26.05.2020 yildagi PQ-4731-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.05.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Olmaliq KMK” AJ investitsiya loyihalarini kelgusida amalga oshirishning yagona konsepsiyasini ishlab chiqish, sanoat va eksport salohiyatini barqaror rivojlantirish, xom ashyo bazasini kengaytirish, konlarni qazib olish va mineral-xom ashyo resurslarini qayta ishlashga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi “Yoshlik I” koni negizida “Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2807-son qaroriga muvofiq, umumiy hisoblangan kapital qoʻyilmalar summasi 1,7 mlrd AQSH dollari boʻlgan, 2027-yilga kelib 23 mln tonna ruda qazib olish boʻyicha “Yoshlik-I” konini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish boshlangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4627-son qaroriga asosan, “Rönesans Holding” (Turkiya) kompaniyasi va uning boʻlinmalari ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etishi toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Olmaliq KMK” AJning quyidagilarni nazarda tutuvchi “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning I bosqichini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2024-yillarda karyer qurish, shuningdek, yiliga 60 mln tonna ruda qazib olish va qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan 3-son mis boyitish fabrikasi obyektlarini hamda infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish bilan birga geologik qidiruv va konni oʻzlashtirish boʻyicha kon-kapital ishlarining birinchi navbatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2025-yillarda yillik ishlab chiqarish hajmini 290 ming tonna katod misi, 38 tonna oltin va 203 tonna kumushga yetkazgan holda, metallurgiya kompleksi obyektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish ishlarining ikkinchi navbatini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Olmaliq KMK” AJning 250 mln AQSH dollari miqdoridagi oʻz mablagʻlari, shu jumladan 2020-yilda 35 mln AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) Loyiha doirasida tuzilgan shartnomalarni inobatga olgan holda sotib olinadigan aksiyalarni oʻrnatilgan tartibda qoʻshimcha emissiya qilish hisobiga “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga yoʻnaltiriladigan 1 mlrd AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xalqaro moliya institutlari konsorsiumining 2021-yildan boshlab, Loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilgandan va yakuniy qiymati tasdiqlaganidan soʻng jalb qilinadigan sindikatlangan krediti mablagʻlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Olmaliq KMK” AJning quyidagi tartibda “tayyor holda topshirish” (YERS) shartlarida 3-son mis boyitish fabrikasini qurish uchun bosh pudratchi sifatida “Renaissance Heavy Industries” MCHJni (Rossiya) jalb qilish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil oxirigacha injiniring ishlari, bazaviy loyihalashtirish, zarur kapital xarajatlar hajmi va qiymatini kafolatlangan aniqlikda belgilash, shuningdek, uzoq muddatda tayyor boʻluvchi uskunalarni xarid qilish va oldinroq boshlanadigan qurilish ishlariga avans berish yuzasidan — birinchi kontrakt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunalarni yetkazib berish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va 3-son mis boyitish fabrikasini “tayyor holda topshirish” (ERS) shartlarida foydalanishga topshirish yuzasidan — ikkinchi kontrakt.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, ikkinchi kontraktni imzolash birinchi kontrakt doirasida kapital xarajatlar qiymatini aniqlash yakunlariga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda ikkinchi kontrakt boʻyicha hamda uzoq muddatda tayyor boʻluvchi uskunalarni xarid qilish va oldinroq boshlanadigan qurilish ishlariga avans berish kontraktlari boʻyicha “Renaissance Heavy Industries” MCHJ (Rossiya) bilan muzokaralar olib borish uchun “Olmaliq KMK” AJ, “SFI Management Group” MCHJ XK, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa manfaatdor tashkilotlar xodimlari orasidan ishchi guruh tarkibini tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Olmaliq KMK” AJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2020-yil 1-dekabrgacha Loyihaning birinchi navbati, 2021-yil 1-dekabrgacha esa ikkinchi navbati texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning 3-bandiga muvofiq kredit konsorsiumini shakllantirish uchun mahalliy va xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Olmaliq KMK” AJga, istisno tariqasida, quyidagilarga ruxsat berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlangunga qadar Loyihani moliyalashtirishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtga chidamli futerovka va pech qubbasi muddatidan avval eskirishining oldini olish, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda kombinatning texnologik va ishlab chiqarish koʻrsatkichlari pasayishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida konsentratlar va metallurgiya xom ashyosini zararsiz asosda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar (kontraktlar) boʻyicha olib kirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Olmaliq KMK” AJ, “SFI Management Group” MCHJ XK, Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida investitsiya banklari, shuningdek, yetakchi xalqaro injiniring va konsalting kompaniyalari orasidan konsultantlarni quyidagi vazifalarni amalga oshirish uchun jalb qilish choralarini koʻrsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish, loyihaviy va injiniring ishlarini muvofiqlashtirib borish, texnik va texnologik yechimlarni roʻyobga chiqarish imkoniyatini va maqbulligini tasdiqlash, shuningdek, Loyiha qiymatini ekspertizadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarayonlarni, shu jumladan tender savdolari va kontraktlar tuzish jarayonlarini texnik va maslahat jihatdan kuzatib borish, uskunalar jamlanishi va qurilish-montaj ishlari bajarilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamgʻarma, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2021-yil 1-yanvarga qadar Loyihani moliyalashtirish maqsadida Jamgʻarma tomonidan sotib olinadigan “Olmaliq KMK” AJ aksiyalarini keyinchalik sotish mexanizmi toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki, Loyihani amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida, istisno tariqasida, Loyiha doirasida “Renaissance Heavy Industries” kompaniyasi (Rossiya), investitsiya banklari va konsultantlar bilan tuziladigan shartnomalarga, shuningdek, Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan boshqa import kontraktlariga nisbatan “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda majburiy ekspertiza va roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Moliya vazirligi 2020-yil 1-iyunga qadar ushbu qarorga muvofiq Jamgʻarma xarajatlari hajmi oshirilishini nazarda tutuvchi “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning II bosqichi boʻyicha loyiha hujjatlari sifatli tayyorlanishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2021-yil 1-avgustga qadar xalqaro injiniring va konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning II bosqichi dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishini (pre-feasibility study) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2027-yillarda geologik qidiruv va konni oʻzlashtirish boʻyicha kon-kapital ishlari, karyerni kengaytirish, shuningdek, yiliga 50 mln tonna ruda qazib olish va qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan 4-son mis boyitish fabrikasi obyektlarini hamda infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024 — 2028-yillarda yillik ishlab chiqarish hajmini 400 ming tonna katod misi, 50 tonna oltin va 270 tonna kumushga yetkazgan holda, metallurgiya kompleksi obyektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2021-yil 1-oktabrga qadar “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishning II bosqichini, shu jumladan kombinat aksiyalarini qoʻshimcha emissiya qilish yoʻli bilan moliyalashtirish manbalari va tarkibi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2022-yil 1-iyunga qadar “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning II bosqichi texnik-iqtisodiy asoslanishini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “SFI Management Group” MCHJ XK va “Olmaliq KMK” AJga Loyihani oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda Jamgʻarma mablagʻlari va jalb etilayotgan sindikatlangan kreditdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha javobgarlik yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Loyihani amalga oshirish doirasida loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Olmaliq KMK” AJ Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 26-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4731-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4731/0671-son; 24.03.2021-y., 07/21/5037/0232-son)