Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.02.2002 yildagi 67-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 26.02.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“BUXORO VILOYATINI SUV BILAN TAʼMINLASHNI YAXSHILASH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommunal xizmat koʻrsatish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, respublikada ichimlik suvdan oqilona foydalanilishi ustidan nazorat qilishning zamonaviy tizimlarini joriy etish, Buxoro viloyati aholisini sifatli ichimlik suv bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ispaniya Qirolligi Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida “Buxoro viloyatini suv bilan taʼminlashni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish uchun Ispaniya Qirolligi Taraqqiyotga koʻmaklashish jamgʻarmasining Vazirliklararo komissiyasi tomonidan tasdiqlangan mablagʻ bilan taʼminlash shartlari asosida 16,175 mln yevro miqdorida kredit berish yuzasidan ahdlashuvga erishilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan zamonaviy suvnasosi, taqsimlagich, laboratoriya va hisobga olish asbob-uskunalarini xarid qilish, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni oʻqitib berish yuzasidan “Degremon Medio Ambyente S.A.” kompaniyasi (Ispaniya) bilan Ispaniya Qirolligi hukumatining koʻrsatilgan krediti doirasida 16,175 mln. yevro miqdorida kontrakt tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Buxoro viloyati hokimligi va “Suvoqova” viloyat ishlab chiqarish boshqarmasi mazkur loyiha boʻyicha buyurtmachi va ijrochi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, loyihaning import qismini mablagʻ bilan taʼminlash quyidagi tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha import qismi qiymatining “CESCE” agentligi sugʻurta mukofoti miqdorining 50 foiziga koʻpaytirilgan 50 foizi (koʻpi bilan 8,0875 mln yevro) Ispaniyaning “Instituto de Credito Oficial” (ICO) davlat kredit agentligining 31 yil muddatga, shu jumladan 10 yillik imtiyozli davrga beriladigan imtiyozli kredit mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan “Asaka” bankining krediti hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha import qismi qiymatining “CESCE” agentligi sugʻurta mukofoti miqdorining 50 foiziga koʻpaytirilgan 50 foizi (koʻpi bilan 8,0875 mln yevro) “Sosyete Jeneral” bankining (Ispaniya) 10,5 yil muddatga, shu jumladan ikki yillik imtiyozli davrga “CESCE” agentligining sugʻurta qoplamasi ostida beriladigan kredit mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan “Asaka” bankining krediti hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, asosiy qarz, foizlar va koʻrsatilgan kreditlar boʻyicha boshqa moliyaviy xarajatlar 1 va 2-ilovalarga* muvofiq, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya davrida (biroq 2007-yilning birinchi choragidan kechikmay) – budjet mablagʻlari hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya davri tugagandan keyin — Buxoro viloyati hokimligi “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasining oʻz mablagʻlari hisobiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyati hokimligi jalb etilayotgan kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek asosiy qarz, foizlar va “Asaka” banki kreditlari boʻyicha boshqa moliyaviy chiqimlar 1 va 2-ilovalarga muvofiq qaytarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Asaka” banki Ispaniyaning “Instituto de Credito Oficial” (ICO) davlat kredit agentligi va “Sosyete Jeneral” (Ispaniya) banki bilan “CESCE” agentligining sugʻurta qoplamasi ostida belgilangan tartibda kredit bitimlari tuzsin hamda ushbu mablagʻlarni Buxoro viloyati hokimligining “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasiga qayta moliyalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri “Asaka” bankining xorijiy kreditorlar oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha, shuningdek “Asaka” bankiga Buxoro viloyati hokimligi “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasining toʻlov majburiyatlari boʻyicha belgilangan tartibda kafolatlar berishga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining xorijiy banklar — kreditorlar oldidagi kafolatlari yuzasidan kredit bitimlariga ilovalarda belgilangan shaklda belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzkommunxizmat” agentligi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilishini, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin, ishlarni muvofiqlashtirsin va masalalarni idoralararo darajada hal etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda “Buxoro viloyatini suv bilan taʼminlashni yaxshilash” loyihasi 2002—2007-yillar uchun markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining aniq yoʻnaltirilgan qismiga kiritilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xorijiy kreditorlarning daromadlari va mazkur loyihani mablagʻ bilan taʼminlashda qatnashuvchi eksport-kredit agentliklari Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlov manbaida daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro viloyati hokimligining buyurtmanomasiga binoan mazkur loyihaning xorijiy qatnashchilariga koʻp martalik vizalar oʻz vaqtida berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini, ularni davlat bojlari toʻlashdan ozod qilgan holda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar va konsultantlarga kelish vizalari konsullik yigʻimlari undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Buxoro viloyati hokimi S.Q. Xusenov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 26-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67-son