fuqarolari (shu jumladan MDH davlatlari fuqarolari) hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) Davlat xizmatlari markazlari orqali muqaddam sudlanganligi, jinoiy javobgarlikka tortilganligi, reabilitatsiya qilinmaydigan asoslarga koʻra javobgarlikdan ozod etilganligi holatiga oid maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi”. |
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: |
“2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) tomonidan koʻrsatiladi”. | “2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) tomonidan koʻrsatiladi”. |
3. 6-band kuyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin: | 3. 6-band kuyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin: |
“Bunda uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi”. | “Bunda uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi”. |